UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.98K subscribers
18.5K photos
1.49K videos
257 files
8.46K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni
#Qurolli_kuchlarimiz_29_yoshda

Kim vatanga sodiq bo‘lsa mendirman o‘sha…

Bugun 13 yanvar kuni universitetimizning Manej sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda “14 yanvar Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan “Kim vatanga sodiq bo‘lsa mendirman o‘sha” shiori ostida madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://www.uzdjtsu.uz/news/365

Universitet rasmiy kanali: https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni
#Qurolli_kuchlarimiz_29_yoshda

Kim vatanga sodiq bo‘lsa mendirman o‘sha…

Joriy yilning 13 yanvar kuni universitetimizning Manej sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda “14 yanvar Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan “Kim vatanga sodiq bo‘lsa mendirman o‘sha” shiori ostida o’tkazilgan madaniy tadbirdan lavhalar.

Universitet rasmiy kanali: https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni
#Qurolli_kuchlarimiz_29_yoshda

MARDLAR QO'RIQLAYDI VATANNI

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda “14 yanvar Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan Futbol va qishki sport turlari fakulteti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi tomonidan "Mardlar qo'riqlaydi Vatanni" mavzusida badiiy musiqiy tadbir o'tkazildi.

Tadbirni Fakultet dekani D.K.Ismagilov, O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri N.N.G'afforov tabrik so'zlari bilan ochib berishdi.

Badiiy musiqiy tadbirda talaba-qizlar tomonidan sahnalashtirilgan ko‘rinishlar, kuy-qo‘shiqlar, diltortar raqslar ijro etildi.

Ular namoyish etgan sahna ko'rinishlari va chiqishlari yig'ilganlarda chuqur taassurot qoldirdi.

Universitet rasmiy kanali: https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
​​#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni
#Qurolli_kuchlarimiz_29_yoshda

Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi tantanalari O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham yuqori shukuhda nishonlanmoqda.

Navbatdagi tadbir “Voleybol basketbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasida bo’lib o’tdi.

Tadbirda Vatan himoyasidek sharafli ishda safdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan podpolkovnik Xalilov Sherali Erkinovich bilan kafedra professor-o’qituvchilari va talabalarning uchrashuvi tashkil qilindi.

Universitet rasmiy kanali: https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni
#Qurolli_kuchlarimiz_29_yoshda

Futbol va qishki sport turlari fakulteti talabalarining G‘alaba bog‘iga tashrifi uyushtirildi

Batafsil:
https://uzdjtsu.uz/news/369

Universitet rasmiy kanali: https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#14_yanvar_

📣E’lon

VATAN HIMOYASI MUQADDAS BURCH!

‼️Hurmatli universitet professor-o‘qituvchilari hamda bilimga chanqoq talaba-yoshlari!

⚡️Sizlarni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetda “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni!” bayrami munosabati bilan “Vatan himoyasi muqaddas burch!” mavzusida o‘tkaziladigan bayram tadbiriga taklif etamiz!

📌Tadbir dasturidan harbiylar ishtirokidagi jangovar chiqishlar, Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar hamda universitetning Axborot resurs markazi xodimalari va iqtidorli sportchi talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan shou o‘yinlar joy olgan.

🏢Tadbir joyi: Universitet Talabalar madaniyat saroyi.

📆Sana va vaqti: 2024 yil 13 yanvar soat 11:00 da.

Barchangizni yorqin lahzalar va bayramona chiqishlarga boy bayram tadbirida kutib qolamiz!

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#14_yanvar
#tabrik

🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talaba-qizlari oliygohning barcha erkak professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yigitlarni, Milliy armiyamiz safida Vatan himoyasi uchun xizmat qilayotgan harbiylarni, shu jumladan o‘zlarining mardligi, jasurligi va mehnatsevarligi bilan yurt rivojiga munosib hissasini qo‘shib kelayotgan hamyurtlarimizni 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaydi!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#14_yanvar
#33_yil

🇺🇿VATAN HIMOYASI SHARAFLI VA MUQADDAS BURCH!

👮‍♂️👩‍✈️Vatan himoyasi – muqaddas burch bo'lsa, Vatan himoyachisi bo'lish yanada sharaflidir. Yurtimiz tinchligini ko‘kda, suvda va quruqlikda himoya qilayotgan harbiylarimiz matonati tahsinga sazovor! Ularning olib borayotgan mardonavor xizmatlari tufayli osmonimiz musaffo, yurtimiz obod, xalqimiz hayoti farovon, bolalarimiz, moʻtabar onajonlarimiz-u keksalarimiz esa xotirjam yashamoqda.

👏💐Sharaf sizga, olqish sizga - harbiylar!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#14_yanvar #zakovat

🏆O‘zDJTSUda birdamlikni mustahkamlashga xizmat qilgan “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi

2025-yil 10-yanvar kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Chirchiq davlat pedagogika universiteti hamda harbiy qismlar hamkorligida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

👩‍🎓👨‍💼🧑‍✈️Talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda harbiylardan iborat jamoalar o‘rtasida kechgan mazkur oʻyin qiziqarli va bahs-munozaralarga boy bo‘lib, barcha ishtirokchilar oʻzlarining bilimi va jamoaviy ishlash qobiliyatlarini namoyon etdi.

📍Oʻzaro doʻstona raqobat, bilim almashish va birdamlikni mustahkamlashga xizmat qilgan “Zakovat” intellektual o‘yin so‘ngida gʻolib jamoalar esdalik sovgʻalari hamda sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#sayohat #14_yanvar

🏆Universitet talabalari tomonidan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat uyushtirildi

🕍Joriy yilning 12-yanvar kuni universitetning bir qator ixtisoslik kafedralari talabalari va tyutorlari tomonidan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent shahrida joylashgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat uyushtirildi.

🇺🇿O‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushi yillaridagi shonli tarixi va ona xalqimizning qahramonligini yaxlit aks ettirgan ushbu majmua talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

🛖🧝🏻‍♀️Xususan, talabalar majmua tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi eksponatlari, bog‘dagi urush davri manzaralari aks etgan palatkalar, dala oshxonalari, harbiy texnika va qurol-yarog‘lar hamda o‘zida butun o‘zbek ayollarining matonati va jasorati ramziga aylangan zangiotalik Zulfiya Zokirova va uning urushda halok bo‘lgan besh o‘g‘lining vafodor rafiqalari aks etgan “Matonat madhiyasi” majmuasi bilan yaqindan tanishdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#14_yanvar #vatan_himoyachilari

🧑‍✈️14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni!

O‘zbekiston mard o‘g‘lonlari,
Bahodirlar, pahlavonlari,
Tinchligimiz chin posbonlari!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!


🇺🇿 Vatanimiz himoyasi va rivojida turli xil kasblarda xizmat ko‘rsatayotgan O‘zbekistonimizning barcha o‘g‘lonlariga bayram muborak bo‘lsin!

Tinchligimiz abadiy bo‘lsin!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#14_yanvar
#vatan_himoyachilari

🏆O‘zDJTSUda Vatan himoyachilari kuni munosib nishonlanmoqda…


🇺🇿Bugun ertalabdan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi mas’ullari, 1-sonli talabalar turar joyi tarbiyachi pedagoglari hamda talaba-qizlar tomonidan 👮🏻🧑‍✈️14-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan universitet professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yigitlari vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar sadosi ostida munosib kutib olindi va ularga esdalik sovg‘alari ulashildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#14_yanvar
#tabrik

🏆
O‘zDJTSUda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari davom etmoqda…


🇺🇿O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ertalabdan boshlangan 14-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tabriklari davom etmoqda.

🤼‍♀️Universitetning Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi kurashchi qizlarining oliygohimiz qadrli ustoz-murabbiylari va mard talaba-yigitlariga yo‘llagan samimiy 💐tabriklarini kutib oling.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#14_yanvar
#tanlov

🏆Universitetda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan rasmlar tanlovi tashkil etildi

🏊🚣‍♀️Bugun universitetning Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi iqtidorli talabalari o‘rtasida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab "Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz" shiori ostida 🎨rasmlar tanlovi bo'lib o'tdi.

Tanlov davomida talabalar o'zlarining ijodkorligi va mahoratlarini to‘liq namoyon etib, ijodiy ishlarida vatan himoyachilarini o‘ziga xos tarzda aks ettirishdi.

📍Jarayonlar kafedra mudiri X.Matnazarov, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i R.Babajanov, Universitet Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti raisi S.Eshpo'latov hamda kafedra mas’uli Sh. Pirnazarov va tyutor A.Abdusalomov tomonidan kuzatib borildi.

📜Yakunda kuzatuvchilar tomonidan barchaning ishi ijobiy baholanib, g'oliblarga diplomlar topshirildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#14_yanvar
#vatan_himoyasi

🇺🇿Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!


✔️Ona Vatan deganda har bir kishining qalbida olam-olam g‘urur, iftixor va faxrlanish hissi jo‘sh uradi. Uni jondan-da ortiq sevish, ardoqlash va xavf-xatarlardan himoya qilish nafaqat harbiy xizmatchilarning, balki shu yurtning farzandiman deb bilgan barcha o‘g‘lonlarning muqaddas burchidir!

Bugun, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 33 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-musiqiy tadbir tashkil etildi.

👉Batafsil

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#14_yanvar
#vatan_himoyasi

🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-musiqiy tadbirdagi qizg'in jarayonlar yuqoridagi videolavhamizda.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook