UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.99K subscribers
17.9K photos
1.46K videos
255 files
8.24K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#Mahorat_darsi

Bugun Yakkakurash sport turlari fakulteti Boks, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda YaSTF dekan muovini E.Bekmirzayev, o'zbek maktabini rivojlanishida o'zining ulkan hissalarini qo'shib kelayotgan "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy" Ergashev Murod Yarkulovich, qariyb ellik yil davomida Boks bo'yicha nazariy bilimlarni o'z shogirdlaridan ayamay kelayotgan oliy toifali hakam Maksumov Rustam Abdusalomovich, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori Anashov Valixan Djumaxanovich hamda kafedra talabalari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida faxriy ustozlar tomonidan talabalarga Boks ixtisosligi bo'yicha amaliy, nazariy bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan "Mahorat darsi" tashkil etib berildi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#kitob_karvoni
#mahorat_darsi

🏆O'zDJTSUning chempion talabalari ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi

✔️Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Futbol fakulteti hamda Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi 45-umumta’lim maktabiga “Kitob karvoni” tashkil etildi.

Batafsil

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#mahorat_darsi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Ravshan Xaydarov ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi!

Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Futbol fakulteti tashabbusi bilan talabalar uchun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, Futbol bo‘yicha U 20 terma jamoa bosh murabbiyi Ravshan Xaydarov ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.

Batafsil

Telegram | Instagram | You tube | Facebook
#mahorat_darsi

O‘zDJTU “Faxriy professori” ishtirokida oliygohning Nukus filiali talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi

Joriy yilning 25-26 dekabr kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida oliygohning “Faxriy professori” Kim Eur Joong hamda universitet dotsenti Shuhrat Keldiyorovlar ishtirokida kurash sport turi bo‘yicha talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi.

Dastlab, talaba-yoshlarga kurash usullari metodikasi, hakamlik qoidalari bo‘yicha maʼlumotlar berildi va qiziqtirilgan savollarga javob qaytarildi.

Shundan so‘ng, mahorat darsi amaliy tarzda davom ettirilib, unda “Faxriy professor” tomonidan kurash usullarining bajarilishi hamda hakam sifatida baho va jarimalarni qo‘llash tartibi amaliy misollar yordamida ko‘rsatib berildi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#mahorat_darsi

Universitet professor-oʻqituvchilari tomondan murabbiy va sportchilar uchun joylarda mahorat darslari tashkil etilmoqda…

Joriy yilning 5-6 mart kunlari Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Yengil atletika, biatlon nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Yengil atletika sport turidan oʻtkaziladigan musobaqalarda moddiy-texnik taʼminot” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Ushbu mahorat darsi davomida murabbiy va sportchilarga yugurish musobaqalarini oʼtkazishda bevosita zarur boʼladigan start tirgaklari, reaktaym, fotofinish, start holatini fiksatsiya qiluvchi kompleks jihozlarning ishlash prinsiplari amaliy tarzda koʼrsatib o‘tildi.

Shuningdek, mazkur jihozlarning zamonaviy musobaqalarni tashkil etishdagi oʻrni haqida ham tushuntirishlar va zarur maʼlumotlar berildi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#mahorat_darsi

Universitetga jalb etilgan xorijiy mutaxassis tomonidan mahorat darsi olib borildi

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga sohada xalqaro tajribalarni qoʻllash va qilinayotgan ilmiy tadqiqotlarni yuksaltirish maqsadida Germaniyaning Kyoln universiteti professorlari jalb etildi.

Ayni vaqtda oliygohda oʻz faoliyatini boshlagan ushbu xorijlik mutaxassislar ishtirokida talabalar hamda ilmiy izlanuvchilar uchun seminar va amaliy mashgʻulotlar tashkil etilmoqda.

Xususan,17-aprel kuni Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritayotgan G.V.Korobeynikov tomonidan kafedra talabalariga Sport pedagogik mahoratini oshirish fanidan amaliy mashgʻulot olib borildi. Mashgʻulot davomida mazkur fanning maqsad va vazifalari, tamoyillari zaruriy koʻrsatmalar orqali tushuntirildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#mahorat_darsi

Amaliyot va nazariya uyg‘unligi

2024-yil 18-aprel kuni Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan o‘z yo‘nalishlarida ilmiy izlanish qilayotgan va bu jarayonga ilk qadamlarini tashlagan bir guruh iqtidorli talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi.

"Amaliyot va nazariya uyg'unligi" deb nomlangan ushbu mahorat darsi biomexanika laboratoriyasida Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, professor Soyib Tojiboyev hamda laboratoriya ilmiy xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.

Unda talabalar laboratoriyadagi mavjud jihozlaridan foydalanish tartibi shuningdek, egallagan bilimlari va izlanishlar natijasini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#mahorat_darsi

Sport menejmentini rivojlantirish muammolari va yechimlari

Joriy yilning 18-aprel kuni Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi tashabbusi bilan bitiruvchi kurs talabalar uchun O'zbekiston futbolchilari uyushmasi raisi Komoliddin Murzoyev ishtirokida "Sport menejmentini rivojlantirish muammolari va yechimlari" mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Unda uyushma raisi tomonidan mehnat bozori talabiga mos, zamonaviy texnologiyalarga doir bilimlarni egallash, talabalarning o‘zlashtirish darajasiga qo‘yiladigan talablar hamda kasbiy kompitensiyalar bilan uzviy bogʻlangan holda tegishli ta’lim yoʻnalishi bitiruvchi kurs talabalarining bandligini taʼminlash masalalari yuzasidan kerakli maʼlumotlar berildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#mahorat_darsi

“El yurt umidi” – kelajak tayanchi!

Bugun, 19-aprel kuni mazkur mavzuda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshligʻi Soyib Tojiboyev tashabbusi bilan talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsi davomida “El yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyati, oliygohning iqtidorli magistranti Azizbek Neʼmatullayev tomonidan mavzuga oid qiziqarli taqdimot qilinib, unda jamgʻarmaning taʼlim dasturlari orqali xorijda tahsil olish tartibi hamda jamgʻarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va stipendiya turlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#mahorat_darsi

🎾Iroda Toʻlaganovadan mahorat darsi!

🔥Bugun, 2-may kuni Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston tennis federatsiyasi bosh kotibi, Oʻzbekiston iftixori, oʻzbek professional tennischisi Iroda Toʻlaganova ishtirokida bitiruvchi bosqich talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi.

Kafedra masʼullari va professor-oʻqituvchilari qatnashgan mahorat darsida taniqli sportchi tomonidan bugungi oʻzbek sporti, xususan tennis sport turida boʻlayotgan oʻzgarishlar, erishilayotgan yutuqlar va tennis boʻyicha oʻtkazilayotgan musobaqalar tahlili haqida fikrlar bildirib, chempionlik sirlari toʻgʻrisida oʻz tajribalarini ulashdi. Shuningdek, Oʻzbekiston tennis federatsiyasidagi boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumotlar berib, ularga bitiruvchi talabalarni taklif etdi.

📍Mahorat darsi soʻngida talabalar ham oʻzlarini qiziqtirgan savollariga kerakli javob olishdi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#mahorat_darsi

Sport turizmidagi muammolar va yechimlar

Kecha, 21-may sanasida universitetning Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi tomonidan O'zbekiston ekstremal va tog' turizmi federatsiyasi raisi L.Y.Kozlovskiy ishtirokida turizm (sport turizmi) yo‘nalishi talabalari uchun “Sport turizmidagi muammolar va yechimlar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Kafedra mas’ullari va professor-o‘qituvchilar hamrohligida bo‘lib o‘tgan mahorat darsida federatsiya raisi talabalarga sport turizmining asosiy tushuncha va tamoyillari hamda boshqa sport turlarida bo'lgani kabi, sport turizmida ham uyushgan va professional hakamlik mavjud bo'lib, uning faoliyati tegishli me'yoriy hujjatlar bilan tartibga solinishi haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.

Talabalar esa o'z yo'nalishlari bo'yicha yo'llagan savollariga batafsil javoblar olishdi. Yakunda kafedra mas’ullari federatsiyasi raisi bilan kelgusida ham hamkorlik masalalari yuzasidan kelishuvga erishdi.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#mahorat_darsi

Xorijlik mutaxassis ishtirokidagi mahorat darslari taʼlim sifati oshishiga xizmat qilmoqda!

Bugun, 18-sentabr kuni universitetning Sport psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda xorijlik mutaxassis Muhammad Hilmi Che Ahmad ishtirokida mahorat darsi oʻtkazildi.

Mahorat darsida bugungi kun pedagogi qanday sifatlarga ega boʻlishi kerakligi va chet tillarni oʻrgatishda zamonaviy texnologiylarning oʻrni borasida oʻzaro fikr va tajribalar almashildi, yuzaga kelgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.

Eng asosiysi, mazkur mahorat darsi talabalarga bilim berish hamda taʼlim sifati samaradorligi oshishiga xizmat qildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#mahorat_darsi

✔️Kubalik mutaxassis ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi

🥊Joriy yilning 7-oktabr sanasida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Boks nazariyasi va uslubiyati kafedrasi bilan Oʻzbekiston boks federatsiyasi hamkorligida kubalik mutaxassis Xulio Li Echavarria ishtirokida mahorat darsi boʻlib oʻtdi.

Universitet bokschi talabalarining xalqaro bilimlarini oshirish hamda ushbu sport turidagi yangi ilmiy metodikalardan keng foydalana olishlarini maqsad qilgan ushbu uchrashuvda kafedra mudiri Yuriy Serebryakov, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

📍Shuni alohida qayd etish kerakki, kubalik mutaxassis tomonidan sohaga oid berilgan qimmatli maʼlumotlar talabalaring oʻz sport yoʻnalishi boʻyicha bilim va koʻnikmalarini yuksalishiga xizmat qildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#mahorat_darsi

Diqqat E’lon‼️

👩‍🎓Qadrli universitetimiz badiiy gimnastika sport turiga qiziquvchi talabalari!

Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning 2-yo‘nalishida – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

👯Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan universitetning Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo oʻyinlari chempioni, “Shuhrat” medali sohibasi, xalqaro toifadagi sport ustasi Axmedova Jamilya Adizovna ishtirokida mahorat darsi tashkil etilmoqda.

📆Sana va vaqti: 2024-yil 18-dekabr soat 11:00 da.

🏢Joyi: “A” bino, gimnastika zali.

🙋🏻‍♀️Ushbu mahorat darsiga qiziqish bildirgan barcha talabalarimizni taklif etamiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook