"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
1.01K subscribers
4.91K photos
460 videos
2 files
1.62K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugun bo‘lib o‘tgan majlisida Qishloq xo‘jaligi vaziri J.Xodjayevning O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Batafsil

#qishloq_xojaligi #Oliy_Majlis
#O_zdavyerloyiha_DILI #Oliy_majlis #Ochiq_muloqot

🌏"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo'jaligi masalalari qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida joriy yilning 22-may sanasida institut rahbariyati hamda xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a'zolari Muxammedov Maxsud Murodovich hamda Siddiqov Risqul Ergashboyevichlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

💼Ta'kidlash joizki, ochiq muloqotda qonunchilikni takomillashtirish, qonun ijodkorligi jarayonida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, huquqiy madaniyatni oshirish, mamlakat taraqqiyotiga qaratilgan strategiyani qo'llab-quvvatlash shuningdek ilmiy-tadqiqot yutuqlarini faol jalb qilish borasidagi mavzular yuzasidan o'zaro fikr almashildi.

😊Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a'zolari institut faoliyati, bo'limlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9