UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.99K subscribers
17.9K photos
1.46K videos
255 files
8.24K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#davra_suhbati

📚Kitobxonlik – oiladan boshlanadi!

2024-yil 4-aprel kuni universitetning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi va xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassislari, Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchilari, Anatomiya va fiziologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talaba-qizlar ishtirokida “Kitobxon onadan – kitobxon bola” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Suhbat davomida kitobning bola tarbiyasidagi o‘rni, ona qancha ko‘p kitob mutolaa qilsa bola shuncha kitobxon bo‘lishi haqida fikr-mulohazalar bildirilib, tadbir qatnashchilari oila davrasida oʻqigan kitoblarining maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati va ularda ilgari surilgan gʻoyalari xususida o‘rtoqlashdilar.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#davra_suhbati

Zamonamiz qahramonlari bilan uchrashuv!

🧑‍✈️Bugun, 18-aprel kuni Chirchiq shahrida joylashgan 08366-sonli harbiy qismda universitetimizning Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish hamda Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedralari professor-o‘qituvchilari, tyutorlari, talabalar va harbiylar ishtirokida “Zamonamiz qahramonlari bilan uchrashuv!” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Talaba-yoshlarda yurtga sadoqat, mardlik va jasurlik fazilatlarini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan mazkur tadbirda Vatanni madh etuvchi ijod namunalari tinglandi. Shuningdek, universitet vakillari bilan harbiylar o‘rtasida tashkil etilgan shaxmat sport turidan o‘yinlar ham tadbirning yanada ko‘tarinki ruhda o‘tishiga xizmat qildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#davra_suhbati

Qizlar odobi bilan go‘zal!

Joriy yilning 25-aprel kuni universitet Odob-axloq komissiya aʼzolari Dilnoza Ismoilova, Gulshoda Avezova hamda Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi Shirin Aliyevalar ishtirokida talabalar turar joyida turuvchi talaba- qizlar bilan "Qizlar odobi bilan goʻzal" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida har bir qiz uchun, avvalo, odob-axloq, xushfe’llik muhimligi va axloqning nozik tomonlariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, talaba- qizlarga internetdan toʻgʻri foydalanish, kitobxonlik madaniyati hamda turar joyda belgilangan eng muhim tartib – ozodalikka rioya etish boʻyicha eslatmalar berildi.

O‘z navbatida, talaba-qizlar tomonidan yo‘llangan savollarga batafsil javob qaytarildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#amaliyot #davra_suhbati

🧑‍🎓Talabalar malakaviy ishlab chiqarish amaliyotiga jalb qilinmoqda…

✔️Joriy yilning 11-may sanasida universitetning Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi masʼullari hamda 2-bosqich talabalari ishtirokida, talabalarining malakaviy ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qilish yuzasidan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

📌Suhbat davomida kafedra mudiri Komil Ziyadullayev va kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan talabalarga amaliyot jarayonida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar hamda amaliyot kundaligini kunlik yuritish yuzasidan zaruriy koʻrsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#lider_qizlar_klubi #davra_suhbati

Sportchilar oilasida “Lider qizlar klubi” faoliyati yo‘lga qo’yildi

Joriy yilning 15-may kuni universitet Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi mas’ullari, ayol professor-o‘qituvchilar hamda bir guruh faol talaba-qizlar ishtirokida universitetda “Lider qizlar klubi” faoliyatini tashkil etish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

Unda “Lider qizlar klubi” faoliyatini tashkil etish yuzasidan namunaviy Nizom ko‘rib chiqilib, oliygohning “Lider qizlar klubi” Nizomi loyihasi ishlab chiqildi. Shuningdek, mas’ullar tomonidan klubning maqsad va vazifalari haqida kerakli ma’lumotlar berildi.

Shu o‘rinda universitet faxri bo‘lgan, xalqaro toifadagi hakam, xalqaro sport loyihalari tarjimoni, marhum Xonzodaxon Jamolovaning yutuqlari talabа-qizlarga o‘rnak qilib ko‘rsatildi va uning xotirasiga yaxshi so‘zlar aytildi.

Ma’lumot o‘rnida, Xonzodaxon Jamalova tashabbusi bilan respublikamizning ko‘plab viloyatlarida “Lider qizlar” loyihasi amalga oshirilgan.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#davra_suhbati

Talaba-qizlar bilan dolzarb mavzularda davra suhbati tashkil etildi

Bugun, 11-oktabr kuni universitetning Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Tibbiy-biologik kafedrasining ayol professor-oʻqituvchilari hamkorlikda talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar bilan “Sogʻlom turmush tarzi” va “Erta turmushning salbiy oqibatlari” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda professor-o‘qituvchilar tomonidan sog‘lom turmush tarzining naqadar muhimligi, reproduktiv salomatlik, qizlarni oila qurishga tayyorlash va ularning tibbiy madaniyatini oshirish, shuningdek, nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishning afzalliklari, erta oila qurishning salbiy oqibatlari, ayrim xastaliklarning kelib chiqish sabablari yuzasidan talaba-qizlarga tibbiy-psixologik maslahatlar berildi.

Suhbat yakunida savol-javoblar o‘tkazilib, talaba-qizlarga xonalarni ozoda tutish va hamisha kun tartibiga rioya qilib borish eslatib o‘tildi.

Telegram
| Instagram | You Tube | Facebook
#davra_suhbati

Ilmli qiz – millat koʻzgusi!

👩‍🎓Joriy yilning 11-oktabr kuni universitetda Xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimi masʼullari tashabbusi bilan 11-oktabr – Xalqaro qizlar kuniga bagʻishlab “Sening tashabbusing – sening kelajaging” shiori ostida “Ilmli qiz – millat koʻzgusi” deb nomlangan davra suhbati tashkil etildi.

Batafsil

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#davra_suhbati

Gender tenglik va jamiyatda xotin-qizlarning oʻrni

2024-yil 12-oktabr sanasida Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi Xotin-qizlar ishlari boʻyicha masʼuli Sevara Kushbakova hamda kafedra professor-oʻqituvchilari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullar, tyutor, TTJ tarbiyachilari va talaba-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

"Gender tenglik va Jamiyatda xotin-qizlarning oʻrni" mavzusida oʻtkazilgan mazkur davra suhbatida ayol-qizlarning jamiyatdagi tutgan oʻrni, ularga yaratilayotgan sharoitlar, gender tenglik asosida bugungi kunda xotin-qizlarning davlat tashkilotlarida rahbar lavozimlarda faoliyat yuritayotganlari toʻgʻrisida soʻz bordi.

Yakunda talaba-qizlar kafedrada tashkil etilayotgan "Ijtimoiy muloqot" klubining gʻoyasi hamda ish tartibi bilan tanishtirildi. Davra suhbati musiqiy chiqish bilan yakunlandi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#davra_suhbati

Biz sog‘lom turmush tarzini tanlaymiz!

🏆2024-yil 17-oktabr kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Toshkent viloyati OITSga qarshi kurash markazi hamda Chirchiq shahar Jinoyat qidiruv bo‘limi bilan hamkorlikda “Biz sog‘lom turmush tarzini tanlaymiz” shiori ostida giyohvandlik va narkomaniyaga qarshi kurash bo'yicha davra suhbati o'tkazildi.

Batafsil: https://www.jtsu.uz/uz/e/blog/3540-biz-sog-lom-turmush-tarzini-tanlaymiz

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#davra_suhbati

Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili

🏆Joriy yilning 17-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Chirchiq shahar bo‘limi hamda Chirchiq shahar Amir o‘g‘li Xasanboy Jome masjidi xodimlari ishtirokida “Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#davra_suhbati

👩‍🎓Talaba-qizlar bilan "VAQT QADRI" mavzusida qiziqarli davra suhbati boʻlib oʻtdi

2024-yil 18-oktabr kuni universitetning Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Baxrom Musayev, kafedra professor-oʻqituvchilari, Yoshlar ittifoqi raisi, tyutorlar hamda talaba-qizlar ishtirokida “Vaqt qadri” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

📍Suhbatda oltindan ham qadrli narsa bu – vaqt ekanligi, har bir inson umrining barcha soatlari, hatto daqiqalarini foydali va sogʻliqqa muvofiq mashgʻulotlar bilan toʻldirishi zarurligi borasida qimmatli fikrlar bildirildi.

Shu bilan birga, hozirgi kunda ayrim yoshlar asosiy vaqtlarini telefon va ijtimoiy tarmoqlar orqali befoyda muloqotlar hamda turli saviyasi past koʻngilochar tasvirlarni koʻrishga sarflashayotgani alohida taʼkidlanib, talaba-qizlarga vaqtni toʻgʻri rejalashtirish va uni kerakli narsalarga sarflash boʻyicha maslahatlar berildi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#davra_suhbati

✔️Kiberjinoyatchilikni oldini olish boʻyicha
davra suhbati boʻlib oʻtdi

🏆Bugun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Chirchiq shahar IIB JQB Kiberxavfsizlik bo‘linmasi katta tezkor vakili leytenant Jasurbek Sobirjanov, universitetning Ogʻir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Xamro Xakimov, profilaktika inspektori Nodir Agabekov hamda kafedra professor-oʻqituvchilari, tyutorlar va talabalar oʻrtasida kliberjinoyatchilikni oldini olish boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi.

📍Suhbat jarayonida talabalarga ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri foydalanish, shuningdek, bugungi kunda dolzarb muammolardan biriga aylangan – kiberjinoyatlar va ularga qarshi kurashish, turli kiberoʻyinlarining talaba-yoshlarga salbiy taʼsiri toʻgʻrisida tushunchalar berildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#davra_suhbati

🚷
Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!

📆2024-yil 21-oktabr kuni universitetning Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Dilnoza Ismoilova, Jismoniy tarbiya sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi xotin-qizlar bo‘yicha mas’uli Sevara Kushbakova, oliygoh xotin-qizlar inspektori Madina Ro'zimurodova hamda talaba-qizlar o‘rtasida “Biz zo‘ravonlikka qarshimisiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida mamlakatimizda xotin-qizlarga nisbatan tahdid, tazyiq va zo‘ravonlik holatlari oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ulardan ko‘zlangan maqsad ayollarning haq-huquqlari poymol etilishiga barham berish, gender tengligini ta’minlash ekanligi hayotiy misollar yordamida tushuntirildi.

📍Tadbir yakunida talaba-qizlarning mavzu yuzasidan savollariga batafsil javoblar berildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#davra_suhbati

2024-yil 25-oktabr kuni universitetning Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisi maslahatchisi Anvar Mirsakulov o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.

"Inklyuziv talim, inklyuziv sport-amaliyotda" mavzusida bo‘lib o‘tgan ushbu davra suhbati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi "Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan vazifalarni ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etildi.

Suhbat davomida qo‘mita vakili tomonidan inklyuziv talim tushunchasi va bugungi kunda alohida ta’limga ehtiyoji boʻlgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida kerakli ma’lumotlar berildi.

Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook