UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.82K subscribers
22.8K photos
1.66K videos
269 files
9.66K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#bayram_tadbiri

Sizga taʼzim, sizga ehtirom aziz ustozlar!

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Sizga taʼzim, sizga ehtirom aziz ustozlar” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#bayram_tadbiri
#tanlov

Talaba-yoshlarni birlashtirgan bayramona tanlov!

2023-yil 16-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sportni boshqarish fakulteti hamda Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi bilan birgalikda “Talaba xavfsizligi” oyligi doirasida talaba-qizlar o‘rtasida “Pazanda” tanlovi o‘tkazildi.

Ko‘tarinki kayfiyat va birdamlik asosida tashkil etilgan mazkur tanlovda qizlar bir-biridan mazali o‘zbek milliy taomlarini tayyorlashdi. Talaba-yigitlar tomonidan yasatilgan turli yangi yil bezaklari esa mazkur tadbirga bayramona ruh baxsh etdi.

Yakunda barcha faol talaba-yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#sayohat
#bayram_tadbiri

❇️Universitet talabalari ishtirokida turli sayohat va bayram tadbirlari tashkil etilmoqda

Joriy yilning 15-16 dekabr kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Paralimpiya va qishki sport turlari fakulteti talabalari ishtirokida turli ko‘ngil ochar tadbir va sayohatlar tashkil etildi.

♻️Ya’ni, talabalar o'rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularni kitobga oshno qilish maqsadida Toshkent shahridagi Adiblar xiyoboniga tashrif buyurib, taniqli adiblarimiz hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishishdi.

🎄Shu bilan birga, fakultet dekani hamda mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan “Yangi yil kechasi” adabiy-musiqiy tadbirida talaba-yoshlar qiziqarli va mantiqiy shartlar asosida musobaqalashdi va ular ijrosida badiiy chiqishlar qilindi.

📌Tadbir yakunida esa o'quv yili davomida o'qish va sportdagi yutuqlari uchun talabalarga tashakkurnomalar hamda badiiy kitoblar taqdim etildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#8_mart #bayram_tadbiri

‼️E’LON

🏆Sportchilar oilasining aziz ayol professor-o‘qituvchilari, faxriy ustozlari va lobar talaba-qizlarimiz diqqatiga!

📍2024-yil 7-mart kuni soat 10:30 da O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab 💐“SEN AZIZ VA MUQADDASSAN, MO‘TABAR AYOL!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-musiqiy tadbir bo‘lib o‘tadi.

👩‍👩‍👧‍👧Shu munosabat bilan oliygohimizning barcha ayol professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimalari va talaba-qizlarni bayram tadbiriga taklif etamiz.

Unda sizlarni talaba-yoshlarning bayram tabrigi hamda taniqli va iste’dodli san’atkor Nargiza Azimova shuningdek, estradamizning sevimli yulduzlari “Benom” guruhi a’zolari Sarvar va Komil ishtirokidagi konsert dasturi kutmoqda.

🏢Manzil: Universitet talabalar madaniyat saroyi faollar zali.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#konstitutsiya
#bayram_tadbiri

📘Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!


Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishning kafolatidir.

🏆Bugun, 6-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi hamda 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kunlar ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#8_mart #bayram_tadbiri

‼️E’LON

🏆Universitetimizning aziz ayol professor-o‘qituvchilari, faxriy ustozlari va lobar talaba-qizlarimiz diqqatiga!

📆2025-yil 6-mart kuni soat 15:00 da O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida💐 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab “SEN AZIZ VA MUQADDASSAN, MUQADDAS AYOL!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-musiqiy tadbir bo‘lib o‘tadi.

👩‍🎓👩‍💼Shu munosabat bilan oliygohimizning barcha ayol professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimalari va talaba-qizlarni bayram tadbiriga taklif etamiz.

Tadbirda sizlarni turli qiziqarli chiqishlar hamda taniqli san'atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi kutmoqda.

🏢Manzil: Universitet talabalar madaniyat saroyi faollar zali.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook