UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
7K subscribers
18.6K photos
1.49K videos
257 files
8.49K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#talaba_yutuqlari

🏆Karate WKC: universitet talabalari Jahon chempionati g‘oliblari safida!

🥋2024-yil 1-6 noyabr kunlari Toshkent shahrining JAR sport majmuasida sportning karate WKC turi bo'yicha kattalar o'rtasida Jahon chempionati o‘tkazildi.

🌟Quvonarlisi, mazkur jahon chempionatida universitetimizning Jangovar yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari ham munosib ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olidi. Jumladan, Boburmirzo Nosirov jamoaviy va yakka kata bahslarida 🥇1-o'rinni, Aslbek Risqulov esa jamoaviy kata bahsida 🥇g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Javohir Yo'ldoshev karatening kumite bahsida -70 kg vazn toifasida faxrli 🥈2-o'rinni, Muhammadjafar Jalolov -65 kg vaznda 🥉3-o'rinni egalladi!

📍Ahamiyatlisi, kafedra yosh o‘qituvchisi Nodira Mamadaliyeva ham chempionatda o‘z mahoratini namoyon etib, 🥇1-oʻrinni band qildi.

👏Ustoz va talabalarimizga g‘alaba muborak bo‘lsin!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xizmat_safari

🏆Universitet professor-o‘qituvchilari Qozog‘iston Milliy universitetida xizmat safarida bo‘lishdi

📆Joriy yilning 3-6 noyabr kunlari universitetning Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Jamshid Umarov, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professori-o‘qituvchisi Burxon Jahongirov hamda Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi professori Shuxratulla Allamuratovlar sport sohasidagi ilmiy-amaliy yutuqlar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish maqsadida Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetida xizmat safarida bo‘ldilar.

Batafsil: https://jtsu.uz/uz/e/blog/3661-universitet-professor-o-qituvchilari-qozog-iston-milliy-universitetida-xizmat-safarida-bo-lishdi

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#ochiq_birinchilik

🏆OʻzDJTSUda sport turlari boʻyicha Universitet ochiq birinchiligi musobaqalari boʻlib oʻtmoqda

Ayni kunlarda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining barcha kafedralari kesimida sport turlari boʻyicha yangi iqtidor egalarini kashf etish hamda universitet terma jamoasini tizimli ravishda shakllantirishga xizmat qilayotgan yirik tarkibdagi musobaqalar tashkil qilib kelinmoqda.

🎿🔫Xususan, bugun, 7-noyabr kuni Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan biatlon sport turi boʻyicha kafedralararo Universitet ochiq birinchiligi oʻtkazildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Dilbar Saidova - Mehr (hikoya)
Dilbar Saidova
Audio nomi: Mehr
✏️ Janr: hikoya
🎼 Qismlar soni: 1 ta
🎰 Hajmi: 2 mb
👤 Muallif: Dilbar Saidova

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM