UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.97K subscribers
17.9K photos
1.46K videos
256 files
8.27K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#Psixologik_trening

Yashash uchun ming sabab…

Joriy yilning 8-iyun kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygoh psixologi J.Ashirova tomonidan 1-sonli Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-qizlar ishtirokida “Yashash uchun ming sabab” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.

Trening davomida yakuniy imtihon jarayonlari oldi hayajonlanmaslik, muvaffaqiyatga erishish uchun diqqatni jamlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, ushbu ko‘rsatmalarni amalda qo‘llash maqsadida talabalar bilan qiziqarli metodikalar ham sinab ko‘rildi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#psixologik_trening

👩‍🎓“Talaba portreti”ni shakllantirishga qaratilgan psixologik trening o‘tkazildi

🏋️‍♂️Joriy yilning 4-dekabr kuni universitetning Og'ir atletika ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tyutori hamda ma'naviyat ishlar bo‘yicha mas'uli tomonidan talabalarning tempramenti va psixologiyasini o‘rganish maqsadida 🧘‍♂️“Bingo” nomli psixologik trening o‘tkazildi.

Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad – "Talaba portretini"ni shakllantirish hamda jamoada sog'lom ruhiy muhit yaratish va talabalarning temperament turlarini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, mas'ullar 4 ta asosiy temperament turi – sangvinik, xolerik, melanxolik va flegmatikning ijobiy va salbiy jihatlari haqida ma’lumot berib o‘tishdi.

📍Trening yakunida esa talabalar o‘zlarining temperament turini aniqlash uchun psixologik testlardan o'tishdi va o‘z natijalarini bilib olishdi. Bir so‘z bilan aytganda ushbu trening talabalarning psixologik rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan
#psixologik_trening

👩‍💼Jamoada o‘zaro ishonch munosabatlarini yaxshilash va bunda xotin-qizlarning o‘rni

2024-yil 6-dekabr kuni ana shu mavzuda universitetning Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi ayol o‘qituvchilari hamda talaba-qizlari ishtirokida psixologik trening tashkil etildi.

📍Trening davomida oliygohda ta’lim olayotgan talaba-qizlar hamda pedagogik faoliyatini faollik bilan olib borayotgan xotin-qizlarimizning intilishlari va qiziqishlari borasida fikrlar bildirilib, ularning jamoada o‘zaro ishonchi va o‘rnini topishga ko‘mak beruvchi treninglar o‘tkazildi.

✔️Mazkur psixologik trening ishtirokchilarning barchasida katta taassurot qoldirdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#psixologik_trening

👩‍🎓🧑‍🎓Talabalar ishtirokida qiziqarli psixologik treninglar o‘tkazildi

🏈🏑👯‍♀️2024-yil 11-dekabr kuni universitetning Gandbol, regbi, chim ustida xokkey hamda Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedralari tyutorlari tomonidan talabalar turar joyida yashovchi talaba yigit-qizlar ishtirokida qiziqarli psixologik treninglar o‘tkazildi.

🎊🎈"Oq va qizil lenta" aksiyasi, "Havodagi sharlar", "Pozitiv yo'lakcha" deb nomlangan o‘ziga xos trening mashqlar o‘zida tinchlik, bunyodkorlik va zo‘ravonlikka qarshi kurash g‘oyalarni singdirishi bilan talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Mazkur psixologik treninglar – talabalarni doimo pozitiv kayfiyatda bo‘lishlariga ko‘maklashish hamda jamoada sog'lom ruhiy muhit yaratish orqali ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook