UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
7.35K subscribers
23.8K photos
1.7K videos
278 files
9.99K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#E’LON
#kamondan_otish

🏆Universitet talabalari diqqatiga!

🏹 Joriy yilning 20-aprel kuni KAMONDAN OTISH sport turi bo'yicha "Universitet ochiq birinchiligi" musobaqasi bo‘lib o‘tadi!

👨🎓Ushbu musobaqada oliygohimizning barcha talabalari ishtirok etishlari mumkin. G‘olib va sovrindorlar universitet Sport klubi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

📝Ishtirokchi jamoalar uchun eslatmalar: talabnomalar Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasiga 19-aprel soat 17:00 ga qadar topshirilishi kerak.

📅Musobaqaning ochilish marosimi 20-aprel kuni soat 12:00 da Kamondan otish federatsiyasi Sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

☎️Murojaat uchun telefon.: +99893 581-73-50.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍4👏21
#ochiq_birinchilik
#kamondan_otish

🏆Universitetda kamondan otish sport turidan Universitet ochiq birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi

🏹Bugun, 6-dekabr kuni universitetning Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan Toshkent viloyati kamondan otish federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent viloyati qo'riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda sportning kamondan otish turi bo'yicha sportchi talaba-yoshlar o'rtasida Universitet ochiq birinchiligi o'tkazildi.

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu musobaqada kafedraning kamondan otish ixtisosligi va boshqa kafedralardan jami 50 nafarga yaqin talabalar o‘zaro kuch sinashishdi.

🏅🧾Musobaqa so‘ngida g'oliblar Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mas’ullari hamda mehmonlar tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍53👏2🔥1🎉1
#kamondan_otish

🏆O‘zDJTSU kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda

🏹Bugun O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kamondan otish sport turi bo'yicha barcha yosh toifalarida O'zbekiston chempionatiga start berildi.

Dastavval, musobaqaning ochilish marosimi o‘tkazilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rahbariyati, Toshkent viloyati sport boshqarmasi vakillari, hakamlar hay’ati, murabbiylar hamda sportchilar ishtirok etdi.

✔️Aytish joizki, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 300 nafardan ortiq sportchilar o‘rtasida medallar uchun kurash boshlangan ushbu chempionatda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining kamondan otish yo‘nalishdagi talabalari ham musobaqani samarali tashkil etish va o‘tkazishda faol qatnashmoqda.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍61🔥1👏1🫡1
#UNIVERSITET_HAYOTIDAN
#kamondan_otish

🏹O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kamondan otish sport turi bo'yicha barcha yosh toifalarida davom etayotgan O'zbekiston chempionatidan fotolavhalar.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍5🔥2👏1🎉1
#kamondan_otish

Ayni daqiqalarda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining yopiq Sport majmuasida kamondan otish sporti boʻyicha barcha yosh toifalari oʻrtasida 🇺🇿Oʻzbekiston chempionatining final bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

👉Musobaqadagi qizg‘in jarayonlarni mazkur havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍52🔥1👏1
#kamondan_otish

🏆O‘zDJTSUda
kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi

🏹2025-yil 19-22 fevral kunlari O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kamondan otish sport turi bo'yicha barcha yosh toifalarida O'zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

✔️Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 300 nafardan ortiq sportchilar 18-metrdan, mix, olimpik raundi va jamoaviy dasturlar bo‘yicha shiddatli bahs olib bordilar.

🎉Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi raisi, Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor Rustam Jo‘rayev, Sport vazirligi boshqarma boshlig‘i Akramjon Nizametdinov, Chirchiq Shahar hokimi Murodjon Abdurahimov, universitet rahbariyati ishtirok etdi hamda barcha dasturlarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar munosib taqdirlandi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍9🔥2👏1🤝1