UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.99K subscribers
18.7K photos
1.5K videos
258 files
8.52K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#universitet_hayotidan

🏆
O‘zDJTSU tarix muzeyi yangi medallar shodasi bilan boyimoqda!

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Tarix muzeyi 2021-yilda tashkil topgan bo‘lib, unda bugungi kunda 400 ga yaqin oliygoh talabalari va murabbiylari tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar aks etgan eksponatlar hamda xorijiy davlat vakillarining hadyalari saqlanmoqda.

📍E’tiborlisi, yildan yilga universitetimiz muzeyi sportchi talabalarining medallari va kuboklari bilan boyib bormoqda.

🏊🚣‍♀️Xususan, 2024-yil 16-dekabr kuni oliygohning Suv sporti, eshkak, eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi doktorantlari, Olimpiya o'yinlari ishtirokchilari Shaxboz Xolmirzayev va Dilnoza Raxmatova tomonidan universitet muzeyiga topshirgan medallar hamda esdalik sovg‘alari eksponatlar qatoridan munosib o‘rin egalladi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan
#ilmiy_anjuman

👩‍🎓Yosh olimlar va talabalarni ilmiy faoliyatga keng ravishda jalb qilishga xizmat qilayotgan ilmiy anjumanlar davom etmoqda!

📊Bugun, 17-dekabr kuni universitetning Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

✔️Universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori Sh.Mirzanov tomonidan ochib berilgan ushbu anjumanda kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, oliygohning Farg‘ona filiali hamda Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi vakillari, sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Batafsil

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#Сўровнома_2024

“ЙИЛ РЕКТОРИ”ГА ОВОЗ БЕРИНГ!

"Ёшлар кундалиги" йилнинг энг яхшиларини аниқлашда давом этади. Юқоридаги суратда вилоятимизнинг энг фаол олийгоҳ ректорлари ўрин олган.

🔂Сизнингча, қайси номзод йилнинг энг яхшиси бўлишга лойиқ? Муносибларни қўллаб-қувватланг.

⚠️Эслатма: турли ботлар орқали сунъий овоз жамғаришга интилганлар сўровномадан четлаштирилади.

🚩 Биз сизга энг зўрини илинамиз:
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣ дам олиш маскани.
☎️
+998702020101

🔹Сўровнома 18 декабрь куни соат 17:00 га қадар давом этади. Энг кўп овоз тўплаган иштирокчи йил якунида ҳомийимизнинг махсус совғаси билан тақдирланади.
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатиб боринг:

📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xizmat_safari

🇺🇿O‘zDJTSU rektori Rashid Matkarimov boshchiligidagi delegatsiya Qozog‘iston Respublikasi Olmata shahrida ✈️xizmat safarida bo‘lib turibdi.

🇰🇿Joriy yilning 17-18 dekabr kunlari Olmata shahrida Qozog‘iston davlat turizm va sport akademiyasining 80-yilligiga bag'ishlangan “Olimpiya sporti va sport hamma uchun” mavzusidagi XXVIII xalqaro ilmiy kongress o‘tkazilmoqda.

Mazkur ilmiy kongressda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov boshchiligida, professor Fikrat Kerimov, bo'limi boshlig‘i Rashid Burnashev, dotsent Olga Goncharovadan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda.

👉Batafsil: https://jtsu.uz/uz/e/blog/3803-o-zdjtsu-rektori-rashid-matkarimov-boshchiligidagi-delegatsiya-qozog-iston-respublikasi-olmata-shahrida-xizmat-safarida-bo-lib-turibdi

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#davra_suhbati

❗️DIQQAT, DIQQAT, E’LON❗️

👩‍🎓Hurmatli universitetimiz sportchi talabalari!

Sizlarni 2024-yil 18-dekabr kuni soat 14:00 da O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Og‘ir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamkorligida 🤵🏻Yuksalish maktablari va Yuksalish liderlar akademiyasi asoschisi Muhammadali Eshonqulov ishtirokida tashkil etilayotgan qiziqarli davra suhbatiga taklif etamiz.

💤Unda sizlarni akademiya asoschisi Muhammadali Eshonqulov tomonidan o‘qishda va kasb faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishish sirlari va ularga olib boruvchi yo‘llar hamda kitob mutolaasining yoshlar hayotidagi ahamiyati to‘g‘risida bildiriladigan motivatsion fikrlar kutmoqda.

🏢Manzil: Talabalar madaniyat saroyi.

‼️Barcha talaba-yoshlarni davra suhbatida kutib qolamiz!


Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#yil_sarhisobi

🏆Universitet kafedralari tomonidan “Yil sarhisobi” nomli bayram tadbiri tashkil etildi

🏋️‍♂️🏇💻Bugun, 17-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Og‘ir atletika, ot sport nazariyasi va uslubiyati hamda Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedralari tashabbusi bilan joriy yil yakunlariga bag‘ishlangan “Yil sarhisobi” nomli ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-musiqiy tadbiri tashkil qilindi.

Batafsil: https://jtsu.uz/uz/e/blog/3804-universitet-kafedralari-tomonidan-yil-sarhisobi-nomli-bayram-tadbiri-tashkil-etildi

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook