UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.95K subscribers
19.2K photos
1.52K videos
260 files
8.66K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar
#openbudjet
#tashabbus2024

🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining talabalar turar joyi binolari atrofini devor bilan o'rash hamda kirish-chiqish nazorat xonasini qurish loyihasi open byudjet-2024 da g‘olib deb topildi.

👏Tashabbusli byudjet loyihasida faollik ko‘rsatib, oliygoh daxlsizligi uchun o‘zlarining munosib hissasini qo‘shgan barcha talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda ularning yaqinlariga tashakkur bildirib qolamiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xushxabar
#talaba_yutuqlari

🇺🇿O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining uch nafar magistranti nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi:

🇬🇧Azizbek Ne'matullayev – sport psixologiyasi mutaxassisligi magistranti. Azizbek “El-yurt umidi jamg'armasi” stipendiyati sohibi bo‘lib, Buyuk Britaniyaning Lafboro universiteti magistratura bosqichi talabasi bo‘ldi.

🇬🇧Qo'ldoshev Muslimbek – jismoniy tarbiya va sport menejmenti, sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish mutaxassisligi magistranti. Muslimbek Angliyaning Liverpool universiteti Sport Business va Management MSc dasturiga o'qishga qabul qilindi.

🇬🇧Ismoilov A’zamjon – jismoniy tarbiya va sport menejmenti mutaxassisligi magistranti. A’zamjon ham Angliyaning Liverpool universiteti Sport Business va Management MSc dasturi hamda Swansea universitetining Sport Management MSc dasturlariga o‘qishga qabul qilindi.

Batafsil

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Audio
#XUSHXABAR

➡️Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali matbuot xizmati qoshida “Filial sporti” nomi ostida radio o'z faoliyatini boshladi!

📢Fililal radiosining ilk eshittirishini e’tiboringiza havola etamiz. Eshittirishni tinglab, kuningiz hayrli bo‘lsin!

➡️Filial matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xushxabar

👍Sportchilar oilasining sobiq talabasi oʻz nomini Olimpiada qatnashchilari qatoriga qoʻshib qoʻydi!

🇫🇷Universitetimizning sobiq talabasi, erkin kurash boʻyicha Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov Qirgʻizistonda oʻtayotgan Osiyo litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

💥Shunday qilib, sportchimiz faoliyatida uchinchi bor 4 yillikning eng nufuzli musobaqasiga yoʻllanmani naqd qildi.

👏Bekzod Abdurahmonovga Olimpiyada oʻyinlarida ham faqat gʻalaba yor boʻlishini tilab qolamiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xushxabar
#talaba_yutuqlari

🏆OʻzDJTSU talabasi Irodaxon Rustamova Parij-2024 Paralimpiya oʻyinlari litsenziyatlari safida!

🚣‍♀️Shu kunlarda Vengriyaning Seged shahrida para kanoe boʻyicha Jahon chempionati oʻtkazilmoqda.

🌟Quvonarlisi, ayollar oʻrtasidagi VL2 klassida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi 2-bosqich talabasi Irodaxon Rustamova muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

🇫🇷Sportchi talabamiz belgilangan masofani 01:04.60 soniya natijada bosib oʻtdi va 5-oʻrinni egalladi. Bu esa Irodaga Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga toʻgʻridan-toʻgʻri litsenziyani taqdim etdi.

💐👏Irodaxon Rustamovani universitet jamoasi nomidan samimiy tabriklab, unga kelgusidagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xushxabar

🚣‍♀️Universitetimiz talabalari uchun eshkak eshish bazasi quriladi!

Chirchiq shahar, "Nur" MFY, Vohid Xaydarov ko‘chasi 43-uy manzilida joylashgan yer maydoni O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetiga eshkak eshish bazasini qurish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi.

📝Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli qarori imzolandi.

👉Ushbu qaror bilan quyida tanishishingiz mumkin: https://e-qaror.gov.uz/uz/doc/1845076

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#BRIKS2024
#xushxabar

🏆BRIKS o‘yinlari: universitet talabalarida bronza!

Xabaringiz bor, Qozon shahrida boʻlib oʻtayotgan VI BRIKS xalqaro oʻyinlari har bir sport turi bo‘yicha shiddatli bahslarga boy tarzda davom etmoqda.

🤼Xususan, bugungi dasturidan joy olgan kurash bellashuvlarida hamyurtlarimiz 10 ta vazn toifasida belbogʻli kurash bo‘yicha 🥈ikkita kumush va 🥉oltita bronza medalni qoʻlga kiritdi.

💥Eng quvonarlisi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti belbog‘li kurash ixtisosligi talabalari: 75 kg Nusrat Sultonboyev va 130 kg Ilyos Mirzahmatovlar ham sovrindorlar safida bo‘lib, musobaqaning bronza medaliga ega chiqishdi.

👏Kurashchilarimizga g‘alaba muborak bo'lsin!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#talaba_yutuqlari
#xushxabar

🏆Universitet talabalari V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining chempioniga aylanishdi!

🇰🇿Qozog‘iston poytaxti Ostona shahri mezbonlik qilayotgan V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari shiddatli bahslarga boy bo‘lmoqda.

Quvonarlisi, ushbu xalqaro musobaqada O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari ham munosib ishtirok etib, kurash sport turidan o‘tkazilgan bahslarda g‘oliblar safidan joy olishdi.

👇Chempionlarimiz bilan tanishing:

🥇 oltin medal – Mirodil Mirodullayev (60 kg vazn toifasida);
🥇 oltin medal – Otabek Xasanov (66 kg vazn toifasida).

💐Universitetning mard o‘g‘lonlari g‘alaba muborak!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#shaxmat_olimpiadasi
#XUSHXABAR

Shaxmatchilarimiz 5-turda Moldovani magʻlub etdi!

Budapeshtda davom etayotgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasidan qaynoq xabarlarni ulashishda davom etamiz.

🇺🇿Biroz avval, 5-turda Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi Moldova terma jamoasi bilan kuch sinashishi haqida xabar bergan edik.

🏆Shiddatli va hamyurtlarimizning hujumkorligi ostida oʻtgan uchrashuv yakunida Moldova vakillari 0,5:3,5 hisobida taslim etildi.

✔️Shaxmatchilarimizdan Nodirbek Yoqubboyev qora donalarda harakatlangan holda durangga erishgan boʻlsa, Nodirbek Abdusattorov, Shamsiddin Vohidov va Javohir Sindorovlar raqiblarini magʻlub etdi.

👏Yengilmas “aql jangchilari”mizga ofarin!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xalqaro_reyting
#xushxabar

🏆O‘zDJTSU: THE World University Rankings-2025 reytingida biz ham bormiz!

📊Times Higher Education (THE) xalqaro oliy ta’lim tahliliy agentligi 2025-yil uchun dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingi – THE World University Rankings-2025 natijalarini e’lon qildi.

Ushbu reytingda ilk bor respublikamizning 3 ta oliy ta’lim muassasasi – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 601-800 o‘rinni, O‘zbekiston milliy universiteti 1001-1200, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1501-o‘rinni egalladi.

📍Bundan tashqari 48 ta O‘zbekiston oliy ta’lim tashkiloti reportyor (da’vogar) maqomida ro‘yxatga kiritildi. E'tiborlisi, ular orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti ham 1501-o'rin bilan borligi quvonarlidir.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xushxabar
#talaba_yutuqlari

🏆O‘zDJTSU talabasi Abbosbek Fayzullayev – Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi!

Koreya Respublikasining Seul shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan qit’a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Quvonarlisi, mazkur taqdirlanganlar orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining futbol yo‘nalishi talabasi, O‘zbekiston milliy terma jamoa a'zosi Abbosbek Fayzullayev ham “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” mukofotga loyiq ko‘rildi.

📍Ma’lumot o‘rnida, Fayzullayev milliy terma jamoa safida 21 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urishga erishgan. 2023-yilgi U-20 Osiyo Kubogi chempioni hamda turnirning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan. 2024-yilgi U-23 Osiyo Kubogida kumush medal sohibi sifatida Parij Olimpiadasida ishtirok etdi. Hozirda iqtidorli futbolchimiz Rossiyaning “SSKA” klubida ham muvaffaqiyatli to‘p surmoqda.

👏💐Abbosbek Fayzullayevni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy qutlaymiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#talaba_yutuqlari
#xushxabar

🥊BOKS: Universitet talabalari jahon chempionati g‘olib va sovrindorlariga aylanishdi!

📆2024-yil 23-oktabrdan 3-noyabrga qadar Chernogoriyaning Budva shahrida boks boʻyicha U18 yosh toifasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtdi.

🇺🇿Bir necha kun davom etgan shiddatli bahslar yakunida O‘zbekiston terma jamoasi 🥇5 ta oltin, 🥈5 ta kumush va 🥉3 ta bronza, jami 13 ta medalga ega chiqib, bokschilarimiz umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi.

Quvonarlisi, yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilarimiz orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetning boks ixtisosligi talabalari ham g‘olib va sovrindorlar safidan joy olishdi. Ular bilan tanishing:

🥇Samandar olimov;
🥈Shahzod Polvonov;
🥉Sobirjon Tastanov.


👏💐Sportchi talabalarimizni erishgan yutuqlari bilan universitet jamoasi nomidan muborakbod etamiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#Xushxabar

🏆Joriy yilning 14-17 noyabr kunlari Toshkent shahridagi suv sporti turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorat maktabi suv havzasida bo'lib o‘tgan Suv polosi bo'yicha O'zbekiston kubogi musobaqasida Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o'qituvchisi A.Kadirova murabbiyligidagi universitet sport klubi ayollar jamoasi faxrli 1-o'rinni qo‘lga kiritdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Xushxabar!

Universitet 2025-yilga nufuzli o‘rin bilan qadam qo‘ymoqda


🔷12-dekabr kuni oliy ta’lim sohasidagi global tahlil agentligi “UI Green Metric World University Rankings” 2024-yil uchun Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishish bo‘yicha jahondagi eng sara universitetlar reytingini e’lon qildi.

📌Universitet atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar natijasida samarali yutuqlarga erishmoqda.
Jumladan, joriy yil 12-dekabrda ushbu reyting tashkiloti e’lon qilgan reytingda universitet Italiya, Turkiya, Shveysariya, Ispaniya va dunyoning boshqa yetakchi davlatlari universitetlari qatorida dunyoning TOP-800 talik ro‘yxatiga kiritildi. Ya’ni, universitet dunyo reytingida 780-o‘rinni, Osiyo mintaqasi bo‘yicha TOP-500 talik ro‘yxatida 430-o‘rinni va O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari orasida 17-o‘rinni band etdi.

🔶Universitetning ushbu nufuzli reytinglardagi yuqori o‘rinlarni egallashi xalqaro maydondagi imijini oshirishda katta ahamiyatga ega.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xushxabar
#talaba_yutuqlari

🏆Qilichbozlarimiz jahon kubogi g‘olibi bo‘lishdi!


🤺Xabaringiz bor, joriy yilning 3-5 yanvar kunlari Kolumbiyaning Bogota shahrida qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha U20 yosh toifasida Jahon kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi.

🇺🇿Quvonarlisi, mazkur jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi barcha bosqichlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, musobaqaning mutlaq g‘olibiga aylanishdi.

📍Eslatib o‘tamiz, ushbu jahon kubogining yakkalik bahslarida universitetimiz talabasi Samira Shokirova 🥉bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

👏💐Qilichbozlarimizni ulkan g‘alaba bilan samimiy qutlaymiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xushxabar
#faxr

🏆O‘zDJTSU talabasi “Manchester Siti” klubi futbolchisiga aylandi!

🇺🇿O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 1-bosqich talabasi Abduqodir Husanov rasman Angliyaning “Manchester siti” jamoasiga o'tdi.

Bu haqda “Manchester Siti” klubi o‘zining rasmiy sahifalarida Abduqodir Husanovni jamoaga qo‘shilganini e’lon qildi. O‘z faoliyatini O‘zbekistonning “Bunyodkor” klubi akademiyasida boshlagan iste’dodli futbolchimiz 2023-yil Fransuzlarning asosiy markaziy himoyachisi Kevin Dansoning sog‘lig‘idagi muammolar tufayli “Lans”ning asosiy o‘yinchisiga aylangan edi.

📍Ma’lumot o‘rnida, Abduqodir klub bilan 2029-yil iyunigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi va APLdagi birinchi o‘zbek futbolchisi sifatida tarixga kirdi. Shartnomaga asosan kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bo‘lib, klub o‘zbekistonlik futbolchini “Lans”dan 40 million yevroga sotib oldi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xushxabar
#talaba_yutuqlari

🔥 Xarbin-2025: 26 yil kutilgan oltin medal O‘zDJTSU talabalari tomonidan qo‘lga kiritildi!

❄️Qahraton sovuqda qaynoq bellashuvlarga boy tarzda davom etayotgan Xarbin shahridagi IX qishki Osiyo o‘yinlarining bugungi bahslari O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli bo‘ldi.

🇺🇿26 yillik tanaffusdan so‘ng Oʻzbekiston delegatsiyasi qishki Osiyo oʻyinlarining 🥇oltin medaliga sazovor boʻldi.

🎉Eng quvonari jihati, bu oltin medal O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari, figurali uchish boʻyicha terma jamoamiz a’zolari Dmitriy Chigirey hamda Yekaterina Geynish juftligi tomonidan qo‘lga kiritildi. Sportchilarimiz musobaqa dasturlari davomida 176.43 ball jamgʻarib, eng yaxshi natijaga erishdilar va qishki Osiyo oʻyinlari 🏆chempioniga aylanishdi!

👏👏Barakalla, Dmitriy! Ofarin, Yekaterina!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook