UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.99K subscribers
17.9K photos
1.46K videos
255 files
8.26K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#universitet_hayotidan

🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Chirchiq shahar hokimligi bilan birgalikda bir qator muhim yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik qilib kelmoqda.

Xususan, universitet tomonidan Chirchiq shahridagi aholi, jumladan yoshlarni sportga keng jalb qilish, mazkur hudud fuqarolarini bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillariga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda.

📍Joriy yilning 28-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida rektor Rashid Matkarimov boshchiligidagi mas’ullar hamda Chirchiq shahar hokimligi vakillari ishtirokida yuqoridagi masalalar ijrosiga qaratilgan navbatdagi uchrashuv tashkil etilib, unda hamkorlik aloqalarini yanada jonlantirish, oldinda turgan ustuvor vazifalarni bajarish va mavjud muammolar yechimi bo‘yicha kelishib olindi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan

🏆O'zDJTSUda ortda qolayotgan hafta davomida bir qator kafedralar tomonidan turli mavzularda tadbirlar tashkil etildi. Jumladan:

🏀🏐Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talaba-qizlariga “Stress alomatlari, turlari, sabablari, davolash va oldini olish” mavzusida psixologik trening bo‘lib o‘tdi.

📊Jismoniy tarbiya sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi xotin-qizlar mas’uli va professor-o'qituvchilari tashabbusi bilan 1 dekabr – OITSga qarshi kurash kuniga bag‘ishlab talaba-qizlar ishtirokida "Biz- sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz" mavzusida davra suhbati hamda “Xon atlas” haftaligi doirasida chellenjlar o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#UNIVERSITET_HAYOTIDAN

👩‍🎓Universitet talaba-qizlari ishtirokida davra suhbatlari tashkil qilindi

Joriy yilning 29-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i Dilnoza Ismailova hamda barcha kafedralarning xotin-qizlar bo‘yicha mas’ullari tomonidan 25 noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan talaba-qizlar o‘rtasida davra suhbatlari tashkil etildi.

👉Batafsil: https://jtsu.uz/uz/e/blog/3728-universitet-talaba-qizlari-ishtirokida-davra-suhbatlari-tashkil-qilindi

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#UNIVERSITET_HAYOTIDAN

Pahlavon Mahmud – ulug' shoir, mutafakkir, faylasuf va pahlavonlar peshvosidir!


Bugun, 2-dekabr kuni universitetning Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Pahlavon Mahmud tavalludining 777 yilligi munosabati bilan talabalar ishtirokida suhbat tashkil qilindi.

Suhbat davomida kafedra professor-o‘qituvchilari talabalarga mazmunan boy va teran, shaklan pishiq va go‘zal falsafiy ruboiylari tufayli “Xorazm Xayyomi” nomi bilan shuhrat qozongan, Puryorvaliy deb dovrug‘ taratgan hassos shoir Pahlavon Mahmud haqida qiziqarli ma’lumotlarni berdilar. Undan tashqari Pahlavon Mahmud Eron, Hind kabi ko‘plab Sharq mamlakatlaridagi kurash musobaqalarida qatnashib, hamisha zafar quchgani, bir umr kuragi yerga tegmay, mamlakatning birinchi polvoni, pahlavonlar peshvosi bo‘lganligi alohida qayd etildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan
#stop_korrupsiya
#chellenj

Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tashkil etilgan chellenj nihoyalab bormoqda…

🤛Chellenjning navbatdagi sonidan Jangavor yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi oʻrin oldi.

⬆️Yuqorida kafedra talabalarining korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabati aks etgan fotolavhani tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan
#profilaktik_tadbir

🏆UNIVERSITETDA “YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA TADBIR TASHKIL ETILDI

🔥Xabaringiz bor, mamlakatimiz bo‘ylab favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha “Yong‘in xavfsizligi oyligi” e’lon qilingan.

⚽️Shu munosabat bilan, bugun, 3-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi mutaxassislari hamkorligida “Yong‘in havfsizligi oyligi” doirasida futbol yo‘nalishi talabalari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

📍Tadbir davomida bo‘lim mutaxassilari talabalarga yong‘inlar va favqulodda vaziyatlarni oldini olish, texnika xavfsizligi qoidalari, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish va yong‘in sodir bo‘lganda harakatlanish tartib-qoidalari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdilar.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#UNIVERSITET_HAYOTIDAN

🏆Kafedralar faoliyatidan lavhalar…


🤼Joriy yilning 2-dekabr kuni universitetning Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mas’ullari tyutorlar bilan birgalikda ijara uylarida istiqomat qiladigan talabalar holidan xabar olib, ularning yashash sharoitini o‘rganishdi. Shuningdek, kurashchi talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida futbol sport turidan musobaqa tashkil etildi.

3-dekabr kuni Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalarining huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan tyutor va o‘qituvchilar tomonidan “Zakovat” intellektual o'yini tashkil etildi.

💼Shuningdek, ushbu sanada Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi talabalari bilan 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlab davra suhbati o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#UNIVERSITET_HAYOTIDAN

👩‍🎓
Talabalar ishtirokida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida tadbirlar o‘tkazildi

🤼Bugun, 4-dekabr kuni universitetning Milliy Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi ustoz-murabbiylari, oliygoh profilaktika inspektori hamda tyutorlar ishtirokida talaba-yoshlar orasida 💊🩸giyohvandlik, jinoyatchilik va psixotrop modalarni qabul qilish, ularning oldi-sotdi jarayonlari oldini olishga bag‘ishlangan profilaktik tadbir tashkil etildi.

⚽️Shuningdek, Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan 💉"BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ” shiori ostida chellenj bo'lib o'tdi. Mazkur chellenj talabalarni giyohvandlikka qarshi kurash borasida o‘zaro birlashish va doimo sog‘lom hayot tarafdori bo‘lishga chorladi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#UNIVERSITET_HAYOTIDAN

🏃‍♂️🏃🏻‍♀️Sog‘lom turmush – sog‘lom hayot!

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Tibbiy-sanitariya bo‘limi tashabbusi bilan talaba-qizlar ishtirokida “Sog‘lom turmush – sog‘lom hayot” mavzusida tadbir tashkil qilindi.

✔️Unda universitet Tibbiy-sanitariya bo‘limi boshlig‘i Oydinoy Xudoyqulova, Toshkent viloyati Chirchiq shahar Sanepidiomologiya bo‘limi osoyishtalikni saqlash markazi mutaxassisi Malika Sultonova, Toshkent Tibbiyot akademiyasi bolalar kasalliklari propedivtikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Zulfiya Raxmatova, universitet Xotin-qizlar bo‘limi mas’ullari va talaba-qizlar ishtirok etishdi.

Batafsil

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan

🧑‍🎓👩‍🎓Talabalar bilan individual tarzda suhbatlar olib borilmoqda…

🏓🏸💻2024-yil 4-dekabr kuni universitetning Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati hamda Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedralari mudirlari, xotin-qizlar bo‘yicha mas’ullari va tyutorlar tomonidan oliygoh talabalar turar joyida turuvchi talaba yigit-qizlar bilan individual tarzda suhbatlar olib borildi.

📍Mazkur suhbat jarayonlarida talabalarning ota-onalari ham ishtirok etib, unda talabalarning o‘zlashtirishi, davomat hamda shartnoma shartlarini o‘z vaqtida bajarish, shuningdek, universitet ichki-tartib qoidalarga rioya etishlari bo‘yicha yuzaga kelayotgan ayrim muammolarni birgalikda bartaraf etish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook