UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.95K subscribers
19.2K photos
1.52K videos
260 files
8.66K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
​​#Universitet_yangiliklari

🎗Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti qoshida "Zamin Atele" tikuvchilik markazi ochildi.

🏵Markaz zamonaviy tikuv mashinalari bilan jihozlangan bo'lib, talaba-qizlar kiyim-kechak, uy-ro'zg'or buyumlari tikish ishlari bilan shug'ullanmoqda.

Zeroki, tikuvchilik mehnati har qanday shaxsning hayotidagi o'zini anglashning eng muhim sohasidir.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
​​#universitet_yangiliklari

O‘zDJTSU talabalari qo‘shma taʼlim dasturiga muvofiq Minsk shahriga jo‘nab ketishdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti bilan 2018 yilda boshlangan faol hamkorligi davom etmoqda. Qabul qilingan qo‘shma taʼlim dasturiga muvofiq sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha birinchi qabul 2+2 qo‘shma o‘quv dasturi asosida 2018/2019-o‘quv yilida amalga oshirilgandi. Talabalar taʼlimning dastlabki ikki yilini O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida o‘qishdi. Endilikda talabalar uchinchi va to‘rtinchi kurslarni Belarus davlat jismoniy tarbiya universitetida davom ettirishadi. Bugun, 14-oktyabr kuni talabalar guruh rahbari, mazkur qo‘shma taʼlimning 1+1 dastur bitiruvchisi, Qishki sport turlari nazaryasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituvchisi Jasur Rejepov boshchiligida Minsk shahriga jo‘nab ketishdi.

Qabul qilgan dasturga muvofiq sinov imtihonidan o‘tib, o‘qishni muvaffaqiyatli bitirgan talabalarga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va Belarus davlat jismoniy tarbiya universitetining ikki tomonlama (double degree) diplomi beriladi.

🔶🔶🔶🔶🔶🔶🔶🔶🔶🔶🔶🔶🔶🔶🔶🔶🔶🔶

Активное сотрудничество Узбекского государственного университета физической культуры и спорта с Белорусским государственным университетом физической культуры, начатое в 2018 году, продолжается.

Результатом взаимодействия стала реализация совместных образовательных программ 2+2 по направлению: Спортивная деятельность по различным видам спорта. Первый прием был осуществлен в 2019 году. Первые два года студенты обучались на родине и вот сегодня, 14 октября студенты, при сопровождении куратора Реджепова Жасура – выпускника магистратуры совместной образовательной программы 1+1 – преподавателя кафедры «Теория и методика зимних видов спорта», вылетели в г. Минск (Республика Беларусь), для продолжения образования в БГУФКе.

Напомним, по окончанию, выпускники получат 2 диплома: УзГУФКСа и БГУФКа.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#universitet_yangiliklari

Belarus davlat jismoniy tarbiya universitetida O'zbekiston-Belarus fakulteti talabalarini tantanali kutib olishdi

Batafsil:
https://jtsu.uz/uz/e/blog/295-belarus-davlat-jismoniy-tarbiya-universitetida-o-zbekiston-belarus-fakulteti-talabalarini-tantanali-kutib-olishdi

🔶🔶🔶🔶🔶🔶🔶🔶🔶🔶🔶🔶

Торжественная встреча студентов Узбекско-Белорусского факультета в Белорусском государственном университете физической культуры

Подробно:
https://jtsu.uz/ru/e/blog/295-belarus-davlat-jismoniy-tarbiya-universitetida-o-zbekiston-belarus-fakulteti-talabalarini-tantanali-kutib-olishdi

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
​​#universitet_yangiliklari

O‘zDJTSU Futbol fakulteti, «Futbol nazariyasi va uslubiyati» kafedrasi tomonidan tashkil etilgan sportning futbol turi bo‘yicha «Rektor kubogi» musobaqasi yakuniga yetdi.

Mazkur musobaqa joriy yilning 23-25 oktyabr kunlari universitetning futbol maydonida bo‘lib o‘tdi.

Murosasiz bahslarga boy o‘tgan musobaqa quyidagicha yakunlandi:

1-o‘rinni 53-18 guruh;

2-o‘rinni 51-18-guruh;

3-o‘rinni 03-21 guruh egalladi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#universitet_yangiliklari

✍️ Talabalar uchun Samarqand viloyati bo‘ylab sayohat tashkil etildi

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus asosida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, tariximizga qiziqishini oshirish, turizm sohasiga jalb etish maqsadida joriy yilning 25-noyabr kuni universitet rektorati va Kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida “Sportni boshqarish va turizm” fakultetining faol, jamoatchi professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlarini Samarqand viloyati bo‘ylab sayohati tashkil etildi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#universitet_yangiliklari
#UFL

🏆 "Universitet futbol liga"sining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Bugun 3-dekabr sanasida Qishki va murakkab-texnik sport turlari, Futbol fakultetlari, Kasaba uyushmasi hamda Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviyat maʼrifat bo‘limlari hamkorligida tashkil etilayotgan anʼanaviy "Universitet futbol liga"si musobaqasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning ochilish marosimida universitet rektori, professor Mahmudjon Boltabayev jamoalarni navbatdagi mavsumning ochilishi bilan tabriklab barchaga g‘alabalar yor bo‘lishini tilab nutq so‘zladilar hamda musobaqani rasman ochiq deb eʼlon qildi.

Shundan so‘ng musobaqaning 1-turidan o‘rin egallagan "Xalqaro kurash" va “Atlet” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga start berildi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#universitet_yangiliklari

"Jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish" mavzusida huquqiy targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 13-may kuni universitetning Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport, Futbol, Ogʻir atletika, ot sporti, Pedagogika va psixologiya hamda Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedralari masʼullari va talabalari ishtirokida "Jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy, huquqiy-targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Chirchiq shahar IIB boshligʻi oʻrinbosarlari, podpolkovnik Sh.Xusanov, kapitan B.Badalov, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Chirchiq shahar bosh mutaxassisi V.Hamidovlar tomonidan mavzuga oid zaruriy maʼlumotlar berildi.

Ushbu huquqiy targʻibot tadbiri ishtirokchilar, ayniqsa, talabalarning diniy va huquqiy bilimlari hamda tushunchalarini boyitishga xizmat qildi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy