UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.95K subscribers
19.3K photos
1.52K videos
260 files
8.67K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#tanlov

🏆"Mehnat huquqi yoshlar nigohida" tanlovi o'tkazildi

Bugun, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygoh Kasaba uyushmasi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda talaba-yoshlar o‘rtasida “Mehnat huquqi yoshlar nigohida” Respublika tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi.

👩‍🎓Oliy ta’lim muassasalari talabalarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida xalqaro va milliy mehnat standartlarining mohiyatini targ‘ib qilish, shu orqali faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlovda universitet talabalari berilgan savollarga atroflicha javob berib, tanlovda faol ishtirok etishdi.

🗞🎁Yakunda javoblar asosida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular tanlovning Respublika bosqichiga tavsiya etildi hamda tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
🇺🇿Voleybolchilarimiz “CAVA U20 Men’s Volleyball Championship 2024” musobaqasi chempioni!

🏐Shri-Lankaning Kolombo shahrida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan “CAVA U20 Men’s Volleyball Championship 2024” musobaqasida O‘zbekiston erkaklar jamoasi 🥇oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shiddatli kechgan bahslarda hamyurtlarimiz Qirg‘iziston, Nepal, Turkmaniston, Maldiv orollari va Shri-Lanka jamoalari bilan kurash olib bordi. Final bosqichida yurtdoshlarimiz Shri-Lanka voleybolchilarini 3:1 hisobida dog‘da qoldirib, g‘oliblikni tantana qildi.

📍E’tiborlisi, turnir yakunida hamyurtlarimiz Og‘abey Haydarov “Eng yaxshi o‘yinchi”, Mirziyod Murodov “Eng yaxshi to‘p uzatuvchi”, Saidjamol Mirobidinov esa “Eng yaxshi hujumchi” nominatsiyalarida tengsiz, deb topildi.

👏💐Sportchilarimizga erishgan yutuqlari muborak bo'lsin!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#seminar

🥋Jahon karate konfederatsiyasi prezidenti ishtirokida seminar tashkil etildi

🏆Bugun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Jahon karate konfederatsiyasi (WKC/FW) prezidenti Vyacheslav Timofeyev ishtirokida oliygohning karate ixtisosligi talabalari uchun seminar boʻlib oʻtdi.

Batafsil: https://www.jtsu.uz/uz/e/blog/3518-jahon-karate-konfederatsiyasi-prezidenti-ishtirokida-seminar-tashkil-etildi

Telegram
| Instagram | You Tube | Facebook
Audio
#mutolaa_vaqti

📀 Kitob nomi: Turkiy guliston yohud axloq
👤 Muallif: Abdulla Avloniy

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook