UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.98K subscribers
18.7K photos
1.5K videos
257 files
8.52K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#jarayon
#xotin_qizlar_maslahatchisi

Sport o‘yinlari fakulteti dekanining Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchisi saylandi

Kuni kecha universitetning Sport o‘yinlari fakultetida dekan va uning o‘rinbosarlari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida kun tartibidagi bir qator muhim masalalar yuzasidan muhokamalar qilinib, fakultet dekanining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisini saylash jarayoni ham o‘tkazildi. Yakunda esa yig‘ilish qatnashchilari bir ovozdan mazkur lavozimga O‘zbek va chet tillari kafedrasi o‘qituvchisi Umirova Dilafruz Abdurasulovnaning nomzodini ma’qul topishdi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#ota_onalar_kengashi

O‘zDJTSUda Ota-onalar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirokida Ota-onalar kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#O‘rganish

Bugun Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar, Yoshlar siyosati va sport, Ichki ishlar, Mudofaa vazirliklari hamda Milliy gvardiya masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh a’zolari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetdagi maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarni o‘rgandi.

Ishchi guruh a’zolari universitetda tashkil etilgan “Qalqon” jamoatchilik guruhi va ularning faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, talaba-yoshlar bilan ishlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan tadbirlar rejasi, yotoqxonalardagi sharoitlar, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha masʼullar faoliyatiga doir ishlar holati atroflicha o‘rganilib, ijrochilarga zarur tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Forwarded from UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
‼️Diqqat, Eʼlon!

🏆Sportchilar oilasida Talabalar Media studiyasi tashkil etilmoqda!

Qadrli talaba-yoshlar siz oliy taʼlim tizimidagi yangilik va o‘zgarishlarni tezkor ravishda bilib borishni istaysizmi? Shuningdek:

Sizda sport bilan birga jurnalistika sohasiga ham qiziqish bo‘lsa?

yaxshigina qalam tebratib ijod olamiga tez-tez sayr qilib tursangiz?

yoxud, o‘zingizni foto va videoga olishda mahoratliman deb o‘ylasangiz?

Eng asosiysi, talabalar hayotini qiziqarli tarzda yoritib beruvchi yangi loyihalar ko‘pu, biroq uni qanday boshlashni bilmayotgan bo‘lsangiz?

👇Unda ushbu loyiha aniq sizlar uchun!

🏢O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining iqtidorli, ijodkor, kreativ fikrlaydigan, tashabbuskor talabalarini universitet Talabalar Media studiyasining doimiy va qadrli aʼzosi bo‘lishga taklif etamiz!

☎️Murojaatlar uchun telefon: +998 91 681-16-91.

Universitet Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#xalqaro_hamkorlik

🏆O‘zDJTSUning xorijiy OTMlar bilan hamkorlik doirasi kengaymoqda!

Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor J.Zarifboyev boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar va Malayziya davlatining Pendidikan Sultan Idris universiteti vakillari o‘rtasida onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Promo_rolik
#Innoweek

📣📣16-20-oktabr kunlari eng yirik innovatsion tadbir “Innoweek.uz-2023” xalqaro innovatsion g’oyalar haftaligi bo’lib o’tadi

Bu yilgi haftalik “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar – Yangi O’zbekiston taraqqiyotining asosi” mavzusida o’tkaziladi.

Haftalik doirasida ko’rgazmalar taqdimoti, xorijiy yetakchi kompaniyalar bilan uchrashuv va kelishuvlar, xalqaro shartnomalar, konferensiya va forumlar tashkil etiladi.

Batafsil ma’lumot👉 www.innoweek.uz

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Universitetning iqtidorli talabalari “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslariga qabul jarayonida faol ishtirok etishdi

Bugun Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Isteʼdodli yoshlarni qo‘llab quvvatlash «Ulug‘bek» jamg‘armasi binosida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslariga iqtidorli tinglovchilarni qabul qilish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Sportni boshqarish fakultetining Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasida tahsil olayotgan isteʼdodli talaba-qizlar ham faol ishtirok etib, ularning bilimlari suhbat va test shaklida sinovdan o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Forwarded from OTFIV ǀ RASMIY
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_energiya

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida o‘rnatilgan quyosh panellari elektr energiyaga bo‘lgan talabning to‘liq qoplanishiga xizmat qilmoqda

Oliygohning 8 ta binosining tom qismiga, yaʼni 6 450 M/kv maydonga, jami quvvati 660 kVt/soat hajmdagi quyosh panellari o‘rnatish jarayonlari to‘liq yakunlandi. O‘rnatilgan quyosh elektr stansiyalarida o‘rta hisobda 3800-4000 kVt /soat hajmida elektr-energiyasi ishlab chiqarilmoqda.

Shuningdek, universitetning yopiq suzish havzasiga 16 ta va talabalar turar joyiga 20 ta har birining hajmi 200 litr bo‘lgan quyosh isitish kollektorlarining ham o‘rnatildi.


Солнечные панели, установленные в В Узбекском государственном университете физической культуры и спорта полностью покрывают спрос на электроэнергию

Полностью завершен процесс монтажа солнечных панелей на кровельную часть 8 зданий университета на площади 6 450 м/кв. м общей мощностью 660 кВтч. Солнечные электростанции, установленные в университете, производят в среднем 3800-4000 кВтч электроэнергии.
Кроме того, установленны 16 солнечных тепловых коллекторов в крытом бассейне университета и 20 коллекторов в студенческом общежитии каждый объемом 200 литров.


The solar panels installed at the Uzbekistan State University of Physical Education and Sport fully cover the demand for electricity

Installation processes of solar panels with a total capacity of 660 kWh have been completed on the roofs of 8 buildings of Oliygoh, i.e. on an area of 6,450 m/sq. Solar power plants installed at the university produce electricity in the amount of 3800-4000 kW/h on average.

Also, the installation of 16 solar heating collectors with a volume of 200 liters each in the indoor swimming pool of the university and 20 in the student residence provides direct electricity and the living conditions of students and young people at a higher level.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Talabalar akademik mobillik dasturi” doirasida oliygohning Farg‘ona filiali talabalari uchun dars mashg‘ulotlari boshlandi.

Universitetning O'quv ishlari bo‘yicha prorektori Аnvar Xodjayev filialning talaba-yoshlari bilan uchrashuv o'tkazib, ularga o'quv jarayonlari, mavjud sport inshootlarida yaratilgan sharoitlar to'g'risida maʼlumotlar berdi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#ochiq_dars

Universitet rahbariyatining talabalarga ochiq dars mashg‘ulotlarini olib borishi davom etmoqda

Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Yakkakurash sport turlari fakulteti dekani V.Anashov tomonidan talabalarga “Boksda musobaqa qoidalari va hakamlik faoliyati” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti olib borildi.

Dars davomida talaba-yoshlarga boks taktikasining umumiy tushunchasi, musobaqalarda amal qilinadigan umumiy qoidalar va bokschining jismoniy sifatlari shuningdek, hakamlik faoliyatida e’tibor beriladigan jihatlar to‘g‘risida taqdimot qilindi. Talablar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#psixolog_faoliyati
#xotin-qizlar_faoliyati

🏢O‘zDJTSUda “Xotin-qizlar orasida maslahat kuni” tashkil etildi

Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining TTJda oliygoh Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sh.Aliyeva, psixolog J.Ashirova, professor-o‘qituvchilar, tarbiyachi-pedagoglar hamda talaba-qizlar ishtirokida 👩‍🏫👩‍🎓👩‍⚕️"Xotin-qizlar orasida maslahat kuni" tashkil etildi.

Tadbir doirasida o‘rtaga tashlangan “Ilmli qiz millat ko‘zgusi”, “Erta turmushning oqibatlari” hamda qizlar o‘rtasida psixologik muhitni barqarorlashtirish kabi dolzarb mavzularda fikr-mulohzalar bildirildi. Aytish joizki, mazkur tadbir talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, unda faol qatnashishga harakat qilishdi.

Shuningdek, tadbir davomida universitet Yoshlar ittifoqi koordinatorlari va "Qizlarjon" klubi yetakchilari tomonidan talaba-yoshlarni o‘z tanlagan kasblari bo‘yicha muvaffaqiyatga boshlovchi loyihalar to‘g‘risida motivatsion taqdimotlar qilindi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy