UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
7.01K subscribers
17.9K photos
1.45K videos
255 files
8.24K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#tyutorlar_faoliyatidan

Jamiyatda qizlarni o'qitish shart(mi)!?

⚡️Bugun, 17-aprel kuni Chirchiq shahrida joylashgan so‘lim Kimyogarlar bogʻi tabiati qoʻynida oliygohimizning Taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituvchilari va tyutorlari tashabbusi bilan talabalar oʻrtasida "Jamiyatda qizlarni o'qitish shart" mavzusida munozara-debat tadbiri tashkil etildi. Tadbir qizg‘in bahslar va munozaralarga boy tarzda o‘tdi.

👩‍👩‍👧‍👧Shuningdek, ushbu mavzudagi munozara-debat tadbiri Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talaba-qizlari o‘rtasida ham o‘tkazilib, unda talabalar jamoalarga bo‘lingan holda, o‘rtaga tashlangan mavzuni har tomonlama ochib berishga harakat qilishdi.

Bir so‘z bilan aytganda, mazkur tadbir talabalarni atrofdagi voqea-hodisalar va yangiliklarga to‘g‘ri munosabat bildirish hamda o‘z fikrlarini erkin bayon etishga xizmat qildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
🚴‍♂️Qashqadaryo viloyatida velosiped sportining shosse yo'nalishi bo'yicha bo‘lib o‘tayotgan O'zbekiston chempionati ochiq va shaffof o‘tishida universitet professor-o‘qituvchilari ham jonbozlik ko‘rsatmoqdalar

📆2024-yil 15-18 aprel kunlari Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida velosiped sportining shosse yo'nalishi bo'yicha kichik yoshdagi o'smirlar o‘rtasida ko'p kunlik O'zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

📍Ahamiyatlisi, ushbu musobaqada universitetimizning Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchisi Xolmuratov Obidjon bosh hakam hamda Sarvar Umarov bosh kotib sifatida qatnashib, chempionatning ochiq va shaffof o‘tishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqdalar.

🙋‍♀️Ustozlarimizga ushbu musobaqani boshqarishda omad tilab qolamiz.

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
‼️Eʼlon! Eʼlon Eʼlon‼️

👩‍💼🧑‍💼Oliygohimizning iqtidorli talabalari diqqatiga!

Sizlarga universitet Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi tomonidan "Amaliyot va nazariya uygʻunligi" mavzusida biomexanika laboratoriyasida mahorat darsi tashkil qilinayotganini maʼlum qilamiz.

🔬Ushbu mahorat darsi siz uchun nazariy bilimlaringiz hamda olib borayotgan ilmiy izlanishlaringizni amaliy jihatdan qoʻllash uchun ajoyib imkoniyat!

Vaqti: 2024-yil 18-aprel soat 14:00 da.

🏢Joyi: “A” bino 112-xona, biomexanika laboratoriyasi.


📍Barchangizni mahorat darsida faol ishtirok etib, ushbu yoʻnalishdagi bilim va malakangizni oshiring deb qolamiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#mahorat_darsi

Universitetga jalb etilgan xorijiy mutaxassis tomonidan mahorat darsi olib borildi

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga sohada xalqaro tajribalarni qoʻllash va qilinayotgan ilmiy tadqiqotlarni yuksaltirish maqsadida Germaniyaning Kyoln universiteti professorlari jalb etildi.

Ayni vaqtda oliygohda oʻz faoliyatini boshlagan ushbu xorijlik mutaxassislar ishtirokida talabalar hamda ilmiy izlanuvchilar uchun seminar va amaliy mashgʻulotlar tashkil etilmoqda.

Xususan,17-aprel kuni Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritayotgan G.V.Korobeynikov tomonidan kafedra talabalariga Sport pedagogik mahoratini oshirish fanidan amaliy mashgʻulot olib borildi. Mashgʻulot davomida mazkur fanning maqsad va vazifalari, tamoyillari zaruriy koʻrsatmalar orqali tushuntirildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#uchrashuv

Talabalar bandligini taʼminlash boʻyicha uchrashuv oʻtkazildi

2024-yil 17-aprel sanasida universitetning Ogʻir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi masʼullari, Oʻzbekiston ogʻir atletika yoshlar va oʻsmirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Joʻrabek Zoirov, professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-martdagi “Og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroridagi mamlakatimizda og‘ir atletika sport turini yanada ommalashtirish, yoshlar orasidan sportchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish kabi ustuvor ustuvor vazifalar, shuningdek, bitiruvchi kurs talabalarini oʻz yoʻnalishi boʻyicha bandligini taʼminlash masalalari yuzasidan kerakli maʼlumotlar berildi.

Uchrashuv yakunida talabalarni qiziqtirgan savollariga masʼullar tomonidan batafsil javob qaytarildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#KUN_HIKMATI

Hayotini boshqalar o‘zgartirib berishini kutadigan odamlarni qullar deb atashadi.

© Uolter Skott


Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Илҳом низом буйруғи..pdf
1.8 MB
#tanlov

TANLOV‼️ TANLOV‼️ TANLOV‼️

🗣Sport bilan birga ijodni ham o‘ziga do‘st bilgan oliygohimiz talabalari diqqatiga!

📚🎭Hurmatli talaba-yoshlar, sizda adabiyot va san’atga bo‘lgan qiziqish yuqorimi? Tez-tez ijod olamiga sayr qilib turasizmi? Unda ushbu tanlov aynan siz uchun!!!

🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida "Ilhom" mukofoti tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi.

🖥Mazkur bosqich test shaklida o‘tkazilib, tanlovda ishtirok etishni istagan talabalarni 2024-yil 19-aprel kuni soat 12:00 da “A” bino 402-xonaga taklif etamiz.

Aziz talabalar, tanlovda ishtirok eting va o'zingizni sinab ko'ring!!!

👆Yuqorida tanlov nizomi bilan tanishishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#mini_futbol
#ochiq_chempionat

Mini futbol bo‘yicha Universitet ochiq chempionati g‘oliblari aniqlandi

⚽️Kecha, 17-aprel kuni universitetda talabalar o‘rtasida tashkil etilgan mini futbol bo‘yicha Universitet ochiq chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.

Final uchrashuvida barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan “Olimp” va “Atlet” jamoalari o‘rtasida kechgan murosasiz bahslar yakunida “Olimp” jamoasi yirik 4:1 hisobi bilan g‘alabani naqd qilib, musobaqa chempioniga aylanishdi.

👉Shunday qilib yakuniy natijalar quyidagicha:

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook