UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
7.35K subscribers
23.7K photos
1.69K videos
276 files
9.97K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#eʼtibor
#imkoniyat

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining suzish havzasidan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan Mahliyo Begmatova o‘z kechinmalari bilan o‘rtoqlashdi

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#eʼtibor
#mahalla_yoshlari

O‘zDJTSUga biriktirilgan yoshlar bilan tizimli ishlar davom etmoqda!

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Mahmudjon Boltabayev boshchiligidagi rahbariyat jamoasi universitetning Yakkakurash sport turlari va Kurash fakultetiga biriktirilgan “Kamolat” hamda «Ahmad Yassaviy» mahallalarida istiqomat qilayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida universitet rektori tomonidan yoshlarning qiziqishlari, takliflari va ularni qiynayotgan muammolar tinglanib, ularning barchasiga oliygoh tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishi qayd etildi. O‘z navbatida, yoshlarga universitetda tashkil etilgan sport to‘garaklari haqida maʼlumot berilib, mazkur to‘garaklarga qatnashishlarini alohida taʼkidladi.

Shuningdek, uchrashuv so‘ngida mahalla yoshlariga bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari maqsadida badiiy adabiyotlar to‘plami sovg‘a qilindi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍911
#eʼtibor
#mahalla_yoshlari

Mahalla yoshlari bilan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda

Bugun, 13 fevral kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish hamda Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedralari professor-oʻqituvchilari tomonidan Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan A.Yassaviy, Jaloltepa va Yangi hayot mahalla yoshlari shuningdek, 15-umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari bilan “Mahallalarda ommaviy sport bilan shugʻullanish koʻlamini kengaytirish” mavzusida davra suhbati olib borildi.

Tadbir davomida shaxmat hamda chim ustida xokkey sport turlariga qiziqish bildirgan maktab oʻquvchilariga master klasslar tashkil etildi.

Mazkur jarayon universitetning Sport tibbiyoti va bioximiya kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan davom ettirilib, Sergeli, Toshtoʻgʻizoq mahallalari va 28-umumtaʼlim maktab oʻquvchilariga “Jamoat salomatligi” mavzusida qimmatli maʼlumotlar yetkazildi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
👍3👏1
#eʼtibor
#mahalla_yoshlari

Mahalla, maktab hamda oliy ta’lim hamkorligi o‘zining ijobiy samarasini bermoqda…

14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun bo‘lib, bu yil ulug‘ ajdodimizning 541 yilligi barcha ta’lim maskanlarida keng nishonlanmoqda.

Sana munosabati bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining O‘zbek va chet tillari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani Markaziy MFY Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Ajdodlarni xotirlash” mavzusida davra suhbati hamda sport tadbirlari o‘tkazildi.

Mahalla, maktab va oliy ta’lim hamkorligi asosida tashkil etilgan mazkur sport tadbirlari o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otib, faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
👍1
#eʼtibor
#mahalla_yoshlari

Mahalla yoshlarining ommaviy sport turlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda…

2024 yil 14 fevral kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati, Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedralari professor-oʻqituvchilari tomonidan Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Birlik hamda Baliqchi mahalla yoshlari shuningdek, 13- va 24-umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari bilan “Mahallalarda ommaviy sport bilan shugʻullanish koʻlamini kengaytirish” mavzusida davra suhbati olib borildi.

Tadbir davomida erkin kurash, yunon-rum va sambo sport turlariga qiziqish bildirgan maktab oʻquvchilariga master-klasslar tashkil etildi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
👍32