UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.98K subscribers
18.7K photos
1.5K videos
257 files
8.51K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#universitet_hayotidan

👨‍🦽Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafederasi faoliyatidan lavhalar…

📆Joriy yilning 11-oktabr kuni Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi tyutori Muqaddas Alimboyeva kafedra talaba-qizlari bilan TTJ ichki tartib-qoidalariga rioya qilishlari, oshxona jihozlaridan ehtiyotkorona foydalanish va xonalarni ozoda tutishlari borasida tushuntirish ishlarini olib bordi.

🏐🏓🔵Shuningdek, talabalarning boʻsh vaqtlarini yanada samarali oʻtishini taʼminlash maqsadida sportning voleybol, stol tennisi hamda bochcha sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazilib, mazkur qiziqarli mashgʻulotlar talabalarga bir olam zavq bagʻishladi.

📍Maʼlumot o'rnida, bochcha aniqlikka asoslangan qadimiy sport turlaridan biri hisoblanib, 1984-yili Paralimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan. Ushbu sport turida har bir ishtirokchiga 4 tadan koptokcha beriladi va maxsus joylashtirilgan “pallino”ga qarata uloqtiriladi. Eng yaxshi natija qayd etgan sportchi g'olib bo'ladi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
Borxes mendan mengacha
@audiokitoblaruz
#mutolaa_vaqti

📀 Audio nomi: Borxes
✏️ Janr: Maqola
📔 Kitob nomi: Mendan mengacha 1
🎼 Hajmi: 21 mb
👤 Muallif: Nazar Eshonqul

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kurash #onlayn_kurs

OʻzDJTSUda kurash mutaxassislari uchun “Bir oylik intensiv onlayn kurs”ning navbatdagi oʻquv-mashgʻulotlari oʻtkazildi


Joriy yilning 12-oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xalqaro kurash instituti va Xalqaro kurash assotsiatsiyasi, Afrika Kurash Konfederatsiyasi tomonidan Afrika kurash ittifoqi tarkibidagi barcha kurash federatsiyalari mutaxassislari uchun “Bir oylik intensiv onlayn kurs” ning navbatdagi oʻquv-mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.

Seminarda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va Xalqaro kurash instituti rahbariyati va ekspertlari, professor-oʻqituvchilar, kafedra talabalari, ZOOM platformasi orqali 40 nafardan ziyod afrikalik kurash mutaxassislari hamda OAV lari vakillari ishtirok etdilar.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#davra_suhbati

Gender tenglik va jamiyatda xotin-qizlarning oʻrni

2024-yil 12-oktabr sanasida Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi Xotin-qizlar ishlari boʻyicha masʼuli Sevara Kushbakova hamda kafedra professor-oʻqituvchilari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullar, tyutor, TTJ tarbiyachilari va talaba-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

"Gender tenglik va Jamiyatda xotin-qizlarning oʻrni" mavzusida oʻtkazilgan mazkur davra suhbatida ayol-qizlarning jamiyatdagi tutgan oʻrni, ularga yaratilayotgan sharoitlar, gender tenglik asosida bugungi kunda xotin-qizlarning davlat tashkilotlarida rahbar lavozimlarda faoliyat yuritayotganlari toʻgʻrisida soʻz bordi.

Yakunda talaba-qizlar kafedrada tashkil etilayotgan "Ijtimoiy muloqot" klubining gʻoyasi hamda ish tartibi bilan tanishtirildi. Davra suhbati musiqiy chiqish bilan yakunlandi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook