"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
983 subscribers
4.4K photos
432 videos
2 files
1.45K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

QISHLOQ XO‘JALIGI XODIMLARI KUNI – “HOSIL BAYRAMI”

👨‍🌾Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni - “Hosil bayrami” munosabati bilan agrar tarmoq mehnatkashlarining mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi fidokorona mehnatini munosib qadrlash va ulug‘lash, ma’naviy va moddiy jihatdan rag‘batlantirish maqsadida bayram tadbiri o‘tkaziladi.

📆2022-yil 11-dekabr

⌛️10:00 dan 17:00 gacha

📍Manzil: "O'zekspomarkaz"

👩‍🌾Tadbir davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkalari, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy, xayriya tadbirlari, ommaviy sport turlari bo‘yicha musobaqalar, ko‘rik-tanlovlar tashkil etilmoqda.

🗣Shuningdek, tadbirda qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan turli mavzularda davra suhbatlari, treninglar va soha vakillari uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tadi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

Yer va suv resurslari samaradorligini oshirish masalalariga bagishlangan Ikkinchi panel sessi
yada Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Maqsud Ro‘zmetov ishtirok etmoqda. Shuningdek, davra suhbatida O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri orinbosari Rustam Qarshiyev, “Debyut” ishlab chiqarish korxonasi direktori Baxtiyor Shakirov, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari G‘olibjon Qurbonov, “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti direktori Ruhiddin To‘rayev o‘z nutqlari bilan qatnashmoqdalar.

“Hukumatinimiz tomonidan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, fermerlar va klasterlarning daromadlarini oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Buning samarasi qishloq xo‘jaligi mavsumi sarhisob qilinayotgan shu kunlarda joriy yilda qo‘lga kiritilgan yutuqlarimiz va erishilgan marralarimizda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Respublikada suv tanqisligini oldini olish va mavjud suvlardan samarali foydalanish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda”,
dedi o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Maqsud Ro‘zmetov.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM