"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
984 subscribers
4.4K photos
432 videos
2 files
1.45K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik #O_zdavyerloyiha_DILI #Rossiya_Federatsiyasi

"O'zdavyerloyiha" Davlat ilmiy loyihalash instituti delegatsiyasi "Zolotaya osen-2021" 23-butun Rossiya agrosanoat ko'rgazmasida ishtirok etishmoqda.
#Xalqaro_hamkorlik #O_zdavyerloyiha_DILI #Rossiya_Federatsiyasi

Xabaringiz bor "O'zdavyerloyiha" Davlat ilmiy loyihalash instituti delegatsiyasi "Zolotaya osen-2021" 23-butun Rossiya agrosanoat ko'rgazmasida ishtirok etishmoqda.

Mazkur ko'rgazma doirasida delegatsiya a'zolari Qishloq xo'jaligini raqamlashtirish sohasida keng joriy etilayotgan uchuvchisiz uchish qurilmalari, ular yordamida olingan ma'lumotlar asosida raqamli xaritalarni yaratish mexanizmlari bo'yicha qator yangiliklar bilan tanishishmoqda.
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi

Ayni damda Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko'chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasining texnik ko'magini ko'rsatish bo'yicha ishchi guruh vakillari tashrif buyurdi.

Mazkur uchrashuvda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti, Davlat kadastrlari palatasi mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

Ushbu uchrashuv davomida 2021-2022-yillarda Rossiya Federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga texnik yordam ko‘rsatish doirasida Buxoro viloyati Romitan tumani misolida Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan obyektlarning kadastr qiymatini aniqlash bo'yicha taqdimot bo'lib o'tmoqda.
#O_zdavyerloyiha_DILI #Xalqaro_hamkorlik

Ayni damda Qishloq xo'jaligi vazirligida Jahon bankining Qishloq xo'jaligini modernizatsiyalash loyihasi doirasida Janubiy Koreya Respublikasining xalqaro ekspertlari ishtirokida Tuproq tahlili bo'yicha zamonaviy innovatsion uslublarni joriy etish haqida texnik hamkorlik yuzasidan kengaytirilgan yig`ilish boshlandi.
#O_zdavyerloyiha_DILI #Xalqaro_hamkorlik

Ayni damda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash institutida Jahon bankining Qishloq xo'jaligini modernizatsiyalash loyihasi doirasida Janubiy Koreya Respublikasining xalqaro ekspertlari ishtirokida Tuproq tahlili bo'yicha zamonaviy innovatsion uslublarni joriy etish haqida texnik hamkorlik bo'yicha yig`ilish boshlandi.
#O_zdavyerloyiha_DILI #Xalqaro_hamkorlik

Joriy yilning 12 noyabr kuni, Qishloq xo‘jaligi vazirligida "Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr tizimini modernizasiya qilish" loyihasi doirasida yer tuzish bo‘yicha katta mutaxassis - Nadejda Orlova boshchiligidagi Jahon banki missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish islohoti muhokamasi, mazkur yo‘nalishda erishilgan yutuqlar va keyingi qadamlar to‘g‘risida tajriba almashilindi.
XALQARO HAMKORLIK

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan 2022 yil 27-28-aprel kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida tashkil etilayotgan Markaziy Osiyoda yer bozorini rivojlantirish bo‘yicha Submintaqaviy seminarida “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti Metodologiya bo‘limi boshlig‘i Xojiyev Qo‘chqor Mamadiyorovich ishtirok etmoqdalar.

Ushbu seminarda Markaziy Osiyo mamlakatlarida ona sayyoramiz bo'lmish yerni avaylab asrash, yer soxasida olib borilayotgan ishlar, istiqbollar hamda muammolar haqida seminar tashkilotchilari va ishtirokchilari tomonidan qiziqarli davra suxbatlari bo'lib o'tmoqda.

#O_zdavyerloyiha #Xalqaro_hamkorlik #Qirgiziston #Bishkek


👉Bizlar ijtimoiy tarmoqlarda

Facebook | Telegram | Instagram
#Xalqaro_hamkorlik #O_zdavyerloyiha_DILI

Ayni damda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash institutida “Belgiprozem loyihalash instituti” respublika unitar korxonasi bilan o'zaro hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

Mazkur uchrashuv doirasida “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va “Belgiprozem loyihalash instituti” respublika unitar korxonasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi BITIMni imzolash hamda “Belgiprozem loyihalash instituti” RUK bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi tadbirlar rejasinining muhokamasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
#Xalqaro_hamkorlik #O_zdavyerloyiha_DILI #Farg_ona

Xabaringiz bor, "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash institutiga “Belgiprozem loyihalash instituti” respublika unitar korxonasi mutasaddilari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda.

Bugun “Belgiprozem loyihalash instituti” vakillari Institutning Farg‘ona viloyati bo‘linmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
#Xalqaro_hamkorlik #Turkiya #UTAEM

🇺🇿🇹🇷“O’zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti jamoasi Turkiya Respublikasi Izmir sharida Xalqaro Qishloq xo’jaligi tadqiqot va ta’lim markazi tashkilotida (UTAEM) an'anaviy qishloq xo'jaligi usullari, zamonaviy va aqlli texnologiyalar tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan sun'iy intellekt kelajagini belgilaydigan aqlli qishloq xo'jaligi usullari UTAEMda muhokama qilindi.

Ma’lumot o’rnida: UTAEM tashkiloti qishloq xo‘jaligi va ekologik resurslardan barqaror foydalanishni ta’minlash, jahon bozorlari uchun zarur bo'lgan yuqori sifatli qishloq xo'jaligi mahsulotlari hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bo’yicha takliflarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.

O'zdavyerloyiha DILITelegramInstagramFacebook
#Xalqaro_hamkorlik #Turkiya #UTAEM

🇺🇿🇹🇷Turkiya Respublikasi Qishloq va o'rmon xo'jaligi vazirligining Izmir shahrida joylashgaan Xalqaro qishloq xo‘jaligi tadqiqot va o‘quv markazi rahbari Tuncay Topdemir bilan rasmiy uchrashuvi bo'lib o'tdi. Mazkur uchrashuv davomida xalqaro hamkorlik masalalari, xodimlarni yer tuzish, ilmiy izlanishlar uchun takliflar hamda o'zaromalaka almashinuvi loyihalar masalalari muhokama etildi.

Shu bilan bir qatorda ishchi guruh tomonidan bo'lib o'tgan o'quv kurslar, hamda rasmiy uchrashuvlar yakuni bo'yicha esdalik sovg'alari taqdim etildi.

O'zdavyerloyiha DILITelegramInstagramFacebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Xalqaro_hamkorlik #Yilnoma

2022 yil bo'yicha “O‘zdavyerloyiha” DILIning 28 ta mutaxassislari, 10ta xorijiy mamlakatlarda xizmat safarida bo‘lishdi.

Xizmat safari tashkillashtirilgan davlatlar: Niderlandiya Qirolligi, Germaniya Federativ Respublikasi, Xorvatiya Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Shimoliy Makedoniya, Tailand, Malayziya, Belorussiya Respublikasi, Janubiy Koreya, Qirg‘iziston Respublikasi.

O'zdavyerloyiha DILITelegramInstagramFacebook
#Xalqaro_hamkorlik #Uchuvchisiz_uchis_qurilmalari #Dronlar #Xizmat_safari

💼“O‘zdavyerloyiha” instituti Bosh direktori Ruhiddin Turayev boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasining “Indrones” MChJ tomonidan ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi uchuvchisiz uchish qurilmasini yig‘ish jarayoni bilan tanishish maqsadida Qozon shahrida test rejimida sinov-parvozini o‘tkazish bo‘yicha xizmat safarida.

Indrones-kompaniyasi, 2019-yilda tashkil qilingan bo'lib, Ishlab chiqarish, yuqori vaznni ko'taruvchi, yuqori aerodinamik tizimli avtonom uchuvchisiz uchish qurilmalarini ishlab chiqarish va joriy qilish bo'yicha yetakchi tashkilot hisoblanadi.

☑️Ma'lumot uchun: "O'zdavyerloyiha" instituti qishloq xo'jaligi sohasida uchuvchisiz uchish qurilmalarini tizimga joriy qilishda vakolatli tashkilot hisoblanadi.


😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON VA MISR O‘RTASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI HAMKORLIK KENGAYMOQDA

🇺🇿🤝🇪🇬
Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi delegatsiyaning Misr Arab Respublikasiga rasmiy tashrifi tarkibida qator vazirlik va idoralar, jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati ham bor.

Paxtachilik sohasida o‘zaro hamkorlikning samarali mexanizmini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilandi. Misr ham O‘zbekiston singari o‘zining paxtasi, ayniqsa, jahon bozorida juda mashhur va xaridorgir bo‘lgan ingichka tolali navlari bilan mashhur.

#xalqaro_hamkorlik #tashrif #delegatsiya #qishloq_xojaligi
*****
СОТРУДНИЧЕСТВО УЗБЕКИСТАНА И ЕГИПТА В СФЕРЕ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА РАСШИРЯЕТСЯ

🇺🇿🤝🇪🇬
В состав делегации во главе с Президентом Шавкатом Мирзиеевым в ходе официального визита в Арабскую Республику Египет вошли руководители целого ряда министерств и ведомств, в том числе и министерства сельского хозяйства.

Определен целый комплекс мер по налаживанию эффективного механизма взаимодействия в хлопководческой отрасли. Египет, как и Узбекистан славится своим хлопком, особенно его тонковолокнистыми сортами, которые пользуются огромной популярностью и спросом на мировом рынке.

#международное_сотрудничество #визит #делегация #сельское_хозяйство

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik #O_zdavyerloyiha_DILI #FAO

Bugun "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti hamda Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) a'zolari ishtirokida "O'zbekiston Respublikasidagi mavjud o'rmon va tog'-oldi vodiylarini barqaror boshqarish" mavzusida kengaytirilgan uchrashuv bo'lib o'tdi.

🔰Institut Bosh direktori Ruhiddin Turayev va Janob Bredley Patterson mazkur mavzu doirasida ushbu loyiha oʻrmon fondi yerlari va yaylovlarni uzoq muddatli ijaraga berishda oqilona boshqarishning innovatsion uslublari va texnologiyalarini joriy etish, aholi xoʻjaliklarini jalb qilgan holda yaylovlar degradatsiyasi muammolarini hal etishga qaratilgan tadbirlar to'g'risida suhbat olib borishdi.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik #Konferensiya #Belarus

2023-yil 18-19-may kunlari Milliy kadastr agentligi tashkil etilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan “Ko‘chmas mulk. Kadastr Tahlil: 25 yil" mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi.

Anjumanda 9 davlatdan: Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston, Janubiy Koreya va Mo'g'uliston mamlakatlaridan yer tuzish, geodeziya, kartografiya, yer resurslarini raqamlashtirish va boshqa fazoviy ma’lumotlarni yaratish sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlarning 150 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.

Konferensiya ishtirokchilariga Davlat mulk qo‘mitasi raisi Dmitriy Matusevich tabrik so‘zi bilan murojaat qildi va u Milliy kadastr agentligi xodimlarini 25 yillik yubileyi bilan tabriklab, ularga ijodiy muvaffaqiyatlar va kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Konferentsiyada geoaxborot tizimlarining bugungi kunda rivojlanishning yangi bosqichga o'tgani alohida ta'kidlab o'tildi.

Mazkur konferensiyada "O'zdavyerloyiha" Davlat ilmiy loyihalash instituti delegatsiyasi "Qishloq xo'jaligi yerlarini raqamlashtirish" mavzusida o'z taqdimoti bilan ishtirok etib, tashkilot yubileyi munosabati bilan institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

Ma'lumot uchun: "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti qishloq xo'jaligi yerlari, gidrografik obyektlarni raqamlashtirish sohasida keng ko'lamli ishlarni olib bormoqda.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik #Turkiya #O_zdavyerloyiha_DILI #FAO #LANDNET

🌍Joriy yilning 5-7-sentabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida FAO hamda Turkiya Qishloq va o'rmon xo'jaligi vazirligi hamkorligida o'n to'rtinchi LANDNET xalqaro seminari bo'lib o'tishi belgilangan.

💼Mazkur tadbirda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Bosh direktori o'rinbosari G'ofurjon Parpiyev boshchiligidagi delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

LANDNET seminarining bu yilgi maqsadlari, yerlarni birlashtirish sohasidagi yangi ishlanmalarni, shu jumladan Sharqiy Yevropada ko‘p maqsadli yer konsolidatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlanmalarni taqdim etish va muhokama qilish, qishloq xo‘jaligi yerlari bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha siyosat variantlarini muhokama qilishdan iboratdir.

Tadbirning ikkinchi kunida institut taqdimoti bo'lib o'tishi belgilangan.

Ma'lumot o'rnida:
Seminarning birinchi kuni yerlarni mustahkamlash va yerdan foydalanish masalalariga bag‘ishlanadi.


😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Xalqaro_hamkorlik #Chexiya_Respublikasi #Biznes_forum

🇨🇿🇺🇿Ayni damda Toshkent shaharidagi Hilton mehmonxonasida Chexiya Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri boshchiligidagi delegatsiyaning O'zbekistonga tashrifi doirasida agrosanoat soha vakillari ishtirokida biznes-forum boshlandi.

💼Mazkur forumda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti xodimlari ishtirok etishmoqda.


😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Xalqaro_hamkorlik

💼Joriy yilning 5-mart kuni “O‘zdavyerloyiha” DILIda Eron Islom Respublikasining “Sirang UAV” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

🫥Mazkur uchrashuv davomida qishloq xo'jaligi yo‘nalishida yangi turdagi Uchuvchisiz uchish qurilmalari (dron) bilan tanishish hamda Institut faoliyati bo'yicha taqdimotlar namoyish etilib, kelgusida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama etildi.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha #Xalqaro_hamkorlik #Koreya_Respublikasi #Memorandum

Qishloq xo'jaligida ilg'or texnologiyalarni qo'llash va ta'lim sohasidagi
hamkorlik bo'yicha ko'p tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi

🇺🇿🇰🇷Qishloq xo'jaligi vazirligi "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti hamda Koreya Respublikasining yetakchi dron texnologiyalari kompaniyala-rini o‘z ichiga olgan KO-UZ DRONE ALLIANCE  qishloq xo‘jaligidagi uchuvchisiz uchush qurilmalarning ilg‘or yechimlari va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha hamkorlik qilish maqsadida ko‘p tomonlama o‘zaro anglashuv Memorandumini imzolashdi.

💼Ushbu anglashuv Memorandumi tomonlarning ilg‘or dron texnologiyalarini qo‘llash orqali O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi amaliyoti va ta’lim dasturlarini takomillashtirishda hamkorlik qilish hamda qator sohaga oid tashabbuslarni o‘z ichiga oladi.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram  🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM