UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.95K subscribers
19.3K photos
1.52K videos
260 files
8.67K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#stol_tennisi #besh_tashabbus_olimpiadasi

E’LON! E’LON! E’LON‼️

🧑‍🎓👩‍🎓Stol tennisi sport turiga qiziquvchi barcha universitetimiz talabalari diqqatiga!

🏓Sizlarni joriy yilning 18-19 oktabr kunlari universitetning Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan o'tkaziladigan stol tennisi bo'yicha talabalar o‘rtasidagi "Besh Tashabbus olimpiadasi" kafedralararo musobaqasiga taklif qilamiz.

🏆Musobaqa g‘olib va sovrindorlari universitet Sport klubi hamda kafedra tomonidan munosib taqdirlanadi.

📝Ishtirokchilar o‘z arizalarini 17-oktabr kuni soat 17:00 ga qadar Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasiga topshirishlari shart.

🏢Musobaqa joyi: Universitet sport majmuasi (manej).

☎️Murojaat uchun telefon.: +998943325196, @iqbol_nematullayev

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#MatchDay Oʻyin kuni

🇺🇿🇦🇪O‘zbekiston-BAA: jahon chempionati sari yana bir o‘yin!

⚽️Bugun 15-oktabr kuni soat 19:00 da barcha sport jamoatchiligining eʼtibori yana "Bunyodkor" stadioniga qaratiladi. Unda JCH-2026 Osiyo qit’asi guruh bosqichining 4-turida O‘zbekiston - BAA terma jamoalari kuch sinashadi.

Mazkur uchrashuv oldidan terma jamoamiz 7 ochko bilan to‘plar nisbatiga ko‘ra, “A” guruhida peshqadam bo‘lib turibdi. Xuddi shuningdek, Eron terma jamoasi ham 7 ochkoga ega. Terma jamoamiz bilan bahs olib boradigan BAA vakillarida esa 4 ochko mavjud.

📍Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston – BAA uchrashuvidan tashqari 4-tur doirasida Dubay shahrida Eron — Qatar “dueli” va Bishkek shahrida Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi KXDR vakillari bilan ro‘baro‘ keladi.

👍Olg‘a, O‘zbekiston futbolchilari!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👩‍🔧15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni

💐Mehr-oqibat hamda vafo timsoli bo‘lgan mehnatkash qishloq ayollari, bayramingiz muborak bo‘lsin!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Shaxmat: Abdusattorov “WR Chess Masters-2024”ning 1/4 bosqichiga ko‘tarildi!

🇬🇧Buyuk Britaniyaning London shahrida shaxmat bo‘yicha boshlangan “WR Chess Masters-2024” turnirining bu yilgi musobaqalarida dunyoning 16 nafar mahoratli grossmeysteri qatorida 🇺🇿hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham g‘oliblik uchun kurash olib borishmoqda.

📆Bugun, 15-oktabr kuni “WR Chess Masters-2024” turnirining 1/4 bosqichidagi bahsda Nodirbek Abdusattorov fransiyalik Maksim Vashe-Lagrav bilan bahs olib borsa, Erigaisi Arjun-Gudjarat Vidit, Vishvanatan Anand-Rameshbabu Praggnanandha, Alireza Firuzja- Raunak Sadvani o‘z omadini sinovdan o‘tkazadi.

📍Eslatib o‘tamiz, mukofot jamg‘armasi 58 ming yevrodan iborat “WR Chess Masters-2024” tuniri 18-oktabrga qadar davom etadi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Forwarded from UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#saylov_2024

🇺🇿2024-yil 27-oktabr kuni mamalakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi bo‘lib o‘tadi.


Yurt taraqqiyoti va rivojiga befarq bo‘lmagan barchani 27-oktabr kuni O‘zbekistondagi muhim siyosiy jarayon parlament saylovlarida faol bo‘lishga chorlab qolamiz.

‼️Unutmang, sizning ovozingiz – muhim!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
‼️DIQQAT E’LON!‼️

👨‍🎓👩‍🎓Hurmatli sportchilar oilasi talaba-yoshlari!

🤼‍♂️Sizlarni 2024-yil 19-oktabr kuni soat 10:00 da O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Manej kurash zalida bo'lib o'tadigan erkin kurash bo'yicha Kafedra ochiq birinchiligi musobaqasiga taklif etamiz.

Ushbu musobaqada barcha yo‘nalish talabalari ishtirok etishlari mumkin. Vazn o'lchash marosimi 18-oktabr kuni soat 15:30 dan 17:00 ga qadar "Manej" zalida bo'lib o'tadi. Bahslar quyidagi vazn toifalarida o‘tkaziladi: 57 kg, 65 kg, 70 kg, 74 kg, +86 kg.

📝Sport jamoalari esa talabnomalarni 18-oktabr kuni 15:00 ga qadar topshirishlari lozim.

Musobaqa tashkilotchisi: Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi.

📞Murojaat uchun telefon: +99894 405-67-25

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#hamkorlik

🧑‍🎓Ilmiy izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!

Joriy yilning 14-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitet Axborot-resurs markazi hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti o‘rtasida magistrantlar, doktorantlar va ilmiy izlanuvchilarning Axborot-resurs markazi resurslaridan to‘laqonli foydalana olish imkonini yaratish, shuningdek, ularni ilmiy tadqiqotlariga oid zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘lib borishlarini ta’minlash maqsadida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

🤝Hamkorlik doirasida tomonlar o‘rtasida kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli reja va maqsadlar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#tashrif #seminar

Litva sport universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida seminar o‘tkazildi


Bugun, 15-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Litva sport universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor Jurate Pozeriene, Strategik tadqiqotlar bo‘yicha yetakchi mutaxassis Marius Brazaitis, Sport va turizmni boshqarish bo‘limi boshlig‘i Vilija Fominiene tashrif buyurdi.

Batafsil

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Forwarded from Sport vazirligi
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 3-saralash bosqichidagi navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi

📍 JCh-2026 saralash bosqichi

🇺🇿 Oʻzbekiston 1 – 0 BAA 🇦🇪

⚽️ O.Shukurov 76’ (pen.)

Ajoyib gʻalaba! Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 3-saralash bosqichida uchinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi. BAA bilan bahs olib borgan yigitlarimiz 1:0 hisobida zafar quchishdi. Bu muvaffaqiyatdan keyin ochkolarimiz soni 10 taga yetdi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM