UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.98K subscribers
18.7K photos
1.5K videos
257 files
8.52K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#UNIVERSIADA_2024
#bizning_yutuqlar

🏆O‘zDJTSU jamoasi “Universiada-2024” sport musobaqalarida ham g‘oliblar safida bo‘lishdi!

Xabar berganimizdek, joriy yilning 10-16 dekabr kunlari Nukus va Navoiy shaharlarida Universiada sport musobaqalarining ⚾️GANDBOL sport turi bo‘yicha Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

📍Jumladan, musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi bahslari Nukus shahrida o‘tkazilib, unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining gandbol bo‘yicha 🧑🏻‍🦱yigitlar terma jamoasi barcha raqiblar ustidan zafar quchib, musobaqa 🥇chempioni bo‘lishdi. Navoiy shahridagi 👩‍🦰ayollar o‘rtasidagi bahslarda esa universitetimiz qizlar jamoasi musobaqani to‘rtinchi o‘rin bilan yakunlashdi.

👏💐Barcha sportchi talaba yigit-qizlarimizni erishgan yutuqlari va munosib ishtirok bilan samimiy qutlaymiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#talaba_yutuqlari

🏆Para kamondan otish: Universitet talabasi nufuzli musobaqaning oltin va kumush medallariga ega bo‘ldi!

👩🏻‍🦽🏹2024-yil 11-13 dekabr kunlari PARA KAMONDAN OTISH sport turi bo‘yicha “Festival” doirasida imkoniyati cheklangan erkak va ayollar o‘rtasida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarma boshlig‘i kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

🌟Quvonarlisi, unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi talabasi Madina Ro‘ziyeva musobaqaning start dasturida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib 🥇oltin medalga, final bahslarida esa 2-o‘rin bilan 🥈kumush medal sohibasiga aylandi.

👏Ofarin Madina!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetga Umumjahon taekvondo politsiya federatsiyasining ijrochi maslahatchisi, Janubiy Koreyaning Pocheon shahri meri Park Yoon-Guk boshchiligidagi delegatsiya tashrifi “O‘zbekiston 24” telekanali tomonidan yoritildi.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#talaba_yutuqlari

🏆Qilichbozlik bo‘yicha qizlarimiz Jahon kubogi bosqichida sovrindor bo'lishdi!

🤺Shu kunlarda Vengriyaning Budapesht shahrida qizlar oʻrtasida qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha U20 yosh toifasida Jahon kubogi bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

🇺🇿Mazkur musobaqada O‘zbekiston qizlar terma jamaosi ham munosib ishtirok etmoqda. Xususan, yakkalik yoʻnalishida kechgan bellashuvlarda Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlari gʻolibi Gulistan Perdibayeva 🥈kumush medalga, shuningdek, jamoaviy bahslarda Ayakoz Jumamuratova, Gulistаn Perdibayeva, Samira Shokirova va Fernanda Erreradan iborat qizlar terma jamoamiz ham Jahon kubogi bosqichida kumush medalni qo'lga kiritdi.

Aytish joizki, mazkur terma jamoamiz a’zosi Samira Shokirova O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining qilichbozlik yo‘nalishi talabasi hisoblanadi!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#seminar

📣DIQQAT, DIQQAT, E’LON‼️

👩‍💼🧑‍🎓Hurmatli universitetimiz yosh olimlari, magistrantlar va talabalar!

📊Sizlarni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tashkil etilayotgan "Jismoniy tarbiya va sport ilmi: muammolar va istiqbollar" mavzusidagi ilmiy seminarda ishtirok etishga taklif qilamiz.

Seminarda ishtirok etish shartlari bo'yicha quyidagi [email protected] elektron manzilga murojaat qilishingiz mumkin. Seminar ingliz tilida o‘tkaziladi.

📆Kuni va vaqti: 2024-yil 21-dekabr soat 09:00 da.
🏢Joyi: Talabalar madaniyat saroyi konferensiya zali.

🙋Ilm istagida bo‘lgan barcha universitetimiz yosh olimlari va talabalarini seminarda kutib qolamiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali uchun ham yakuniga yetib borayotgan yil salmoqli yakunlanmoqda.

Filialda 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va yangiliklar “O‘zbekiston 24” telekanali ijodkorlari nigohida.

👇Bizni kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Audio
Audio nomi: “Hamyon”
✏️ Janr: hikoya
🎼 Qismlar soni: 1 ta
🎰 Hajmi: 22 mb
👤 Muallif: Qo‘chqor Norqobil

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mahorat_darsi

Diqqat E’lon‼️

👩‍🎓Qadrli universitetimiz badiiy gimnastika sport turiga qiziquvchi talabalari!

Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning 2-yo‘nalishida – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

👯Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan universitetning Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo oʻyinlari chempioni, “Shuhrat” medali sohibasi, xalqaro toifadagi sport ustasi Axmedova Jamilya Adizovna ishtirokida mahorat darsi tashkil etilmoqda.

📆Sana va vaqti: 2024-yil 18-dekabr soat 11:00 da.

🏢Joyi: “A” bino, gimnastika zali.

🙋🏻‍♀️Ushbu mahorat darsiga qiziqish bildirgan barcha talabalarimizni taklif etamiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#UNIVERSIADA_2024

Ma’lumki, 2024-yil 18-21 dekabr kunlari Samarqand viloyatida shaxmat va shashka sport turlaridan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Universiada-2024 sport musobaqalarining Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

🏆Mazkur musobaqalarda ishtirok etish uchun Universitetimiz shaxmat-shashka bo‘yicha terma jamoa a'zolari Samarqand viloyatiga jo'nab ketdi.

📍Ahamiyatlisi, universitet jamoasi a’zolarining borib kelishlari va musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Sportchi talabalarimizga oldindagi bahslarda ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook