UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.81K subscribers
22.8K photos
1.65K videos
269 files
9.64K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#rektor_sovrini

🏆O‘zDJTSUda tashkil etilgan sport musobaqasi o‘ziga xorijiy sportchilarni ham chorladi!

💪Bugun, Universitet Sport majmuasi (manej)da armrestling va para-armrestling sport turidan "O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Rektori sovrini" uchun  Xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

Dastlab, universitet prorektorlari, sport klubi mas'ullari va qatnashchi jamoalar ishtirokida musobaqaning ochilish marosimi o'tkazildi. Shundan so'ng universitet talabalari, viloyatlar hamda Rossiya, Qozog‘iston va Tojikiston kabi xorijiy davlatlardan kelgan jami 200 nafarga yaqin sportchilar o'rtasidagi bahslarga start berildi.

Qizg‘in jarayon va murosasiz bahslar ostida kechgan musobaqa yakuniga ko‘ra jamoaviy hisobda:

🥇1-o‘rin – Toshkent viloyati va O‘zDJTSU jamoasi;
🥈2-o‘rin – Toshkent shahri jamoasi;
🥉3-o‘rin – Sirdaryo, Jizzah va Xorazm viloyati jamoalariga nasib etdi.


🏅🧾Yakunda g‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#boks #Rektor_sovrini #xalqaro_turnir

🏆Universitetda boks bo‘yicha o‘smir yoshlar o‘rtasida "Rektor sovrini" uchun xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda

🥊Shu kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida boks bo‘yicha kichik o‘smirlar o‘rtasida “Rektor sovrini” uchun Xalqaro turnir o‘tkazilmoqda.

Universitet sport klubi hamda Yakkakurash sport turlari bo‘yicha viloyat ixtisoslashtirilgan sport maktabi bilan hamkorlikda tashkil qilingan mazkur musobaqada mamlakatimizning 200 nafarga yaqin iste’dodli o‘smir bokschilari, shuningdek, qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidan ham shu yoshdagi sportchilar ishtirok etmoqda.

📍Eslatib o‘tamiz, ushbu xalqaro turnir 2024-yil 24-noyabr sanasiga qadar davom etadi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#boks #Rektor_sovrini #xalqaro_turnir

🏆Universitetda boks bo‘yicha o‘smir yoshlar o‘rtasida "Rektor sovrini" uchun xalqaro musobaqa davom etmoqda

🥊Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida boks bo‘yicha kichik o‘smirlar o‘rtasidaRektor sovrini” uchun Xalqaro turnirning yarim final bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Mamlakatimizning 200 nafarga yaqin iste’dodli o‘smir bokschilari, shuningdek, qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidan ham tashrif buyurgan shu yoshdagi sportchilar o‘rtasida kechayotgan bahslar malakali hakamlar tomonidan boshqarib borilmoqda.

📍Eslatib o‘tamiz, ushbu xalqaro turnir 2024-yil 24-noyabr sanasiga qadar davom etadi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#boks #Rektor_sovrini #xalqaro_turnir

🏆Universitetda boks boʻyicha oʻsmir yoshlar oʻrtasida "Rektor sovrini" uchun xalqaro turnir gʻoliblari taqdirlandi

🥊Bugun, 24-noyabr kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida boks boʻyicha kichik oʻsmirlar oʻrtasidagi Rektor sovrini” uchun Xalqaro turnir oʻz nihoyasiga yetdi.

⚡️Musobaqa davomida yurtimiz va qo‘shni davlatlardan tashrif buyurgan 200 nafarga yaqin isteʼdodli oʻsmir bokschilar 13 ta vazn toifasida shiddatli bahslarga kirishib, o‘z maxoratlarini namoyon qildilar.

Eʼtiborli jihati, turnirning gʻolib va sovrindorlari orasida  universitet Sport klubi tarkibidagi boks toʻgaragi aʼzolari ham borligi quvonchlidir. Jumladan, 35 kg vazn toifasida Behruz Qurbanaliyev hamda Asadbek Roʻzmatov 🥇1-oʻrinni, Jabbor Abdumutolipov 🥈2-oʻrini qo‘lga kiritgan bo'lsa, toʻgarakning yana bir aʼzosi Temur Mehriddinov esa “Eng yaxshi bokschi” nominatsiyasida 🏆Rektor sovrini sohibiga aylandi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook