UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
7.04K subscribers
17.9K photos
1.45K videos
255 files
8.22K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#ilmiy_anjuman

🚣‍♀️🏊Suv sport turlaridagi dolzarb masalalarga qaratilgan Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi

⚡️Bugun, 20-aprel kuni universitetning Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlari instituti mas’ullari, oliygoh professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar, mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar, magistrant hamda talabalar ishtirokida “SUV SPORT TURLARINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Anjuman universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Bahrom Musayevning kirish so‘zi bilan boshlandi va barcha anjuman qatnashchilariga omad tiladi. Shundan so‘ng o‘zbek, rus va ingliz tillarida suv sport turlarini rivojlantirish hamda mavjud muammolarga qaratilgan taqdimotlar qilindi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#ilmiy_anjuman

Murakkab-texnik sport turlari oʻquv-mashgʻulot jarayonlarini rivojlantirish muammolari

Maʼlumki, jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash, pedagogik va ilmiy salohiyatni yanada oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilashda ilmiy anjumanlar ahamiyati katta.

Bugun universitetning Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan ana shunday samaradorligi yuqori boʻlgan “Murakkab-texnik sport turlari oʻquv-mashgʻulot jarayonlarini rivojlantirish muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

👉Batafsil: https://jtsu.uz/uz/e/blog/2906-murakkab-texnik-sport-turlari-o-quv-mashg-ulot-jarayonlarini-rivojlantirish-muammolari-2

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#ilmiy_anjuman

‼️E'LON‼️

👩🏫🧑💻🧑🎓Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yosh olimlar, mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda talabalar diqqatiga!

📊Sizlarga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasida tomonidan “KURASH SPORTINING NAZARIY-AMALIY MUAMMOLARI” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilishini ma’lum qilamiz!

Anjumanning asosiy maqsadi: milliy kurash turlarida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish, olimlar o'rtasida ilmiy aloqalarni o'rnatish va rivojlantirish, ilmiy hamda amaliy yutuqlar bilan o‘zaro o‘rtoqlashishdan iborat.

🏢Manzil: Universitet madaniyat saroyi.

📆Vaqti: 2024-yil 25-aprel soat 10:00 da.


⚡️Barchangizni ilmiy anjumanda kutib qolamiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#ilmiy_anjuman

‼️DIQQAT E’LON

👩🎓 Sportchilar oilasining professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar, magistrant hamda bilimga chanqoq talabalari!

🏆Sizlarga oliygohning Iqtidorli talabalarning ilmiy- tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tashabbusi bilan “Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yili”ga bag‘ishlangan “Ilm va innovatsiya kelajak poydevori” mavzusidagi talaba va magistrantlarning ilmiy-amaliy anjumani tashkil qilinayotganini ma’lum qilamiz.

💻Anjumanda talaba va magistrantlar tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid qiziqarli va qimmatli ma’lumotlarga boy taqdimotlar qilinishi kutilmoqda.

Vaqti: 2024 yil 16-may soat 09:00 da.
🏢Manzil: Universitet talabalar madaniyat saroyi.

📍Barchangizni ilmiy-amaliy anjumanda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#ilmiy_anjuman

🥋TAEKVONDO SPORT TURINI OMMALASHTIRISH ISTIQBOLLARI

🏆Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan 🥋“Taekvondo sport turini ommalashtirish istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

👉Batafsil: https://jtsu.uz/uz/e/blog/3016-taekvondo-sport-turini-ommalashtirish-istiqbollari

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#ilmiy_anjuman

📖Ilm va innovatsiya kelajak poydevori

📊Bugun, 16-may kuni universitetda 2024-yil – Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yiliga bagʻishlab “Ilm va innovatsiya kelajak poydevori” mavzusidagi talaba va magistrantlarning ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.

Universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Bahrom Musayevning kirish soʻzi bilan boshlangan anjumanda kafedra bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan bir guruh iqtidorli talaba hamda magistrantlar o‘zlarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi dolzarb mavzularga qaratilgan taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

👉Anjuman tafsilotlari va g'oliblar bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#ilmiy_anjuman

🏆O‘zDJTSUda soha rivojiga xizmat qiluvchi yana bir xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi

🇺🇿Bugun butun dunyoda boʻlgani kabi O‘zbekistonda ham sport sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buni sportchilarimizning xalqaro arenalarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritayotganidan bilish qiyin emas. Shuningdek, mazkur sohani yanada rivojlantirishda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar ham katta ahamiyatiga ega.

🏃‍♂️Shundan kelib chiqib bugun, 17-may kuni universitetning Yengil atletika, biatlon nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan “Yengil atletika sport turi boʻyicha yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda innovatsion texnologiyalarni qoʻllash istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
малакав.имт. - 2024-май.pdf.pdf
141.2 KB
#ilmiy_anjuman

📣EʼLON! EʼLON! EʼLON!

👩‍🎓Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mustaqil izlanuvchilar diqqatiga!

🏆Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida joriy yilning 29-may kuni13.00.04–«Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi» ixtisosligi boʻyicha Mutaxassislik fanidan malakaviy imtihon boʻlib oʻtishini maʼlum qilamiz.

Imtihon kuni va vaqti: 2024-yil 29-may soat 10:00 dan 16:00 ga qadar.

🏢Imtihon joyi: “E” bino 301-auditoriya.

👆Yuqorida malakaviy imtihon qabul qilish komissiyasi tarkibi va talabgorlar roʻyxati bilan tanishishingiz mumkin.

‼️Barcha mustaqil izlanuvchilarni imtihon kuni belgilangan vaqtda yetib kelishlarini soʻrab qolamiz!


Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Ахборот хати..pdf
632.8 KB
#ilmiy_anjuman

📣DIQQAT E’LON‼️

🎓Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yosh olimlar, professor – o‘qituvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrant hamda talabalar diqqatiga!

🏢 Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ilmiy izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda ularning ilmiy-amaliy yutuqlarni targ‘ib qilishga ko‘mak beruvchi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish muammolari va istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

📆Anjuman 2024-yil 11-12-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

🏛Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, “Ko‘kcha darvoza” ko‘chasi, 27-uy.

👆Anjumanga oid batafsil ma’lumotlar va unda ishtirok etish talablari bilan yuqoridagi axborot xati orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
Аxborot xati.pdf..pdf
349.9 KB
#ilmiy_anjuman

E’LON‼️

👩🎓Oliygohimiz professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar, magistrant hamda bilimga chanqoq talabalari diqqatiga!

🏆Sizlarga universitetning Sport huquqi, ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kasbga yo‘naltirib o‘qitishning dolzarb muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil qilinayotganini ma’lum qilamiz.

💻Anjumanda sohaning malakali mutaxassislari tomonidan mavzuga oid qiziqarli va qimmatli ma’lumotlarga boy taqdimotlar qilinishi kutilmoqda.

Sana va vaqti: 2024-yil 27-sentyabr soat 10:00 da.
🏢Manzil: Universitet talabalar madaniyat saroyi.


👆Anjumanga oid batafsil ma’lumotlar va unda ishtirok etish talablari bilan yuqoridagi axborot xati orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#ilmiy_anjuman

‼️EʼLON‼️

🧑‍🎓Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yosh olimlar, professor-oʻqituvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrant hamda talabalar diqqatiga!

🏢 Rossiya Federatsiyasi Polojskiy davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universiteti ilmiy izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini qoʻllab quvvatlash va ularga pedagogika, psixologiya, jismoniy tarbiya va sport sohalaridagi dolzarb ilmiy muammolar va taʼlim yoʻnalishlarini muhokama qilish, yoshlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirishni ragʻbatlantirish, amaliyotchi mutaxassislar, tajribali olimlar va yosh tadqiqotchilarning yagona axborot makonida oʻzaro hamkorlik qilishi hamda muloqot oʻrnatishi maqsadida “Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi psixologik-pedagogik mahoratning dominantlari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazilishini maʼlum qilamiz.

Anjuman sanasi: 2024-yil 18-oktyabr.

👉Anjumanda qatnashish talablari quyidagi havolada.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook