#xalqaro_konferensiya
Universitet professor-oʻqituvchisi xalqaro konferensiyada taqdimot qildi
2024-yil 10-12 oktabr kunlari Ashxobod shahrida joylashgan Turkmaniston davlat jismoniy tarbiya va sport institutida olimlar, professor-oʻqituvchilar, turli tashkilot va kompaniyalar vakillari hamda yosh tadqiqotchilar ishtirokida “Sogʻliqni saqlash, taʼlim va sportda yangi davrning uygʻonishi” mavzusida Xalqaro koʻrgazma va ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Konferensiya doirasida tashkil etilgan koʻrgazmada farmatsevtika, tibbiyot buyumlari va sport jihozlarining ishlash jarayonlari namoyish etildi.
Ahamiyatlisi, ushbu xalqaro konferensiyada Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, dotsent Javlon Ishtayev ham oʻzining sport psixologiyasi va pedagogikasidagi muammolarga qaratilgan dolzarb mavzulardagi taqdimoti bilan qatnashdi hamda mahorat darslarini olib bordi.
Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

#mushoira_kechasi
✅Ham sportda ham ijodda mohir boʻlgan universitet talabalari ishtirokida mushoira kechasi tashkil etildi
🎾🏸🏓 2024-yil 11-oktabr kuni universitetning Tennis, badminton stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi oliygohning Axborot-resurs markazi bilan hamkorlikda talabalar oʻrtasida "Kitobxon talaba" loyihasi doirasida oʻzbek xalqining ardoqli shoiri, sheʼrlari yurakdan chiqib yuraklarga yetib borgan xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan mushoira kechasi oʻtkazildi.
🌜📝Mushoira davomida talabalar shoir ijodidan namunalar o‘qib, nafaqat sportga balki, adabiyotga boʻlgan mehrlari ham kuchli ekanliklarini namoyon etdilar.
📚Kecha yakunida sheʼrlarni go‘zal ohangda o‘qigan talabalar tashakkurnoma hamda badiiy kitoblar bilan taqdirlandilar.