UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.93K subscribers
18.2K photos
1.48K videos
257 files
8.37K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#ijaradagi_talabalar

Ijarada yashovchi talabalarining sharoitini o‘rganish jarayonlari davom etmoqda

🏊🏋️‍♂️💻Joriy yilning 1-2 dekabr kunlari universitetning Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tyutori Ashrab Isayev, Og‘ir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi katta o‘qituvchisi Otabek Raxmatillayev va tyutor Nargiza Taradxo‘jayeva hamda Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi tyutori Ulug'bek Kucharov va TTJ kengashi raisi Baxtiyor Ixtiyorovlar tomonidan ijara xonadonlarida yashovchi talabalarning yashash tarzi o‘rganildi.

💡🔥O‘rganishlar jarayonida masʼullar tomonidan talabalarga elektr energiyasi, tabiiy gazdan to‘g‘ri foydalanish va xavfsizlik qoidalariga rioya etishlari zarurligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilib, ijara uylarining isitish moslamalari sozligi ko‘zdan kechirildi.

📍Mazkur o‘rganish jarayonlaridan ko‘zlangan maqsad – talabalarga sovuq iqlim paytida kerakli sharoitni yaratishdan iboratdir.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#tanlov

❗️❗️Diqqat, Diqqat, Tanlov❗️❗️

📝 Qadrli universitetimiz sportchi talabalari!

Sizlar uchun universitetimizda 8-dekabr – O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan “Mening Konstitutsiyam 32 yoshda” shiori ostida tashkil etilayotgan “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” nomli insholar tanlovini e’lon qilamiz!

📆Tanlov joriy yilning 4-dekabr kuni soat 12:00 da universitet Axborot-resurs markazida bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar o‘zlari bilan birga 12 varaqli daftar hamda ruchka olib kelishlari lozim.

📞Shuningdek, tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali bilib olishingiz mumkin.: +998990 951-91-15.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan
#stop_korrupsiya
#chellenj

Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tashkil etilgan chellenj nihoyalab bormoqda…

🤛Chellenjning navbatdagi sonidan Jangavor yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi oʻrin oldi.

⬆️Yuqorida kafedra talabalarining korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabati aks etgan fotolavhani tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan
#profilaktik_tadbir

🏆UNIVERSITETDA “YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA TADBIR TASHKIL ETILDI

🔥Xabaringiz bor, mamlakatimiz bo‘ylab favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha “Yong‘in xavfsizligi oyligi” e’lon qilingan.

⚽️Shu munosabat bilan, bugun, 3-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi mutaxassislari hamkorligida “Yong‘in havfsizligi oyligi” doirasida futbol yo‘nalishi talabalari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

📍Tadbir davomida bo‘lim mutaxassilari talabalarga yong‘inlar va favqulodda vaziyatlarni oldini olish, texnika xavfsizligi qoidalari, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish va yong‘in sodir bo‘lganda harakatlanish tartib-qoidalari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdilar.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#davra_suhbati

🔰Huquq va burch nima?

📌2024-yil 2-dekabr kuni ana shu mavzuda universitetning Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari 1-bosqich talabalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan davra suhbat o‘tkazdilar.

📖Unda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixi haqida so‘z yuritilib, Konstitutsiya o‘zi nima? degan savolga atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, talabalarga Konstitutsiyaning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotida tutgan o‘rni, qonun ustuvorligi, yurtimiz rivoji va xalqimiz farovonligini ta’minlashdagi roli hamda 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendum asosida Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiya — inson sha’ni, qadr-qimmati va huquqlarining mustahkam kafolati ekanligi to‘g‘risida ham qimmatli ma’lumotlar berildi.

Davra suhbati talaba-yoshlar tomonidan yo‘llangan savollar bilan yanada mazmunli o‘tdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#men_donor

❤️Hayot uchun. Oddiy va oliy qahramonlik!

Hayotda kimgadir beg‘araz yordam berish yoxud uning hayotini saqlab qolishga sababchi bo‘lish katta savobli ishdir!

🏋️‍♂️🏇⚽️Bugun, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Og‘ir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyati hamda Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedralari professor-o‘qituvchilari, tyutorlari va talabalar ana shunday savobli ishga qo‘l urib, Toshkent viloyati qon quyish stansiyada tashkil etilgan 🩸#men_donor aksiyasida faol ishtirok etishdi.

📍Shuni alohida qayd etish joizki, 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu aksiyada vakillarimiz ko‘plab insonlar hayotini saqlab qolishga o‘z hissalarini qo‘shdilar!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook