"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
1.01K subscribers
4.91K photos
460 videos
2 files
1.62K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
#O_zdavyerloyiha_DILI

💠O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining 1961 yil 24 martdagi 205-sonli qaroriga asosan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida “OZDAVYERLOYIHA” “O‘zbek davlat yer tuzish ilmiy-loyihalash instituti tashkil qilingan.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 24-iyuldagi PF-2059-son farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazilgan.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 15-oktabrdagi PF-3502-son farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazilgan.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan.

🌏O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-fevraldagi PQ-5006-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72👏1
#O_zdavyerloyiha_DILI #Xalqaro_hamkorlik #Gruziya_Respublikasi #Memorandum

🇺🇿🇬🇪22 aprel — Xalqaro Yer kuni munosabati bilan Gruziya qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Gizo Chelidze ham Gruziya Respublikasi Barqaror yer boshqaruvi va yerdan foydalanish monitoringi milliy agentligi raisi Giorgi Misheladze boshchiligidagi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

💼Ozdavyerloyiha” institutida bo'lib o'tgan uchrashuvda qishloq xo‘jaligi yerlarini raqamlashtirish, maqsadli va samarali foydalanish, yer resurslarini boshqarish hamda ilmiy faoliyat bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️

🇺🇿🇬🇪Shuningdek, “Ozdavyerloyiha” instituti hamda Gruziya Respublikasi Barqaror yer boshqaruvi va yerdan foydalanish monitoringi milliy agentligi o‘rtasida o‘zaro memorandum imzolanib, soha taraqqiyotiga xizmat qiladigan ilmiy va amaliy dasturlarning istiqbolli rejalar belgilab olindi.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Xorazm_viloyati

“Milliy libos-millat qiyofasi!”

💼"O'zdavyerloyiha" DILI "Xorvilyerloyiha" bo'linmasi xodimlari milliy liboslarni targ'ib etishda faol ishtirok etishmoqda.

Milliy liboslarda xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari mujassam etgan bo‘lib, hozirgi kunda milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, qizlarimiz qalbiga milliy liboslar iftixorini singdirish, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizga hurmat va sadoqat, milliy liboslarning go‘zalligi va jozibasini namoyish etadi.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
#O_zdavyerloyiha_DILI
#Fargona_viloyati

🇺🇿Davlatimiz rahbarining 09.04.2025 yilgi o’tkazilgan videoselektor yig’ilishlarida, har oyning bitta shanba va yakshanbasi – “oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish” kuni, deb e’lon qilingan edi.

Shu bois, “Farvilyerloyiha” bo’linmasi xodimlari, Qo’shtepa tumanida joylashgan ziyoratgohga tashrif buyurdilar.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram  🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1
#O_zdavyerloyiha #Hududiy_bo_linmalar #Qoraqalpog_iston_Respublikasi #Orol

💼Joriy yilning 6 may sanasida O'zdavyerloyiha instituti xodimlari Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazida bo‘lib, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar borishi bilan tanishdi.

😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️

🌍Xalqaro innovatsion markaz Orol dengizining qurib qolgan tubidagi sho‘ralagan tuproqli yerlarda ekotizimni va barqaror tirik hayotni rivojlantirish, sho‘rlagan tuproqli muhitda turli muammolarni hal etish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, innovatsion texnologiyalar va yondashuvlarni, jumladan, agroo‘rmon melioratsiyasi, sahroni daraxtzorga aylantirish, suv osti ekinlari, bioenergetika, ekinlar diversifikatsiyasi, ekinlar kompleksini yetishtirish, chorvachilik, yaylovlarni rivojlantirish, qurg‘oqchilikni boshqarish va uning oqibatlarini yumshatish, Orol qurishining oqibatlarini bartaraf etish va Orol dengizi havzasining ekologik sog‘lomlashtirish sohasida davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
#O_zdavyerloyiha #Hududiy_bo_linmalar #Xorazm_viloyati

🇺🇿Hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish bo'yicha "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Xorazm viloyati bo'linmasi rahbariyati boshchiligida “Arda Xiva” turistik majmuasiga sayohat tashkil qilindi.

🇺🇿Mazkur majmuada Buyuk Ipak yo‘lining o‘ziga xos jozibasini qayta tiklash maqsadida G‘ovik ko‘li yaqinida, sayyohlik shaharchasi hududida suv rekreatsion zonalari va yirik savdo maydonchalari barpo etilgan.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61🔥1
#O_zdavyerloyiha #Hududiy_bo_linmalar #Jizzax_viloyati

Sport – sog‘lomlik manbai


💼Tashkilot xodimlari o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Jizzax viloyati bo'linmasi tomonidan joriy yilning 3-may kuni “Sport -sog‘lomlik manbai” shiori ostida bo'linma xodimlari o'rtasida o'zaro mini-futbol turniri tashkil qilindi.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Qoraqalpog_iston_Respublikasi

Xotira bor ekan – millat barhayot

9-may Xotira va qadrlash kuni. Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir.

Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yo‘qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovidir.

Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi.

Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "O'zdavyerloyiha" instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo'linmasi xodimlari tomonidan chellendj.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#O_zdavyerloyiha #Hududiy_bo_linmalar #Navoiy_viloyati

XOTIRA ABADIY, QADR MUQADDAS
!

Ajdodlarimizni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, eʼzozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardan.
Vatan ozodligi, hozirgi tinch-omon kunlar uchun jang maydonlarida halok boʻlgan ota-bobolarimizni muqaddas xotirasini yod etib,
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda "Navvilyerloyiha" bo'linmasi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqdalar

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram  🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2