"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
1.01K subscribers
4.93K photos
461 videos
2 files
1.62K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
#Huquqiy_Axborot #Yer_kodeksi #24_modda

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI YER KODEKSINING 24-2-MODDASIGA MUVOFIQ

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga ikkilamchi ijaraga berilishi (ularni uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) mumkin.

📝 Foydalanishga kiritilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi va u qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

‼️ Ikkilamchi ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas.

💠 Agar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining bekor qilinishiga sabab bo‘ladi.

🌿 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish taraflarning kelishuviga ko‘ra, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

🌱 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2