Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Toshkent shahrida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning “O‘zbekiston tog‘ va vodiy o‘rmonlarini barqaror boshqarish” loyihasi doirasida O‘zbekistonda “Milliy oziq-ovqat xavfsizligi sharoitida yer, baliqchilik va o‘rmonlarga egalik qilishni mas'uliyatli boshqarish bo‘yicha ixtiyoriy ko‘rsatmalarni qo‘llash” masalalariga bag‘ishlangan trening tashkil etildi. Treningni FAOning yerga egalik qilish bo‘yicha xalqaro maslahatchisi Bredli Paterson olib bordi.
✅ Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi mutaxassislari, “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyiha instituti, “O‘rmonloyiha” loyihalash institutining mutaxassislari hamda davlat o‘rmon xo‘jaligi tarmoqlarining vakillari ishtirok etishdi.
#Fao #tadbir #baliqchilik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM