"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
984 subscribers
4.4K photos
432 videos
2 files
1.45K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
VAZIRLAR SIRDARYO VILOYATIDAGI AGROMAJMUA ISHI BILAN TANISHDILAR

🌱O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, Xovos tumani hokimi Uchqun Kamolov, shuningdek, vazirlik delegatsiyalari ishtirokida Sirdaryo viloyatida joylashgan “RS Success Agro” biotexnologik sanoat qishloq xo‘jaligi kompleksining investitsiya loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

👉Batafsil

#vazir #tashrif #qishloq_xojaligi #suv_xojaligi

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan  qadim Buxoroda “22-aprel – Xalqaro yer kuni”ga bag’ishlangan tadbiri o‘tkazildi.

Unda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligidagi vazirlik masul xodimlari, Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan tashrif buyurgan klasterlar rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi faxriylari, mahalliy tadbirkorlar va fermerlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

#Xalqaro_yer_kuni #vazir #Senat #deputat #klaster #fermer #OAV

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
GIDROGRAFIK OBYEKTLARI RAQAMLI XARITASINING LOYIHASI MUHOKAMA ETILDI

🔰Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “O‘zdaverloyiha” DILI Farg‘ona viloyati bo‘linmasiga tashrif buyurdi.

“O‘zdaverloyiha” instituti bosh direktori Ruhiddin To‘raev hamda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining iqtisod, innovatsion rivojlanish va investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi muovini Saidagzam Alimov loyiha doirasida Farg‘ona viloyatida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha taqdimot qildi.

Loyiha doirasida quyidagi vazifalar bajarilishi ko‘zda tutilgan:

🟢elektron bazani va aerofotosuratlarni tayyorlash;
🟢yer sathi past-balandligining raqamli modelini yaratish;
🟢Suv xo‘jaligi vazirligi bilan ma'lumotlar almashinuvini ta'minlash;
🟢suv omborlari, daryolar, magistral kanallar, magistral kollektorlar, shuningdek kichik kanallar, ariqlar, kollektorlar, zatvorlar, gidropostlar, nasoslar hamda gidromodul hududlarning chegaralarini aks ettirish;
🟢ichki sug‘orish tarmog‘ini raqamlashtirish va boshqalar.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #Ozdaverloyiha #raqamlashtirish #Fargona

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“AGRAR SOHA YOSHLARI” RESPUBLIKA FORUMI BO‘LIB O‘TDI

📚Bugun 24-iyun kuni Toshkent shahrida “Agrar soha yoshlari” respublika forumi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

30-iyun — Yoshlar kuniga bag‘ishlab, vazirlik va "Zakovat intellektual klubi" NNT hamkorligida tashkil etilgan o‘yinda Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy boʻlinmalari, vazirlik tizimidagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, agentlik va qoʻmitalarning yosh davlat xizmatchilari va iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.

👥Intellektual o‘yinda 36 ta jamoa tarkibida 216 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Forumga Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ham tashrif buyurib, yoshlarni bayram bilan tabriklab, ularga samimiy tilaklarini bildirdi:
"Hurmatli forum ishtirokchilari! Sir emas, qishloq xo‘jaligida yoshlarimiz juda faol, aqlli va dono. Men buni bir necha bor taʼkidlab o‘tganman. Хususan agrar sohaning 40 foizi siz aziz yoshlardan iborat. Bugun yuz-ko‘zingizdagi qatʼiyatdan, ishonchdan ko‘rinib turibdiki, sizlar bilan hali ko‘p yangi maqsadlarni, rejalarni birgalikda amalga oshiramiz!"

Shundan so‘ng forumning kulminatsion nuqtasiga yetib kelindi. Yaʼni bahslarda o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, g‘oliblik shohsupasiga yetib kelgan jamoalarni Aziz Voitov va vazir maslahatchisi Eshmirza Abdualimov qutlashdi.

🥇1-o‘rin — “Termiz forever” jamoasi;
🥈2-o‘rin — “ISKAD” jamoasi;
🥉3-o‘rin — “Sigma” jamoasiga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar kubok, medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

#vazir #agrar_soha_yoshlari #zakovat #intellektual_oyin

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO KONFERENSIYA: VAZIR OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI MASALASIGA TO‘XTALDI

🗣Toshkentda ish boshlagan “Barqaror rivojlanish maqsadlari: oziq ovqat xavfsizligi va suv ta’minoti” xalqaro konferensiyasi dolzarb va qiziqarli chiqishlarga boy o‘tmoqda. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, mamlakat barqaror rivojlanishida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarining salmoqli o‘rin tutishi haqida to‘xtaldi.

“Bugun qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat xavfsizligi nuqtai nazaridan olib borilayotgan ishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar va oldimizda turgan yangi imkoniyatlar va istiqbollar bo‘yicha suhbatlashamiz“, — dedi Aziz Voitov o‘z chiqishini boshlar ekan.

2019-yilda hurmatli Prezidentimizning tashabbuslari bilan Strategiya qabul qilingan, uni shu yerda qatnashayotgan hamkasblarimiz — xalqaro tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda ishlab chiqqanmiz.

Strategiyamiz to‘qqizta banddan iborat bo‘lib, birinchi band aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan. Bu global ahamiyatga ega muhim vazifa. Ushbu vazifani bajarish uchun keyingi yillarda, yerdan samarali foydalanish va ekin turlarini diversifikatsiya qilish maqsadlaridan kelib chiqib, ko‘plab o‘zgarishlarga erishildi. Aytib o‘tish kerakki, g‘alla va paxta maydonlarini qisqartirish evaziga meva-sabzavotlarni ekish ko‘paydi.

Keyingi masala – bu kooperatsiyalar tizimi. Kichik dehqon xo‘jaliklarini kooperatsiya orqali yirik tadbirkorlik subyektlariga aylantirish, xarajatlarini kamaytirish va daromadini ko‘paytirish hamda moliyalashtirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratish ustida ham birgalikda ishlamoqdamiz.

Oldimizda turgan asosiy vazifalar – bu suvdan oqilona foydalanish, nafaqat moliyaviy, balki bilim investitsiyalarini kiritish masalalarini bugun hamkasblar birgalikda muhokama qilamiz. Qishloq xo‘jaligi sohasining istiqbollari xususida maslahatlashamiz”.

#xalqaro_konferensiya #vazir #Yangi_Ozbekiston #Qishloq_xojaligi_vazirligi #oziq_ovqat_xavfsizligi #suv_taminoti

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO DAVRA SUHBATI QIZG'IN O'TMOQDA

🔰Ayni damda Toshkent shahrida “Qishloq xo‘jaligi yerlariga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish, ularni bozor aktiviga aylantirish hamda yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish” mavzusidagi xalqaro davra suhbati boshlandi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov so‘nggi yillardagi degradatsiya oqibatlari yaylovlar hosildorligining pasayishiga, o‘simliklar bioxilma-xilligi va chorva mollari ozuqa bazasining kamayib ketishiga sabab bo‘layotganiga to‘xtalar ekan, bu holatning oldini olish va bartaraf etishda xalqaro tajribalarni amaliyotga joriy etishning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.

#xalqaro_davra_suhbati #qishloq_xojaligi #vazir #FAO

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰Biroz avval xabar berganimizdek, Toshkentda o‘tkazilayotgan "Qishloq xo‘jaligi yerlariga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish, ularni bozor aktiviga aylantirish hamda yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish" mavzusidagi xalqaro davra suhbati davom etmoqda.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ham qatnashib, mavzu doirasida o‘z fikrlarini bildirdi:

"Hammamizga maʼlumki, bugun insoniyat oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri bu global iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelayotgan qurg‘oqchilik, cho‘llanish va degradatsiya masalalaridir. Avvalgi tadbirlarimiz yaylovlarni muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangandi. Bugun esa mavzuni kengaytirib, yer islohotlarini ham qo‘shdik. Yaʼni yerga bo‘lgan huquq va uni kuchaytirish orqali tadbirkorlarimiz hamda yer egalarining mulkiga bo‘lgan investitsiyani ko‘paytirish va bu orqali yerlar degradatsiyasining oldini olish bo‘yicha ishlarni muhokama qilish uchun ushbu davrada yig‘ildik. Shu o‘rinda bir masalani aytib o‘tish kerakki, respublikamizning qariyb 60 foizini qishloq xo‘jaligi yerlari tashkil etadi. Shundan 21 mln gektari bu tabiiy yaylovlardan iborat va ularda chorvachilik, ipakchilik, asalarichilik kabi qishloq xo‘jaligi tarmoqlari muhim ahamiyat kasb etadi, ulardan ozuqa bazasi sifatida foydalanilmoqda. Bugungi davra suhbatida juda ko‘p olimlarimiz mavzu dorasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishmoqda, muammoga birgalikda yechim topishga harakat qilamiz".

#xalqaro_davra_suhbati #qishloq_xojaligi #vazir #investitsiya #yerlar_degradatsiyasi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGIDA YANGI TAYINLANGAN O‘RINBOSARLAR TANISHTIRUVI BO‘LIB O‘TDI

👥Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda vazirlik tizimidagi agentlik va qo‘mitalar, tizim tashkilotlari rahbarlari va boshqarma boshliqlari ishtirok etdi. Unda agrar sohaning barcha tarmoqlarini birdek rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan galdagi vazifalar belgilab olindi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi tayinlangan o‘rinbosarlar – vazirning birinchi o‘rinbosari Botir Normahmadovich Tog‘aev va vazir o‘rinbosari Alisher Nematullaevich Shukurov jamoaga tanishtirildi.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning buyrug‘i bilan vazirlik kotibiyat rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan Asliddin Rashidovich Bozorov ham tanishtirildi.
*****
СОСТОЯЛОСЬ ПРЕДСТАВЛЕНИЕ НОВЫХ НАЗНАЧЕННЫХ ЗАМЕСТИТЕЛЕЙ МИНИСТРА СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА

👥Сегодня в совещании под председательством министра сельского хозяйства Азиза Воитова приняли участие руководители агентств и комитетов в системе министерства, руководство структурных подразделений и начальники управлений Минсельхоза. В ходе которого была проанализирована работа, проводимая по целостному развитию всех отраслей аграрного сектора, и определены основные задачи, требующие реализации.

В ходе мероприятия были представлены новые заместители министра сельского хозяйства – первый заместитель министра Ботир Нормахмадович Тогаев и заместитель министра Алишер Нематуллаевич Шукуров, назначенные соответствующим постановлением Президента Республики Узбекистан.

Также был представлен Аслиддин Рашидович Бозоров, начавший работать первым заместителем руководителя секретариата министерства согласно приказу министра сельского хозяйства Азиза Воитова.

#vazir #Qishloq_xojaligi_vazirligi #tayinlov #tanishtiruv #министр #Министерство_сельского_хозяйства #назначение

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_va_yoshlar #O_zdavyerloyiha_DILI #Yoshlar_kuni #Xorazm

💼Avval xabar berganimizdek 21-23-iyun kunlari Xorazm viloyatida "IV-Yoshlar forumi" tashkil qilingan edi.

Mazkur forum doirasida Vazir va yoshlar ochiq muloqotida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlari kuni munosabati bilan “Qishloq xo‘jaligi yer resurslarini boshqarishda yosh olimlar o‘rni” mavzusidagi “IV-Xorazm yoshlar forumi”da hayotiy, sohaviy va ilmiy faoliyatidagi yutuqlari uchun bir qator tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlar Vazir tomonidan taqdirlandi.

💠Sardor G'ulomov
💠Ramziddin Sharopov
💠Ahadjon Xatamov
💠Azizjon Aliyev
💠Mehrigul Ismatova
💠Nilufar Asqarova
💠Iroda Mustafoyeva
💠Shahnoza Alimahamatova
💠Kamola Xaitova
💠Shaxbozbek Xolmatjonov

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM