UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.95K subscribers
19.1K photos
1.52K videos
260 files
8.63K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#Tadbir

Vatan muqaddas, uni asramoq – mardlarga xos

Hurmatli sportchilar oilasining tinib-tinchimas jamoasi hamda har jihatdan faol va ilmga chanqoq talaba-yoshlar!

Joriy yilning 24-yanvar kuni soat 10:00 da O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31-yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatan muqaddas, uni asramoq – mardlarga xos” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, badiiy musiqiy tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbir davomida sizlarni harbiylar ishtirokidagi o‘ziga xos ko‘rgazmali chiqishlar, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda harbiy qismlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumlarini imzolash jarayonlari, shuningdek, kuy-qo‘shiqlarga boy bo‘lgan tantanali bayram konserti kutmoqda.

Barcha rahbar va ishchi xodimlar, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba- yoshlarni bayram tadbiriga taklif etib qolamiz!

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#til_bayrami
#tadbir

Kuni kecha oliygohda Xotin qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sh.Aliyeva, universitet psixologi J. Ashirova, Sport o'yinlari fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchisi D.Umirova, tyutorlar va talabalar ishtirokida navbatdagi "Xotin-qizlar orasida maslahat kuni" bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir 21-oktyabr O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlanib, unda Yakkakurash sport turlari fakulteti tashabbusi bilan talaba-qizlar o‘rtasida pazandachilik tanlovi o‘tkazildi. Tanlov davomida tayyorlangan milliy taomlar hakamlar tomonidan ijobiy baholandi. Shu bilan birga Sport o‘yinlari, Qishki sport turlari va paralimpiya hamda Sportni boshqarish fakulteti talabalari ishtirokida tayyorlangan bayram dasturi yig‘ilganlarga birdek manzur bo‘ldi.

Shuningdek, qizlar o‘rtasida psixologik muhit hamda pozitiv kayfiyatni barqarorlashtirish maqsadida ularga huquqiy va psixologik maslahatlar berilib, individual suhbatlar o‘tkazildi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#til_bayrami
#tadbir

Til borki, millat yashar!

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 34 yilligi munosabati bilan Sport o‘yinlari fakulteti hamda O‘zbek va chet tillari kafedrasi tomonidan “Til borki, millat yashar” mavzusida badiiy-musiqiy tadbir o‘tkazildi.

Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, harbiylar va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar til – insoniyat uchun buyuk ne’mat, mislsiz boylik va o‘lmas qadriyat ekanligi to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Eng asosiysi, o‘zbek tili AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Turkiya va shu kabi bir qator davlatlarning 60 ga yaqin universitetlari, 100 dan ziyod maktablarida o‘rganilayotganligi alohida ta’kidlandi.

Batafsil

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#til_bayrami
#tadbir

Til borki, millat yashar!

O‘zDJTSUda 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan “Til borki, millat yashar” mavzusida o‘tkazilgan badiiy-musiqiy tadbir tafsilotlari quyidagi videolavhamizda.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#tadbir

Ona mutolaa qilsa, bola kitobxon bo‘ladi!

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi va “Qizlarjon” klubi sardorlari tomonidan mahalla hamkorligida “Kitobxon onalar kuni” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda O‘zbek va chet tillari kafedrasi mudiri N.G‘afforov boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar, Chirchiq shahar 1-sektor xotin-qizlar faollari hamda oliygoh ARM xodimalari va magistrantlar ishtirok etishdi.

Batafsil

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#tadbir

Talaba-yoshlar orasida giyohvandlikni oldini olish boʻyicha targʻibot tadbiri tashkil etildi

Bugun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalar ishtirokida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari giyohvand moddalar tarqalishiga qarshi kurashish va ularning oldini olish” mavzusida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Unda universitet rahbariyati, Toshkent viloyati va Chirchiq shahar IIBB jinoyat qidiruv boshqarmasi vakillari, shifokor norkolog, professor-oʻqituvchilar hamda tyutorlar qatnashdi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan talaba-yoshlarga giyohvand moddalar isteʼmol qilishning ayanchli oqibatlari, doimo ogoh boʻlib, ushbu ogʻu domiga tushib qolishdan saqlanish hamda koʻplab insonlar va yoshlarning umriga zomin boʻlayotgan bunday giyohvandlik moddalariga qarshi mamlakatimizda olib borilayotgan amaliy ishlar, qoʻllanilayotgan keskin choralar xususida kerakli maʼlumotlar berib oʻtildi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#tadbir

Vatanparvarlikni chinakkam e’tiqodga aylantiraylik!

Ma’lumki, yoshlardagi ilmiy va jismoniy salohiyatni yuksaltirish bilan birga, ulardagi vatanparvarlik tuyg‘usini ham mustahkamlash g‘oyat muhim omildir.

Kecha, 28-fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Vatanparvarlikni chinakam e’tiqodga aylantiraylik!” shiori ostidagi “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri talaba-yoshlardagi Ona Vatanga sadoqat hissini yanada oshishiga xizmat qildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#tadbir

O‘zDJTSUda harbiylar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 4-mart – O‘zbekiston Respublikasi Qorovul qo'shinlari tashkil topgan kunga bag'ishlab oliygoh hamda Ichki ishlar qorovul qo‘shinlari 7535 harbiy qism hamkorligida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Unda universitet rahbariyati, Chirchiq shahar harbiy prokuraturasi hamda IIB vakillari, harbiylar, talabalar va tyutorlar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida bir guruh harbiylarga sana munosabati bilan esdalik nishoni va faxriy yorliqlar topshirildi. Bayram dasturining badiiy qismida esa iste’dodli talaba-yoshlar hamda 7-sonli musiqa va san’at maktabi tinglovchilari tomonidan dil-tortar kuy-qo'shiqlar va maftunkor raqslar namoyish etildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#tadbir #xalqaro_nogironlar_kuni

❤️Imkonsizlikdan imkon topganlar!

🧑‍🦽Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuniga bag'ishlab tadbir o‘tkazildi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbir universitet rektorining kirish so‘zi bilan boshlanib, o‘z nutqida yurtimizda imkoniyati cheklangan insonlar, ayniqsa, yoshlarga qulay shart-sharoitlar, bepul va sifatli taʼlim olish uchun imkoniyatlar yetarli ekanligi, ular imkoniyati cheklangan boʻlishiga qaramay, turli sohalarda ulkan choʻqqilarni zabt etib kelayotgani, buning yorqin misoli sifatida Parij-2024 XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida o‘z tarixida eng yaxshi natijalarni qayd etgan sportchilarimiz yutuqlarini alohida qayd etdi.

Batafsil: https://jtsu.uz/uz/e/blog/3731-imkonsizlikdan-imkon-topganlar

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tadbir #xalqaro_nogironlar_kuni

🏆Joriy yilning 2-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 👨🏻‍🦽3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlab yuqori saviyada tashkil etilgan bayram tadbiri “Nurafshon TV” telekanali ijodkorlari tomonidan yoritildi.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#tadbir

🧝Qaynonam mening Onam!

Bugun, 31-yanvar kuni ana shu shior ostida universitetning Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi mas’ullari, kafedra professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda Chirchiq shahridagi mavjud mahallalarning faol xotin-qizlari bilan birgalikda tadbir tashkil etildi.

📍Ushbu tadbir talaba-qizlarga oila – jamiyatning tayanchi, undagi mehr-oqibat, hurmat va fidoyilik esa avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan bebaho qadriyatlarimizdan biri ekanligini, shuningdek, oilada qaynona va kelin munosabatlari, unda qaynonalar kelinlarning hayot yo‘lida o‘z tajribasi orqali yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi mehribon ona bo‘lishi, bunday munosabatlar natijasida esa oilalar mustahkam, baxtli va ahil bo‘lishini anglatish maqsadida tashkil etildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook