UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
7.35K subscribers
23.7K photos
1.69K videos
276 files
9.97K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

🤝Shandong sport universiteti bilan ham hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

✈️Xizmat safarining to‘rtinchi kuni ya’ni 15-may kuni delegatsiyamiz vakillari Xitoy Xalq Respublikasining sport sohasidagi ilg‘or oliy ta’lim muassasalaridan biri Shandong provinsiyasida joylashgan Shandong sport universiteti faoliyati bilan tanishishdi. Delegatsiyamiz a’zolarini ushbu universitet rektori janob Jang Jianshi va uning jamoasi kutib oldi.

🏢Shandong sport universitetining asosiy bazalari ikkita manzilda joylashgan bo‘lib, delegatsiyamiz a’zolari asosiy, ya’ni sport turlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladigan sport inshootlari (futbol, basketbol, yengil atletika, taekvondo, ushu, tennis va h.z.) faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tanishuv jarayonida Ushu instituti talabalari tomonidan mazkur sport turi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar tashkil etildi.

Batafsil:

👉На русском
👉In English

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍11👏2
#xalqaro_hamkorlik

✈️Xizmat safarining navbatdagi kunida sportdagi ilmiy tadqiqot bazalari faoliyati o‘rganildi


O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov boshchiligidagi delegatsiyamiz vakillari 🇨🇳Xitoyga xizmat safarning 6-kuni yaʼni 2024 yil 17-may kuni Pekin sport universitetining ikkita ilmiy tadqiqot bazasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

📊Mazkur ilmiy tadqiqot bazalarining biri ilmiy laboratoriya, ikkinchisi esa yuqori natijalarga erishishga mo‘ljallangan sportda ilmiy tadqiqotlar va sog‘lomlashtirish instituti hisoblanadi.

Vakillarimiz ilmiy tadqiqot laboratoriyalarida sportda ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, olingan natijalarni turli usul va zamonaviy texnologiyalar, raqamlashtirilgan dasturlar yordamida tahlil qilish hamda tadqiqotlarning ilmiy qiymatini aniqlash, aholi salomatligini oshirish bo‘yicha tajribalarni o‘rgandi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍11❤‍🔥21
#xalqaro_hamkorlik

✈️Xizmat safarining oxirgi kunida Xitoyning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi eng boy kitob fondiga ega bo’lgan axborot resurs markazi faoliyati o’rganildi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov boshchiligidagi delegatsiyamiz vakillari xizmat safarining oxirgi kuni Pekin sport universitetidagi 100 mln dan ortiq fondga ega kutubxona faoliyati bilan tanishdi.

📊Ushbu axborot resurs markazida har bir talaba FACE ID orqali raqamlashtirilgan tizim yordamida adabiyotlardan foydalanish imkoniyati yo‘lga qo‘yilgan. Unda, xitoy, ingliz, rus, fransuz, italyan, yapon, koreys va boshqa tillardagi adabiyotlar hamda turli yo‘nalishdagi ilmiy ishlar o‘rin olgan bo‘lib, ushbu maskan bir vaqtning o‘zida 1 500 nafardan ortiq talabani qabul qilish imkoniyatiga ega.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍13👏3
#xalqaro_hamkorlik

🏆Sport turlarini rivojlantirishda xorijiy tajribalarni tadbiq etishga qaratilgan xizmat safari…

🇺🇿Ayni vaqtda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti prorektori Baxrom Musaev hamda Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi mudiri Komiljon Ziyadullaevdan iborat delegatsiya vakillari sport sohasidagi horijiy yutuq va tajribalarni o‘rganish hamda uni universitet faoliyatiga joriy qilish maqsadida 🇹🇷Turkiyaning Ataturk universitetida bo‘lib turibdi.

💬Tashrif doirasida universitet rektori professor Umar Chumakli va rektorat a’zolari bilan suhbatlashildi. Universitet professori Nechip Fazil boshchiligida sport laboratoriyalari, moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishildi.

✈️Vakillarimizning Turkiyadagi xizmat safari davom etmoqda...

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍1233🔥3👏1
#xalqaro_hamkorlik

🏆Sport turlarini rivojlantirishda xorijiy tajribalarni tadbiq etishga qaratilgan xizmat safari…

🇺🇿Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti prorektori Baxrom Musayev hamda Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi mudiri Komiljon Ziyadullayevdan iborat delegatsiya vakillari sport sohasidagi horijiy yutuq va tajribalarni o‘rganish hamda uni universitet faoliyatiga joriy qilish maqsadida 🇹🇷Turkiyaning Ataturk universitetida bo‘lib turibdi.

📌Delegatsiya vakillari bugun Ataturk universiteti kutubxonasi, nazariy ta'lim sinflari, talabalarning darsdan tashqari mashg‘ulot jarayonlari bilan tanishtirildi.
Shuningdek turkiy fanlar adabiyotshunosligi fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan davra suhbati uyushtirildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍6👏31🔥1
#xalqaro_hamkorlik

🏆Sport turlarini rivojlantirishda xorijiy tajribalarni tadbiq etishga qaratilgan xizmat safari…

🇺🇿Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti prorektori Baxrom Musayev, Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi mudiri Komiljon Ziyadullayev hamda Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi dotsentlari Muyassar Nuriddinova va Gulsara Salihovadan iborat delegatsiya vakillari sport sohasidagi horijiy yutuq va tajribalarni o‘rganish hamda uni universitet faoliyatiga joriy qilish maqsadidaTurkiya davlatida bo‘lib turibdi.

📌Delegatsiya vakillari bugun VI Xalqaro etnosport festivali tadbirlarida ishtirok etishdi.

🇺🇿Festival doirasida Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Najmiddin Bilol Erdog‘an O‘zbekiston delegatsiyasi a'zolari bilan suhbatlashdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍74👏31
#xalqaro_hamkorlik

🏆Sport turlarini rivojlantirishda xorijiy tajribalarni tadbiq etishga qaratilgan xizmat safari…

✈️Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti prorektori Baxrom Musayev boshchiligidagi delegatsiyamiz vakillari sport sohasidagi horijiy yutuq va tajribalarni o‘rganish hamda uni universitet faoliyatiga joriy qilish maqsadida Turkiya davlatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

📌Delegatsiya vakillari kecha Turkiyaning Konya shahrida joylashgan ko‘p tarmoqli Selchuk universitetiga tashrif buyurishdi. Vakillarimizni Selchuk universiteti sport bilimlari fakulteti dekani, professor Metin Shahin boshchiligidagi universitet jamoasi kutib olishdi.

Batafsil

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
3👍3🔥2👏2
#xalqaro_hamkorlik

🏆Sport turlarini rivojlantirishda xorijiy tajribalarni tadbiq etishga qaratilgan xizmat safari…

✈️Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti prorektori Baxrom Musayev boshchiligidagi delegatsiyamiz vakillari Turkiya davlatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

📌Vakillarimiz kecha Turkiyaning Selchuk universitetiga tashrifdan so‘ng Konya viloyati sport hizmatlari mudiri, Islom birdamlik o‘yinlari doimiy direktori Bilal Yavash bilan uchrashishdi.

🤼Uchrashuv davomida 2021-yilda Turkiyaning Konya shahrida o'tkazilgan V Islom birdamlik o'yinlari tashkiliy jarayonlari haqida suhbatlashildi.

🇺🇿O‘zbekistonda o‘tkazilishi kutilayotgan yirik musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish va yuqori saviyada o‘tkazishda Turkiyaning boy tajribasidan foydalanish, lozim topilsa ushbu masalada zoom platformasi orqali tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazishga kelishib olindi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👏8👍3🔥1
#xalqaro_hamkorlik

Aravachada regbi sportini rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi!

Kecha, 11-iyun kuni universitetga Osiyo aravachada regbi federatsiyasi prezidenti Rodni Xolt tashrif buyurdi.

Faxriy mehmon universitet Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Jasur Zarifboyev va oliygoh jamoasi tomonidan kutib olindi. Shundan so‘ng tomonlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda aravachada regbi sport turini rivojlantirish va bu bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni muhokama qilinib, aravachada regbi bo‘yicha Osiyo chempionatini O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida o‘tkazish taklifi bildirildi. Shundan so‘ng federatsiya va universitet o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shuningdek, prezident Rodni Xolt oliygohning Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi mas’ullari hamda talabalari bilan suhbatlashib, ularga hamkorlik doirasida federatsiya tomonidan maxsus harakatlanuvchi aravachalar berilishini ma'lum qildi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
👏5🙏2👍1🔥1
#Xalqaro_hamkorlik

🔷 Bugun, 3-avgust kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Eron Islom Respublikasidan sport menejerlari Mehdi Dana, Majid Shirdel, Reza Nasirzade tashrif buyurdilar.


Mehmonlarni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sh.Mirzanov kutib olib, yurtimizda sportga qaratilayotgan e'tibor, buning natijasida dunyo arenalarida o‘zbek sportchilarining erishayotgan yutuqlari, shuningdek, universitet va undagi mavjud sport inshootlari haqida ma'lumot berib o‘tdi.

🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar ikki davlat sport jamoalarining xorijiy yig‘inlarini tashkil etish va o‘tkazishda hamkorlik qilish yuzasidan o‘zaro kelishib oldilar.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
👍8🔥3🥰1👏1🤩1
#xalqaro_hamkorlik

🏆O‘zDJTSUda zamonaviy sport laboratoriyasi tashkil etiladi…

🇺🇿🇹🇷2024-yil 12-avgust kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Jasur Zarifboyev, Xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb etish bo‘limi boshlig‘i Muhriddin Yo‘ldoshev hamda Turkiyaning Turk hamkorlik va koordinatsiya agentligi “TIKA” tashkilotining O‘zbekistondagi rahbari Ali Rizo janoblari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida bo‘lajak hamkorlik doirasida universitetda ilk marotaba zamonaviy sport laboratoriyasi loyihasi hamda turk tilini o‘qitishga mo‘ljallangan kurslar tashkil etish uchun investitsiya kiritish borasida muhokamalar o‘tkazildi. Ularni moliyalashtirishda esa “TIKA” tashkiloti amaliy yordam ko‘rsatishi alohida ta’kidlandi.

📍Ma’lumot o‘rnida, “TIKA” ta’lim, yoshlar sport va boshqa ijtimoiy sohalardagi loyihalarga grant ajratuvchi Turkiyaning eng yirik investitsion tashkilotdir.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
👍7👏2🔥1🤩1
#tashrif #xalqaro_hamkorlik

🏆O‘zDJTSU Turkiyaning ikki nufuzli universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi!

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Turkiyaning ikki nufuzli universitetlari – Igdir universiteti rektori, professor Mehmet Hakki Alma hamda Osmaniya Kurkut Ata universitet rektori, professor Uzun Turgaydan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Batafsil

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍12👏5🔥21
#tashrif #xalqaro_hamkorlik

🏆O‘zDJTSU xalqaro aloqalar doirasini kengaytirmoqda!

✔️Bugungi kunda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sohada xalqaro aloqalar doirasini kengaytirish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘quv dasturlarini keng joriy qilish masalalariga alohida e’tibor qaratib, bu yo‘nalishda qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.

Xususan, bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Moskva davlat sport va turizm universiteti rektori, professor Masyagina Natalya Vasilevna hamda Turizm va mehmondo‘stlik sanoati instituti direktori Ivantsov Aleksandr Aleksandrovichdan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

👉Batafsil: https://jtsu.uz/uz/e/blog/3580-o-zdjtsu-xalqaro-aloqalar-doirasini-kengaytirmoqda

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍6👏32🔥2
#tashrif #xalqaro_hamkorlik

UZDJTSUga Litva sport va universiteti rektori, professor Diana Reklaitene boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

🔷Bugungi kunda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sohada xalqaro aloqalar doirasini kengaytirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy sport-ta’lim texnologiyalarining transferini amalga oshirish orqali yuqori natijalarga erishish masalalariga alohida e’tibor qaratib, bu yo‘nalishda qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda.

Xususan, bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Litva sport va universiteti rektori, professor Diana Reklaitene boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

➡️ BATAFSIL

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
👍10👏3🔥2🎉1
Forwarded from Sport vazirligi
#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇰🇷O‘zbekiston – Janubiy Koreya: Sport sohasidagi hamkorlik yanada rivojlanadi!

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Umumjahon taekvondo politsiya federatsiyasining ijrochi maslahatchisi, Janubiy Koreyaning Pocheon shahri meri Park Yoon-Guk boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Dastlab delegatsiya a’zolari universitet rektori Rashid Matkarimov boshchiligidagi rahbariyat jamoasi hamrohligida oliygohdagi mavjud sport inshootlari hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, universitet tarix muzeyidagi eksponatlar bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, faxriy mehmonlar va universitet rahbariyati, Sport vazirligi vakili Muqim Arziqulov, rektor maslahatchisi Baek Mun-Jong, kafedra mudirlari, bo‘lim rahbarlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida yurtimizda va universitetimizda taekvondo sport turi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yutuqlar va rejalar, mazkur sport turidan malakali mutaxassislar tayyorlash, universitet moddiy texnik bazasini kuchaytirish, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik doirasida universitet hududida yangi taekvondo zalini barpo etish va ushbu majmuada har yili hokim Park Yoon-Guk kubogini tashkil qilish kabi muhim masalalar yuzasidan fikrlar bildirilib, takliflar berildi.

Uchrashuv yakunida Sport vazirligi vakili Muqim Arziqulov rektor maslahatchisi Baek Mun-Jongga “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishonini topshirdi. Oliygohning taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston chempioni va xalqaro toifadagi sport ustalari Shamsiddin Qurbonov hamda Mohiniso To‘rayevaga Pocheon shahri meri Park Yoon-Guk tomonidan besh million so‘m miqdoridagi pul mukofotlari taqdim etildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤‍🔥42👏2🥰1🎉1
#xalqaro_hamkorlik

🏆
O‘zDJTSU Italiyaning nufuzli universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda!

Bugun, 28-yanvar kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Jasur Zarifbayev hamda Italiyaning Politecnico di Torino universiteti rektori Stefano Paolo Corgnati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📍Unda tomonlar ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish va shu asosda sport ta'limini rivojlantirishda muhim sanaladigan sport muhandisligi, sport tahlili va infratuzilmasini rivojlantirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashdilar hamda kelgusida ushbu yo‘nalishda amaliy hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍7👏3🤩2🙏1
#xalqaro_hamkorlik

🏆O‘zDJTSU Qozog'istonning yana bir nufuzli universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

🤝Ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jismoniy tarbiya va sport sohasi va ta’limini rivojlantirish yuzasidan tomonlar o‘rtasida akademik almashinuv, qoʻshma ilmiy loyihalar tashkil etish hamda ta’limning yuqori bosqichlari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolandi. Aytish joizki, ushbu hamkorlik ikkala oliy taʼlim muassasasida ta’lim sifatining oshirilishi hamda innovatsion taʼlim metodlarini ilgari surishga xizmat qiladi.

📍Ma’lumot o‘rnida, X.A.Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti madaniyatlararo taʼlim va ilmiy tadqiqotlarga katta eʼtibor qaratishi bilan mashhur.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍8🔥211
#xalqaro_hamkorlik

Sport sohasida yangi xalqaro loyiha muhokamasi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 23-aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Xitoyning Guanjou sport universiteti vakillari o‘rtasida sport sohasi bo‘yicha xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida yangi loyiha yuzasidan onlayn muzokaralar bo‘lib o‘tdi.


Unda universitetimizning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Shukurjon Gaziyev, Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Jasur Zarifbayev, professor Georgiy Korobeynikov hamda tegishli bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari faol ishtirok etdilar.

Batafsil

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X
👍5👏2
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇰🇷 Bugun, 1-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Janubiy Koreya davlatining Yongin shahri sobiq deputatlari raisi Lee Woo hyong boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.


Dastlab tomonlar o‘rtasida uchrashuv tashkil qilinib, unda bir qator masalalar va istiqbolli mavzular, Hususan, universitet tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarda Koreya investitsiyalari, grantlarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Shundan so‘ng Yongin shahri sobiq deputatlari raisi Lee Woo hyongga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti fahriy doktorlik unvoni topshirildi.

📌 Tashrif yakunida faxriy mehmonlar universitet tarix muzeyi hamda o‘quv auditoriyalari, sport inshootlari faoliyati va Koreya investitsiya mablag‘lari hisobidan barpo etilishi rejalashtirilayotgan “Taekwondoo sport majmuasi” loyihasi bilan tanishtirildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X
👍4👏3🤝2
#xalqaro_hamkorlik

🏆O‘zDJTSU sohani rivojlantirish yo‘lida xalqaro aloqalar yanada mustahkamlanmoqda

Bugun, 20-iyun kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygoh rahbariyati hamda Janubiy Koreyaning Gyeonggi-do Kichik va O'rta Biznes federatsiyalari Uyushmasi (GSCF) vakillari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

💬Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, har ikki tomonning barqaror o'sishi va faoliyat doirasini kengaytirish, manfaatli hamkorlik dasturlarini birgalikda ishlab chiqish hamda sport sohasida istiqbolli investitsiya loyihalar tashkil etish bo‘yicha fikr va takliflar bildirilib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

✔️Tashrif doirasida faxriy mehmonlar universitet tarix muzeyi bilan yaqindan tanishib, ayni vaqtda oliygohda davom etayotgan KURASH sport turi boʻyicha “Vazir kubogi” musobaqasini kuzatdilar.

✈️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 You Tube | 📱Facebook | 📱 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍822🤝2