UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.96K subscribers
18.8K photos
1.51K videos
259 files
8.54K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#Xizmat_safari

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimovning Andijon va Farg‘ona viloyatiga xizmat safari davomidagi jarayonlardan fotolavha.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xizmat_safari

Universitet rektori boshchiligida bir guruh olimlardan iborat ishchi guruhining Fargʻona va Andijon viloyatlariga uyushtirgan xizmat safari tafsilotlari

Xabar berganimizdek, joriy yilning 15-mart kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor R.M.Matkarimov, universitetga jalb etilgan Germaniyaning Kyoln sport universiteti professori G.V.Korobeynikov, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqot instituti professor F.A.Kerimov hamda Sportchilarni funksional va psixodiagnostika qilish laboratoriyasi mudiri R.A.Burnashevdan iborat ishchi guruhi tomonidan Andijon va Fargʻona viloyatiga xizmat safari uyushtirildi.

Safar davomida Andijon Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining bitiruvchi sportchilari va ularning murabbiylari hamda oliygohning Farg‘ona filiali ilmiy izlanuvchilari, tadqiqotchilar, professor-oʻqituvchilar va talabalar bilan uchrashuvlar bo‘lib oʻtdi.

Batafsil

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xizmat_safari

Universitetga jalb etilgan xorijlik professorlarning yurtimizdagi sport ta‘lim muassasalari faoliyati va ularning moddiy-texnik bazasi bilan tanishuvi davom etmoqda…

🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov hamrohligida universitetga jalb qilingan Pekin sport universiteti professori Yang Binsheng yurtimizdagi sport ta‘lim muassasalaridagi o‘quv mashg'ulot jarayonlari bilan tanishuvi davom etmoqda.

🏢Bugun, 24-aprel kuni vakillarimiz Namangan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘lib, u yerda sportchilarga yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik baza va o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

✔️Tanishuv jarayonida sportchi yoshlar bilan suhbatlashildi. Suhbatda rektor tomonidan markazning 79 nafar bitiruvchi yoshlariga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida o‘qishni davom ettirish taklifi bildirildi.

📍Xizmat safarining keyingi manzili Andijon viloyati.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#xizmat_safari

🏬Universitetga jalb etilgan xorijlik professorlarning yurtimizdagi sport ta‘lim muassasalari faoliyati va ularning moddiy-texnik bazasi bilan tanishuvi davom etmoqda…

🗓Avval xabar berganimizdek, bugun, 24-aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov hamrohligida universitetga jalb qilingan Pekin sport universiteti professori Yang Binsheng Namangan viloyatidagi sport inshootlari bilan tanishgandi.

📝Kunning ikkinchi yarimida vakillarimiz Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘lib, u yerda erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida ishtirok etdi. Ushbu markazdagi og‘ir atletika zalini ko‘zdan kechirib, boks bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi vakillari hamda Andijon viloyati bokschilarning qo‘shma mashg‘ulotlarini kuzatishdi.

Batafsil

📍Vakillarimizning ertangi manzili Farg‘ona viloyati.

👇Bizni kuzatib boring.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#xizmat_safari

📌Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi Oliy va professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Muqum Arziqulov hamda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov Farg‘ona viloyatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

📍Tashrifning dastlabki manzili Universitetning Farg‘ona filiali bo‘lib, bu yerda yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari adolatli, xolis va shaffof tarzda o‘tkazilishi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.

✔️O‘rganishlar davomida Yakuniy davlat attestatsiyasi hay’at a’zolariga rektor Rashid Matkarimov tomonidan korrupsiya va uyushgan jinoyatchilik jamiyatimiz uchun naqadar xavfli illatligi va unga qarshi kurash hozirgi kunning muhim vazifalaridan ekanligi tushuntirib o‘tildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xizmat_safari

🏢Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi Oliy va professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Muqum Arziqulov hamda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov Universitetning Farg‘ona filialida bo‘lib turibdi.

🗂Filialga tashrif davomida “Qabul-2024” jarayonlari bilan ham tanishildi. Qabul komissiyasi a’zolari va “Call center” xizmati mutaxassislari bilan suhbatlashildi, ularga “Qabul-2024” jarayonlarini adolatli, xolis va shaffof tarzda o‘tkazish yuzasidan zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng rektor Rashid Matkarimov filial talabalari bilan suhbatlashib ularni qiynayotgan muammolar, orzu va maqsadlari, sportning sir-asrorlari haqida suhbatlashdi. Sportchi talabalarga oldindagi katta musobaqalarda zafar va g‘alabalar tiladi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xizmat_safari

📢 O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi Oliy va professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Muqum Arziqulov hamda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimovning Farg‘ona viloyati bo‘ylab safari davom etmoqda.

📌Tashrifning keyingi manzili Farg‘ona viloyati sport boshqarmasi boldi.

Safar davomida boshqarma ma'muriyati joylashgan hududdagi sport inshootlari va uning moddiy-texnik bazasi bilan tanishildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xizmat_safari

🏆Universitet professor-o‘qituvchilari Qozog‘iston Milliy universitetida xizmat safarida bo‘lishdi

📆Joriy yilning 3-6 noyabr kunlari universitetning Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Jamshid Umarov, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professori-o‘qituvchisi Burxon Jahongirov hamda Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi professori Shuxratulla Allamuratovlar sport sohasidagi ilmiy-amaliy yutuqlar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish maqsadida Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetida xizmat safarida bo‘ldilar.

Batafsil: https://jtsu.uz/uz/e/blog/3661-universitet-professor-o-qituvchilari-qozog-iston-milliy-universitetida-xizmat-safarida-bo-lishdi

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#Xizmat_safari

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Shukurjon Gaziyev, kafedra mudiri Sulton Dauletmuratov, professor-o‘qituvchilar Fikret Kerimov, Olga Goncharova va Otabek Xasanovdan iborat delegatsiya vakillari 14-15-noyabr kunlari Belorus davlatining Minsk shahrida “Zamonaviy sportning qadriyatlari, an'analari va yangiliklari” mavzusida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etmoqda.

Vakillarimiz safar davomida Belarus Olimpiya Akademiyasi Raisi N.V.Aponchuk bilan uchrashdi. Unda xalqaro hamkorlikning sport va olimpizmni rivojlantirishdagi o‘rni hamda xalqaro aloqalarning ahamiyati hususida so‘z bordi. Shuningdek, vakillarimiz Belarus Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasining shtab-kvartirasidagi muzey ko‘rgazmasiga ekskursiya uyushtirdi. Unda Belarusning olimpiyachilar harakati tarixi va sportchilarning xalqaro arenada erishgan yutuqlari bilan tanishdilar.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xizmat_safari

Koreya bilan hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda!

✈️Ayni kunlarda Universitet prorektori J.Zarifbayev va kafedra mudiri H.Hakimov, hamda rektor maslahatchisi Baek Mun-jongdan iborat delegatsiya Janubiy Koreya davlatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Dastlab vakillarimiz Kyundong sport universitetiga tashrif buyurdi. Universitetning o‘quv jarayonlari sportchilar tayyorlash tizimi o‘rganildi.

📝Shundan so‘ng universitet prezidenti janob Son Yon Chun bilan ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandum imzolandi.

📌Delegatsiyamizning Janubiy Koreya davlatidagi xizmat safari davom etmoqda.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#xizmat_safari

🏆O‘zDJTSU Koreyadagi Butunjahon Taekvondo Federatsiyasi – Kukkiwon bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti delegatsiyasi vakillari Janubiy Koreyada xizmat safarida bo‘lib qaytishdi. Xususan, vakillarimiz 21-noyabr kuni navbatdagi tashrif bilan dunyodagi eng yirik Taekvondo Federatsiyasi – Kukkiwonda bo‘lishdi.

Batafsil

🇷🇺На русском
🇺🇸In English

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#xizmat_safari

🏆O‘zDJTSU Moldovaning nufuzli universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi!

✈️Ayni kunlarda, universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Shukurjon Gaziyev hamda universitet rektorining sport ishlari bo‘yicha maslahatchisi Georgiy Korobeynikov Moldova davlatining poytaxti Kishinyov shahrida xizmat safarida bo'lib turibdi.

Xizmat safarining bugungi, 6-dekabr kunida universitetimiz vakillari Moldova davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Viorel Dorgan bilan uchrashdi.

📍Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va birgalikda qo‘shma ta’lim dasturlari, xalqaro ilmiy loyihalarni tashkil etish, olimlarni malaka oshirishga xorijga yuborish, iqtidorli talabalarni o‘zaro ilmiy faoliyatga keng jalb etish kabi masalalar muhokama qilinib, yakunda oliygohlar o‘rtasida hamkorlik MEMORANDUMI imzolandi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xizmat_safari

🏆O‘zDJTSU delegatsiyasining Moldovadagi
xizmat safari davom etmoqda

✈️Xabar berganimizdek, shu kunlarda, universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Shukurjon Gaziyev hamda universitet rektorining sport ishlari bo‘yicha maslahatchisi Georgiy Korobeynikov Moldova davlatining poytaxti Kishinyov shahrida xizmat safarida bo'lib turibdi.

Xususan, 7-dekabr kuni universitetimiz vakillari Moldovaning yana bir nufuzli oliy ta’lim muassasasi Kamrat davlat universitetiga tashrif buyurishdi va oliygoh rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Batafsil: https://jtsu.uz/uz/e/blog/3772-o-zdjtsu-delegatsiyasining-moldovadagi-xizmat-safari-davom-etmoqda

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xizmat_safari

🇺🇿O‘zDJTSU rektori Rashid Matkarimov boshchiligidagi delegatsiya Qozog‘iston Respublikasi Olmata shahrida ✈️xizmat safarida bo‘lib turibdi.

🇰🇿Joriy yilning 17-18 dekabr kunlari Olmata shahrida Qozog‘iston davlat turizm va sport akademiyasining 80-yilligiga bag'ishlangan “Olimpiya sporti va sport hamma uchun” mavzusidagi XXVIII xalqaro ilmiy kongress o‘tkazilmoqda.

Mazkur ilmiy kongressda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov boshchiligida, professor Fikrat Kerimov, bo'limi boshlig‘i Rashid Burnashev, dotsent Olga Goncharovadan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda.

👉Batafsil: https://jtsu.uz/uz/e/blog/3803-o-zdjtsu-rektori-rashid-matkarimov-boshchiligidagi-delegatsiya-qozog-iston-respublikasi-olmata-shahrida-xizmat-safarida-bo-lib-turibdi

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xizmat_safari

🏆O‘zDJTSU delegatsiyasining Qozog‘iston Respublikasi Olmata shahridagi ✈️xizmat safari davom etmoqda.

Xususan, 17-dekabr kuni Qozog'iston sport va turizm akademiyasi, Jismoniy tarbiya va sport universitetlar xalqaro assotsiatsiya prezidenti Kayrat Zakiryanov tomonidan xalqaro Kongressning yalpi majlisi ochib berildi.

📊Bugun, 18-dekabr kuni mazkur yalpi majlis o‘z ishini 4 ta sho‘balarga bo‘lingan holda davom ettirib, 10 dan ortiq xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlaridan tashrif buyurgan mutaxassislar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashmoqda.

📍Ahamiyatli jihati, ularning qatorida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedra dotsenti Nailya Svetlichnaya ham "Adaptiv jismoniy tarbiya va sportning psixologik jihatlari" mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etmoqda.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xizmat_safari

🏆O‘zDJTSU Turkiyaning yana bir nufuzli oliygohi bilan hamkorlik o‘rnatdi!

🇺🇿O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Jasur Zarifbayev 🇹🇷Turkiya Respublikasidagi xizmat safarini davom ettirmoqda.

📆Vakilimiz, 19-dekabr kuni Izmir viloyatining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblangan Ege universitetida bo‘lib, oliygoh rektori, professor Mehmet Ersan bilan uchrashdi.

🤝Uchrashuv davomida tomonlar ikki universitet o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy dastur va tadqiqotlarni rivojlantirish, ta'lim sifatini oshirish maqsadida ta'lim tizimlari va metodologiyalarini o‘rganish hamda joriy qilish yuzasidan fikrlar almashib, o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladilar. Yakunda o‘rnatilgan hamkorlik doirasida kelgusidagi maqsad va rejalar belgilab olindi.

📍Eslatib o'tamiz, universitetimiz vakiliga safar davomida O‘zbekistonning Bursadagi Faxriy Konsuli Ali Baklan hamrohlik qilmoqda.


https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#xizmat_safari

🏆O‘zDJTSU Turkiyaning Kirkkale universiteti bilan xalqaro aloqalarni o‘rnatdi!

🇺🇿Xabar berganimizdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Jasur Zarifbayev 🇹🇷Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

📆Vakilimiz, 23-dekabr kuni Turkiyaning Kirkkale universitetiga tashrif buyurib, oliygoh rektori, professor Mehmet Bashalan bilan uchrashdi.

🤝Uchrashuv davomida tomonlar ikki universitet o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy dastur va tadqiqotlarni rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan xalqaro loyihalar ishlab chiqish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi. Shuningdek, universitet prorektori J.Zarifboyev tomonidan oliygohimiz haqida umumiy ma’lumot berilib, ikki universitet o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook