UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
7K subscribers
18.5K photos
1.49K videos
257 files
8.44K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#xalqaro_turnir

🏃‍♂️Yengil atletika bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi


📆2024-yil 21-22 may kunlari O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Yengil atletika va biatlon kafedrasida bir necha yillar faoliyat olib borgan dotsent, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Gennadiy Arzumanov xotirasiga bag‘ishlangan yengil atletika bo‘yicha “VI Xalqaro Gennadiy Arzumanov memorial” turniri o‘tkazildi.

📌Qayd etish kerakki, 6-bor tashkil etilgan ushbu turnirda universitetimizning 19 nafar professor-o‘qituvchilari hakamlik, 100 ga yaqin talabalar volontyor bo‘lib jonbozlik ko‘rsatdilar.

Undan tashqari atletlar o‘rtasida kechgan murosasiz bahslarda 18 nafar sportchi talabalarimiz ham qatnashib, yuqori o‘rinlarni egallashdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#ogohlik

🗣Hurmatli shahrimiz fuqarolari hamda universitetimiz talaba-yoshlari diqqatiga❗️

📍Barchamizga ma’lumki, kirib kelayotgan yozning qaynoq havosi insonlar, ayniqsa bolalarning ko‘p vaqtini daryo va soy bo‘ylarida o‘tkazishga undaydi. Biroq, suzish mumkin bo‘lmagan havzalarda cho‘milish inson hayoti uchun katta xavf tug‘dirishi mumkin.

Shu sababdan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlantiradi:

suvda aholining ommaviy dam olish joylari sifatida foydalanish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lmagan kanallar, ko‘llar, yong‘inni o‘chirish uchun suv to‘ldiradigan konlar va boshqa suv havzalarida cho‘milish taqiqlanadi!

taqiqlovchi belgilar hamda “Xavfli!”, “Cho‘milish taqiqlanadi”, “Sho‘ng‘ish taqiqlanadi!” so‘zlari yozilgan maskanlarda cho‘milish va suvga sakrash taqiqlanadi!

‼️Siz jamiyatimiz uchun keraksiz, hayotingizni xavf ostiga qo'ymang!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#online #seminar

‼️E’LON

🏆Sportchilar oilasining iqtidorli talabalari!

📊 Sizlarni Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi tashabbusi joriy yilning 24-may kuni “Mirzo Ulug'bek Vorislari” tanlovi g'oliblari bilan suhbat hamda “Start Up" loyiha doirasida o‘tkaziladigan seminarga taklif etamiz.

🔰Seminarda Yoshlar akademiyasi liderlari va a'zolari hamda “Mirzo Ulug'bek Vorislari” tanlov g'oliblari ishtirok etishadi.

Vaqti: 2024-yil 24-may soat 10:00 da.
🏢O'tkaziladigan joyi: Universitet “E” bino 301-xona.

Format: Offline va Online (Zoom platformasida).

📌Zoom havolasi: https://us05web.zoom.us/j/88989239789?pwd=pZea9D8LbHT8DNQAMdJtbnhJn831xm.1

🔢Identifikator raqami: 889 8923 9789
🔃Ulanish kodi: w2piZc

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#amaliyot

🏆Universitet talabalarining tanishuv oldi amaliyot jarayonlari sport federatsiyalarida tashkil etilmoqda…

🥊Bugun, 23-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Boks, kikboks, muay tay nazariyasi va uslubiyati kafedrasi 2-bosqich talabalari professor-o‘qituvchilar hamrohligida tanishuv oldi amaliyoti doirasida O‘zbekiston boks federatsiyasida bo'lishdi.

Kafedra jamoasini O'zbekiston boks milliy terma jamoa bosh murabbiyi To'lqin Qilichev hamda Rahmatjon Ro'zioxunovlar kutib olishdi va federatsiya faoliyati bilan yaqindan tanishtirdilar.

👆Tafsilotlar yuqoridagi videolavhamizda.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#hisobot_konserti

‼️DIQQAT E’LON‼️

🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining aziz professor-o‘qituvchilari, rahbar va ishchi xodimlari hamda bilimga chanqoq talabalari diqqatiga!

🎸🎤Sizlarni joriy yilning 24-may kuni soat 18:00 da Chirchiq shahrida joylashgan “KREATIV YOSHLAR BOG'I”da bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Eng yaxshi talabalari”ni aniqlab beruvchi “Hisobot konserti”ga taklif etamiz!

Konsert dasturida siz sportchilar oilasining bir guruh eng yaxshi talabalarini turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlash marosimi shuningdek, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining iste’dodli san’at ustalari chiqishlari, sho‘x kuy-qo‘shiqlar hamda antiqa shou o‘yinlarga guvoh bo‘lasiz.

🙋‍♀️Xullas, yilning “Eng yaxshi talabalari”ni aniqlab beruvchi O‘zDJTSU “Hisobot konserti”da barchangizni kutib qolamiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Президент Шавкат Мирзиёевга спорт таълимини ривожлантириш ва халқаро мусобақаларни ўтказиш режалари бўйича ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о планах по развитию спортивного образования и проведению международных соревнований.

#Mirziyoyev #hisobot #sport #talim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
малакав.имт. - 2024-май.pdf.pdf
141.2 KB
#ilmiy_anjuman

📣EʼLON! EʼLON! EʼLON!

👩‍🎓Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mustaqil izlanuvchilar diqqatiga!

🏆Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida joriy yilning 29-may kuni13.00.04–«Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi» ixtisosligi boʻyicha Mutaxassislik fanidan malakaviy imtihon boʻlib oʻtishini maʼlum qilamiz.

Imtihon kuni va vaqti: 2024-yil 29-may soat 10:00 dan 16:00 ga qadar.

🏢Imtihon joyi: “E” bino 301-auditoriya.

👆Yuqorida malakaviy imtihon qabul qilish komissiyasi tarkibi va talabgorlar roʻyxati bilan tanishishingiz mumkin.

‼️Barcha mustaqil izlanuvchilarni imtihon kuni belgilangan vaqtda yetib kelishlarini soʻrab qolamiz!


Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#KUN_HIKMATI

Odamlar sendan qachon nafratlanadi bilasanmi? Sen ulardan kuchli ekanligingni bilib qolishganida.

©Robert Downey


Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Forwarded from Sport vazirligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_musobaqa

🚴‍♂️Joriy yilning 27-31 may kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha an’anaviy “Tour of Bostanliq” hamda “Grand prix Chorvoq criterium” xalqaro musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

🌎Ushbu nufuzli musobaqada 10 dan ortiq xorijiy davlatlardan sport jamoalari qatnashishi kutilmoqda. Shuningdek, musobaqani yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari hakam, 15 nafar talabalari esa volontyor sifatida qatnashadilar.

Undan tashqari 20 ga yaqin velosport yo‘nalishidagi sportchi talabalarimiz musobaqada ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘zaro bahslarga kirishadi.

🙋‍♀️Musobaqada ishtirok etadigan universitet jamoasiga xalqaro musobaqa davomida omad tilab qolamiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#xalqaro_turnir

🥊2024-yil 18-may kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan boks boʻyicha XALQARO OCHIQ TURNIR yakuni va taqdirlash marosimi "Nurafshon TV" telekanalining "Nurafshon xabarlari" informatsion dasturida efirga uzatildi.

👉Batafsil videolavha orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/qvuyvstwE7k?si=0YgSMskplkCQwT8q

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
🇺🇿Bu yorug‘ olamda vatan bittadir!

Bugun, 24-may kuni Toshkent harbiy okrugiga qarashli 71201-sonli harbiy qismda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikda “VATANPARVARLIK TUYGʻUSI HAYOTIMIZNING MAʼNAVIY ASOSIʼʼ mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston davlat jismoniy va sport universiteti Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshligʻi Ibrohim Sarimsoqov, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat boʻlimi metodisti Xislat Xolmurodov hamda oliygoh talabalari va harbiylar ishtirok etishdi.

📍Tadbirda VATANPARVARLIK asrlar davomida maʼlum va mashhur tamoyil boʻlib, u insonning oʻz Vataniga muhabbatini, uni asrab-avaylashga boʻlgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushuncha ekanligi va eng muhimi yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash esa hech qachon oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan masala bo‘lib qolishi to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook