UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
6.98K subscribers
18.7K photos
1.5K videos
257 files
8.52K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: https://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#talaba_yutuqlari

🏆Suzish: Universitet talabalari “O‘zbekiston kubogi” musobaqasi qahramonlariga aylanishdi!

🏊2024-yil 4-9 noyabr kunlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli suv sporti saroyida suzish bo'yicha kichik o‘smirlar va o‘smirlar o‘rtasida musobaqa hamda 24-30-noyabr kunlari Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida yoshlar va kattalar o‘rtasida “O‘zbekiston kubogi” o‘tkazildi.

E’tiborlisi, mazkur musobaqalarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi dotsenti Izzatilla Islamov bosh hakam va suzish ixtisosligi 3-bosqich talabalari hakam sifatida ishtirok etishdi.

✔️Shuningdek, kattalar o‘rtasidagi bahslarda kafedra talabalari musobaqaning bir necha dasturlarida g‘olib va sovrindor bo‘lib, musobaqa qahramonlariga aylanishdi!

👉Ular bilan tanishing

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#talaba_yutuqlari

🏓Ayni kunlarda, Qarshi shahrida "Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqalarining Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan jamoalar sportning voleybol, stritbol, mini futbol, stol tennisi va yengil atletika turlari bo‘yicha o‘zaro bahslarga kirishgan.

🏆Quvonarlisi, ushbu musobaqada munosib ishtirok etayotgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari yuqori o‘rinlarni zabt etishni boshladi.

🏅Jumladan, universitetimizning stol tennisi ixtisosligi talabasi Shaxzodbek Toshtemirov bellashuvlarning ilk kunidayoq barcha raqiblarini dog‘da qoldirdi va stol tennisi bo‘yicha bahslarda 🥇1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

👏💐Ofarin Shaxzodbek!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#talaba_yutuqlari

🏆Futbol: Universitet talabalari “Besh tashabbus olimpiadasi” chempioni!

♻️Xabaringiz bor, joriy yilning 9-13 dekabr kunlari Qarshi shahrida "Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqalarining Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

✔️Mamlakatimizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan jamoalar sportning voleybol, stritbol, mini futbol, stol tennisi va yengil atletika turlari bo‘yicha shiddatli bahslarini davom ettirmoqdalar.

⚽️E'tiborlisi, stol tennisi bo‘yicha erishilgan g‘alabaga, bugun, futbol sport turidan qo‘lga kiritilgan yutuq ham qo‘shildi. Universitetimizning futbol ixtisosligi talabalaridan iborat Toshkent viloyati jamoasi finalda Qashqadaryo jamoasini 5:2 hisobda yengib Respublika chempioni bo‘lishdi.

👏💐Barcha ishtirokchi talabalarimiz va ularning murabbiylariga chempionlik muborak bo‘lsin!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#talaba_yutuqlari

🇺🇿O‘zbek bokschilari Osiyoda tengsiz bo‘ldi!

🥊2024-yil 30-noyabrdan 11-dekabrga qadar barcha boks ixlosmandlarining diqqat e’tibori Tailandda o‘tkazilgan kattalar oʻrtasidagi boks bo‘yicha Osiyo chempionatida bo‘ldi.

Mazkur chempionatda O‘zbekiston erkaklar terma jamoamiz 🥇8 ta oltin, 🥈2 ta kumush va 🥉1 ta bronza medallariga ega chiqib, umumjamoa hisobida birinchi, ayollar terma jamoamiz esa 🥇3 ta oltin, 🥈4 ta kumush va 🥉2 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni band qildilar va Osiyoda tengsiz bo‘ldi.

🏆Quvonarlisi, mazkur bokschilarimiz orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining boks yo‘nalishi talabalari -75 kg Javohir Ummataliyev, -80 kg To‘rabek Habibullayev hamda -52 kg: Feruza Kazakova 🥇oltin medalga ega chiqib, musobaqa chempionalariga aylanishdi.

💐👏Bokschi talabalarimizni chempionlik bilan samimiy qutlaymiz!

https://t.iss.one/uzdjtsu_rasmiy
#talaba_yutuqlari

🏆Para kamondan otish: Universitet talabasi nufuzli musobaqaning oltin va kumush medallariga ega bo‘ldi!

👩🏻‍🦽🏹2024-yil 11-13 dekabr kunlari PARA KAMONDAN OTISH sport turi bo‘yicha “Festival” doirasida imkoniyati cheklangan erkak va ayollar o‘rtasida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarma boshlig‘i kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

🌟Quvonarlisi, unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi talabasi Madina Ro‘ziyeva musobaqaning start dasturida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib 🥇oltin medalga, final bahslarida esa 2-o‘rin bilan 🥈kumush medal sohibasiga aylandi.

👏Ofarin Madina!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#talaba_yutuqlari

🏆Qilichbozlik bo‘yicha qizlarimiz Jahon kubogi bosqichida sovrindor bo'lishdi!

🤺Shu kunlarda Vengriyaning Budapesht shahrida qizlar oʻrtasida qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha U20 yosh toifasida Jahon kubogi bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

🇺🇿Mazkur musobaqada O‘zbekiston qizlar terma jamaosi ham munosib ishtirok etmoqda. Xususan, yakkalik yoʻnalishida kechgan bellashuvlarda Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlari gʻolibi Gulistan Perdibayeva 🥈kumush medalga, shuningdek, jamoaviy bahslarda Ayakoz Jumamuratova, Gulistаn Perdibayeva, Samira Shokirova va Fernanda Erreradan iborat qizlar terma jamoamiz ham Jahon kubogi bosqichida kumush medalni qo'lga kiritdi.

Aytish joizki, mazkur terma jamoamiz a’zosi Samira Shokirova O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining qilichbozlik yo‘nalishi talabasi hisoblanadi!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#talaba_yutuqlari

🏆O‘zDJTSU talabasi professional boksda zafarli yurish boshladi! 

🥊O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti boks ixtisosligi talabalari nafaqat nufuzli musobaqalar, balki professional boksda ham zafarli yurishlar boshladi!

⚡️Fikrimizni isboti sifatida universitetimizning Boks nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabasi Husniddin Maraimov Janubiy Koreyaning Seul shahrida 8 raundga mo'ljallangan jangda raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan dastlabki reyting janglarini muvaffaqqiyatli boshladi!

👏💐Husniddinni erishgan g‘alabasi bilan tabriklab, kelgusidagi janglarida omad tilaymiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#talaba_yutuqlari

🏆O‘zDJTSU kurashchi talabalari O‘zbekiston kubogida faxrli o‘rinlarni egalladi!

🤼Joriy yilning 16-18 dekabr kunlari Qoraqalpogʻiston respublikasi Nukus shahrida joylashgan Olimpiya zaxiralari kollejida 2006-2007 yillarda tugʻilgan yoshlar oʻrtasida O'zbekiston kubogi bo'lib o'tdi.

400 ga yaqin polvonlar qatnashgan mazkur musobaqada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining kurashchi talaba yigit-qizlari ham munosib ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlar safida bo‘lishdi. Ular bilan tanishing👇

🥇Sohibjon Boymatov
🥇Diyorbek Abdunabiyev
🥇Olloberdi Karimberdiyev
🥇Eldor Mahmudov


🥈Eldor Jalolov

🥉 Rayhon Sherimmatova
🥉 Husan Iskandarov
🥉 Rustam Matyoqubov
🥉 Abdukarim Toshpoʻlatov


👏💐Sportchi talabalarimizni erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#talaba_yutuqlari

🏆O‘zDJTSU talabalari Osiyo chempionatida g‘oliblar shohsupasidan joy oldi!

🏋️‍♂️Joriy yilning 20-dekabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati start oldi.

Ushbu qitʼa birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi 18 nafar tarkib bilan medallar uchun kurash olib bormoqda. Eng ahamiyatlisi, ularning orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining og‘ir atletika yo‘nalishi talabalarining ham borligi yanada quvonchlidir.

🥇🥈🥈Jumladan, talabamiz Nigora SUVONOVA umumiy 214 kg natija qayd etib, barcha yo‘nalishlarda oltin medalga sazovor bo‘ldi. Diyorbek RO‘ZMETOV 310 kg ko‘rsatkich bilan kumush medalga ega chiqqan bo‘lsa, Ziyoda Xudoyqulova dast ko'tarish mashqida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 92 kg natija bilan kumush medalni delegatsiyamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi.

📍Mazkur qit'a birinchiligi 25-dekabr kuni yakunlanadi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#talaba_yutuqlari

🏆Para taekvondo: Universitet talabalari O‘zbekiston chempioni!

🧑🏻‍🦽🥋Joriy yilning 20-23 dekabr kunlari Toshkent viloyatida joylashgan "G'azalkent sog‘lomlashtirish markazi" sport bazasida para taekvondo bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Ushbu mamlakat birinchiligida respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 15 ta jamoadan jami 130 ga yaqin sportchi ishtirok etdi.

📍Aytish joizki, ko'plab sport turlari bo‘yicha nufuzli musobaqalarda yuqori o‘rinlarni band qilib kelayotgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi talabalari mazkur chempionatda ham o‘z iqtidorlarini namoyon etib, faxrli o‘rinlarni egalladi. Ular bilan tanishing:

🥇 80 kg Qudrat Muhammadiyev
🥇Kamola
Joʻrayeva

👏💐Matonatli talabalarimizga g‘alaba muborak bo‘lsin!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook