UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
7.05K subscribers
18.3K photos
1.48K videos
257 files
8.4K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
uz.pdf
359.5 KB
#Konstitutsiya_loyihasi
#muhokama

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi matni bilan meningkonstitutsiyam.uz sayti orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Shuningdek, Qonun loyihasi “Xalq so‘zi” va «Народное слово» gazetalarining bugungi sonida ham e’lon qilindi.

Telegram|Instagram|Facebook | YouTube
#konstitutsiya #zakovat #fleshmob

🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 32 yilligi munosabati bilan talabalar ishtirokida qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

👨‍🦼Jumladan, 2024-yil 4-dekabr kuni universitetning Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi yetakchi koordinatori X.Hayitmurodov tashabbusi bilan talabalarning huquqiy bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida “Qomusim or – nomusim!” shiori ostida "Zakovat" intellektual o'yini bo‘lib o‘tdi. O‘yinni Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti raisi yetakchisi S.Eshpolatov ochib berdi va talaba-yoshlarga omad tiladi.

🚴‍♀️5-dekabr sanasida esa Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o'qituvchilari va tyutorlar tomonidan Bosh qomusimizning 32 yilligini munosib nishonlash hamda talabalarda vatanparvarlik tuyg'usini yanada oshirish maqsadida fleshmoblar o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#konstitutsiya
#bayram_tadbiri

📘
Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!

Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishning kafolatidir.

🏆Bugun, 6-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi hamda 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kunlar ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan
#konstitutsiya #fleshmob

🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 📘8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 32 yilligi munosabati bilan talabalar ishtirokida tadbirlar tashkil etilishi davom etmoqda.

⚽️Jumladan, 2024-yil 6-dekabr kuni universitetning Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi, taraqqiyotimiz poydevori” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

👯‍♀️Shuningdek, mazkur sanada Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o'qituvchilari va tyutorlar tomonidan Bosh qomusimizning 32 yilligini munosib nishonlash hamda talabalarda Ona vatanga sadoqat va vatanparvarlik tuyg'ularini yanada oshirish maqsadida fleshmoblar tashkil qilindi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook