UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.99K subscribers
18.6K photos
1.49K videos
257 files
8.48K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uch_avlod_uchrashuvi #videolavha

🎥“Talabalar media studiyasi” a’zolari tomonidan tayyorlangan ilk ijodiy ishga baho bering!

2024-yil 28-fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Vatanparvarlikni chinakam e’tiqodga aylantiraylik!” shiori ostidagi “Uch avlod uchrashuvi tadbiri tafsilotlariga oid videolavha “Talabalar media studiyasi” a’zolari tomonidan tayyorlandi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#uch_avlod_uchrashuvi

Harbiylar ishtirokida "Korrupsiya-jamiyat taraqqiyoti kushandasi" mavzusida uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi

2024-yil 20-aprel kuni universitet talabalari o'rtasida Vatanga sadoqat, mardlik va jasurlik fazilatlarini yanada mustahkamlash maqsadida Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik muhandislik bilim yurti vakillari bilan hamkorlikda "Korrupsiya-jamiyat taraqqiyoti kushandasi" mavzusida uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Unda oliygohning Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati hamda Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedralari mudirlari, professor-oʻqituvchilar, harbiylar va talabalar ishtirok etishdi.

Qayd etish kerakki, oʻzida tarix, bugun va kelajakni mujassam etganUch avlod uchrashuvi goʻzal anʼanaga aylanib, bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar talabalarni yurt ravnaqi yoʻlida hamisha kamarbasta boʻlib xizmat qilish hamda oʻz kasbiga sadoqat bilan yondashishga undamoqda.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#xotira_va_qadrlash
#uch_avlod_uchrashuvi

Oliygoh talabalari “Uch avlod uchrashuvi” tadbirida ishtirok etdilar

Kecha, 30-aprel sanasida universitetning Og‘ir atletika, ot sporti, Milliy kurash turlari hamda va Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedralari oʻqituvchilari, tyutorlar va talabalari Chirchiq shahrida joylashgan 71201 harbiy qismida 9-may-Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan "Uch avlod uchrashuvi" tadbirida ishtirok etishdilar.

Uchrashuvda faxriylar oʻtgan ogʻir kunlarni xotirlab, Vatanimiz ozodligi uchun oʻz jonini fido qilgan vatandoshlarimiz, mard va jasur oʻgʻlonlarimiz jasorati haqida soʻzlab, mustaqillik davri yoshlariga yurtimizdagi tinchlik va farovonlikni qadrlash, uning yanada rivojlanishi yoʻlida tinmay mehnatda boʻlishlarini taʼkidladilar.

Shuningdek, tadbir dasturidan joy olgan kuy-qoʻshiqlar hamda harbiylarning koʻrgazmali chiqishlari talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook