UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
7K subscribers
18.5K photos
1.49K videos
257 files
8.44K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#davra_suhbati

📍Korrupsiya – jamiyat va taraqqiyot kushandasi!

Bugun, 3-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlab huquq tartibot idoralari bilan hamkorlikda "Ochiq eshiklar kuni" doirasida davra suhbati o‘tkazildi.

Batafsil: https://jtsu.uz/uz/e/blog/3739-korrupsiya-jamiyat-va-taraqqiyot-kushandasi

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
O'zDJTSU Farg‘ona filialida Kengash yig‘ilishi bo'lib o'tdi

🗣Kengash raisi, professor Nizomjon To‘xtaboyev rahbarligidagi yig'ilish davomida Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini ta’minlashga doir masalalar muhokama qilindi. Otgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, yo'l qo'yilgan kamchilklar birma bir sanaldi. Kengashda kelgusidagi rejalar- kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik natijalari, o‘quv jarayonining sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar va murojaatlar va tegishli hujjatlar bilan ishlash muhokama qilindi.

📎Yig‘ilish yakunida bir qator o'qituvchilar lavozim va ilmiy unvoniga tavsiya etildi. Bu tavsiya filial ilmiy faoliyatida yana bir muhim qadam bo‘lib, kelajakda ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

➡️O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti farg‘ona filiali, ilmiy va pedagogik salohiyatini oshirish orqali yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida hissa qo‘shishga intilmoqda.

Filial matbuot xizmati

Facebook|📹YouTube|🌐WebSite   Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#UNIVERSITET_HAYOTIDAN

🏆Kafedralar faoliyatidan lavhalar…


🤼Joriy yilning 2-dekabr kuni universitetning Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mas’ullari tyutorlar bilan birgalikda ijara uylarida istiqomat qiladigan talabalar holidan xabar olib, ularning yashash sharoitini o‘rganishdi. Shuningdek, kurashchi talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida futbol sport turidan musobaqa tashkil etildi.

3-dekabr kuni Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalarining huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan tyutor va o‘qituvchilar tomonidan “Zakovat” intellektual o'yini tashkil etildi.

💼Shuningdek, ushbu sanada Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi talabalari bilan 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlab davra suhbati o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook