"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
1.03K subscribers
4.76K photos
457 videos
2 files
1.58K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Navoiy_viloyati

📚“Yoshlarni kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan doʻst boʻlishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yana-da oshirishga alohida eʼtibor qaratish lozim”

💼“O’zdavyerloyiha” DILI Navoiy viloyati “Navvilyerloyiha” bo’linmasi Abdulla Qodiriy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi bilan
🔵 ko'chma kutubxona tashkil etish;
🔵Prezident asarlari, sohalarga oid va badiiy adabiyotlar bilan ta'minlash;
🔵har oyda bir marta adabiyotlarni almashtirib turish bo'yicha shartnoma imzolandi.

😊Bo’linma xodimlari mazkur kutubxonaga a’zo bo’lishdi.
Kitob-bu insoniyatning qadim tarix mobaynida yaratgan eng buyuk mo‘jizasi va ixtirosidir, u insonni aqlan yetuk darajaga erishishiga va ma’naviy kamolotiga yordam beradi, kitobdan joy olgan ilm sarchashmalari orqali har birimiz ma'naviy-ma'rifiy ozuqa olamiz.
MA’LUMOT UCHUN: 📘Viloyat kutubxonasi 1992-yilda tashkil etilgan bo’lib, dastlab kutubxona fondi 271 495 nusxadan iborat.

Kutubxonada 6 tarkibiy boʻlim mavjud boʻlib, bular: Kitob saqlash, To‘kislash va adabiyotlarga ishlov berish, Kutubxonlarga xizmat ko‘rsatish, Ilmiy metodik, Bibliografiya, Ma’muriy va xo‘jalik kabilardir.

🔵Bo'linma xodimlari kutubxona muzeyi bilan ham tanishdilar. Kutubxonadan xodimlarning takliflariga asosan 55 dona siyosiy, adabiy, badiiy, jahon adabiyotiga oid asarlar olindib, xodimlarga tarqatildi. Bo'linmada "Eng faol kitobxon", "Eng yosh kitobxon" nominatsiyalari bo'yicha tadbir tashkil etish belgilab olindi.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Madaniy_xordiq #Navoiy_viloyati

"O'zdavyerloyiha" DILI Navoiy viloyati "Navvilyerloyiha" bo'linmasi viloyat teatriga borishdi.

Teatr (yun. theatron — tomoshagoh) — sanʼat turi; uning oʻziga xos ifoda vositasi - aktyorning omma oldidagi oʻyini jarayonida yuzaga keladigan sahnaviy voqeadir.
Teatr sanʼatida ham boshqa sanʼatlarda boʻlganidek, xalq hayoti, tarixi, dunyoqarashi aks etib, jamiyat taraqqiyoti, maʼnaviyati, madaniyati bilan bogʻliq holda oʻzgarib, takomillashib boradi.
Teatr asosida ogʻzaki yoki yozma dramaturgiya yotadi.
Teatr sintez sanʼat boʻlib, jamiyat hayotida, tomoshabinlarning maʼnaviy va estetik tarbiyasida muhim oʻrin tutadi. Unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy sanʼat, raqs, meʼmorlik ajralmas birlikni tashkil etadi.
🎭"Navvilyerloyiha" bo'linmasining 30 nafar xodimlari bo'linma direktori boshchiligida viloyat teatriga borib, "Toptalgan tuyg'u" nomli spektaklni tomosha qilishdi va madaniy xordiq chiqarishdi.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha #Hududiy_bo_linmalar #Hashar #Navoiy

💠HASHAR - ELGA YARASHAR !

Asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga meros bolib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bu – ommaviy bayramlar oldidan yurtimizda umumxalq hasharlarini o‘tkazish, obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirishdir.

Mana shunday ulug kunlarda mamlakatimiz Navro‘z bayrami shodiyonalari munosabati bilan umumxalq hasharlari bo‘lib o‘tmoqda.  "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti "Navvilyerloyiha" bo'linmasida umumxalq hasharida faol ishtirok etmoqda.

🌱O`zida poklik, insoniylik kabi ezgu jihatlarni mujassam etgan hashar tadbirlari bo'linma hodimlari tomonidan uyushqoqlik bilan tashkil etildi.


😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Navoiy_viloyati #Navro_z

💼“O’zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti “Navvilyerloyiha” bo’linmasida 2024-yil 20-mart kuni “Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro’z!” shiori ostida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus 5 ta yo’nalish bo’yicha tadbir tashkil etildi.

Tadbirda:

1-bosqichda madaniyat va san’at yo’nalishida xodimlar baxrubayt she'riyat bo’yicha ishtirok etdilar.

2-bosqichda sportning shaxmat, milliy sport turlaridan arqon tortish, arqonda sakrash, tosh ko’tatish bo’yicha bellashdilar.

3-bosqichda kitobxonlik yo’nalishi bo’yicha xodimlar savollarga javob berishdi.

4-bosqichda Bo’linma xotin-qizlari o’rtasida karving usulida meva va sabzavotlar tayyorlandi.

5-bosqichda Xodimlarning kompyuter sovodxonligi sinovdan o’tkazildi.

😊Tadbir yakuniy natijalariga ko’ra 1-o’rinni qo’lga kiritgan xodimlarga bo’linma direktori tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari taqdim etildi.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Navoiy_viloyati

9-aprel — Buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag'ishlangan challenge

Amir Temur bobomizning milliy davlatchilik, ilm-fan, madaniyat, bunyodkorlik, harbiy, jangovar va boshqa sohalardagi ulkan merosi ulug'dir.

Amir Temur – o‘zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug‘vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag‘ishlab kelayotgan ulug‘ siymolardan biridir.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Navoiy_viloyati

"XOTIRА АBАDIY QАDR MUQАDDАS"

😊Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlari hisoblanadi. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan. Ularni tinch-osoyishta hayot, to‘kinlik va farovonlikka qanday og‘ir sinov va mashaqqatlar evaziga erishilgani xayolimizdan o‘tadi. 

Bizga nasib etgan mustaqillik, tinchlik va osoyishtalikning ahamiyatini yanada teranroq anglaymiz. Xotira oʼzlikni anglashga oʼtmishni doimo yodda tutishga daʼvat etib turadigan tuygʼudir, u orqali inson oʼzida eng yaxshi xislatlarni qaror toptirib boradi. Muqaddas tushunchalarning barchasi xotira bilan tirik. Xotira nafaqat oʼtmishni unutmaslik, bugungi kunni toʼgʼri tasavvur etish hamdir. Xotira insonni kelajakka ochiq koʼz bilan qarashga oʼrgatadi.  Oʼtmish ajdodlar amalga oshirgan ishlardan ibrat olish va xatolardan xulosa chiqarishga chorlaydi.

Xotira bugunning qadrini bizga anglatib turadi. "O'zdavyerloyiha"DILI Navoiy viloyati "Navvilyerloyiha" bo'linmasi xodimlari Xotira maydoniga va muqaddas qadamjolarga sayohat tashkil etdi.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Navoiy_viloyati

TEATR-TARBIYA VA MA'NAVIYAT O'CHOG'I.


💼"O'zdavyerloyiha" instituti Navoiy viloyati bo'linmasi xodimlari va ularning oila a'zolari viloyat teatrida Farmon Toshev asari asosida sahnalashtirilgan "TAZARRU" nomli spektaklini tomosha qildilar.

🫥Tarbiya va maʼnaviyat o‘chog‘i bo‘lgan – teatr har bir insonga hayotiy saboqlar beruvchi jonli vositadir. Teatrdan madaniy hordiq chiqarish uchungina emas, undagi namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilib, inson jamiyatdagi voqeliklarni, kechinmalarni teran anglashi mumkin.

🫥Tomoshabinlar uchun havola etilgan sahna ko‘rinishi oilani mustahkamlash, uning baxtli hayot kechirishini taʼminlash, farzandlarni to‘g‘ri tarbiyalash kabi muhim masalalarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, barchada katta ta'surot qoldirdi.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha #Hududiy_bo_linmalar #Navoiy_viloyati #Umumxalq_hashari

"O'ZDAVYERLOYIHA" INSTITUTIDA UMUMXALQ HASHARI

💼Mustaqilligimizning 33 yilligi bayrami shodiyonalari munosabati bilan "Mahalla obod — yurt obod!" shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.  "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti "Navvilyerloyiha" bo'linmasida umumxalq hasharida faol ishtirok etmoqda.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Institut_xodimlari #Navoiy #Mustaqilligimizning_33_yilligi

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Navoiy viloyat hokimligi tomonidan Manaviyat va ma'rifat markazida qishloq xo'jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda "O'zdavyerloyiha" DILI Navoiy viloyati "Navvilyerloyiha" bo'linmasi xotin-qizlari ham ishtirok etib, tashakkurnoma va bayram sovg'alari bilan taqdirlandilar!
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Navoiy_viloyati

🌸Ayol-jamiyat gultoji. U ulkan bunyokorliklar, mislsiz go'zalliklar andozasidir. Ayniqsa, qishloq muhitida istiqomat qiladigan, qirqta joni mehnatda bo'lgan, shunday bo'lsada hamisha ayollik nafosati, latofati aks etgan qishloq ayollari haqida soatlab ijobiy ta'riflarni keltirish mumkin.

💼"O'zdavyerloyiha"DILI Navoiy viloyati "Navvilyerloyiha" bo'linmasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlari 15-oktabr "Xalqaro qishloq ayollari kuni" munosabati bilan viloyatda o'tkazilayotgan ma'naviy tadbirlarda faol ishtirok etishmoqda.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududiy_bo_linmalar #Navoiy_viloyati

💼“O’zdavyerloyiha” DILI Navoiy viloyati “Navvilyerloyiha” bo’linmasi

Buyuk Mutafakkir, g'azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Navoiy nomi bilan atalgan shahardagi Alisher Navoiy bog’iga borishdi.

📚Alisher Navoiy o‘zbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi ulug‘ siymolardan biridir.

📜 Alisher Navoiy hikmatlaridan

💠Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz.

💠Odam — tili bilan boshqa hayvonlardan imtiyozlidir.
Uning tili orqali boshqa odamlardan afzalligi bilinadi. Til — shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo‘lib chiqsa — tilning ofatidir.

💠Kimki, yolg‘on so‘zni birovga to‘nkagay, o‘z qora yuzini yog‘ga bulaydi. Ozgina yolg‘on ham ulug‘ gunohdir; ozgina zahar ham halok qiluvchidir.

💠Naf’ing agar xalqqa beshakdurur
Bilki, bu naf’ o‘zungga ko‘prakdurur.


😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Navoiy_viloyati

“Milliy libos-millat qiyofasi!”

"O'zdavyerloyiha" DILI "Navvilyerloyiha" bo'linmasi xotin-qizlari ham milliy liboslarni targ'ib etishda faol ishtirok etishmoqda.

Milliy liboslarda xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari mujassam etgan bo‘lib, hozirgi kunda milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, qizlarimiz qalbiga milliy liboslar iftixorini singdirish, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizga hurmat va sadoqat, milliy liboslarning go‘zalligi va jozibasini namoyish etadi.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Navoiy_viloyati #8mart #Ma_naviy_hordiq

💼"O‘zdavyerloyiha" DILI "Navvilyerloyiha" bo‘linmasi xodimlari bugun viloyat teatriga tashrif buyurishdi.

💐 “Muhabbat va mehr timsoli aziz ayollar" nomli teatrlashtirilgan konsertiga ma’naviy hordiq maqsadida tashrif tashkil qilindi.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha #Hududiy_bo_linmalar #Hashar #Navoiy

HASHAR-ELGA YARASHAR

💼Navro‘z bayrami shodiyonalari munosabati bilan umumxalq hasharlari bo‘lib o‘tmoqda.  "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti "Navvilyerloyiha" bo'linmasi umumxalq hasharida faol ishtirok etmoqda.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Navoiy_viloyati

“Milliy libos-millat qiyofasi!”

"O'zdavyerloyiha" DILI "Navvilyerloyiha" bo'linmasi xotin-qizlari ham milliy liboslarni targ'ib etishda faol ishtirok etishmoqda.

Milliy liboslarda xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari mujassam etgan bo‘lib, hozirgi kunda milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, qizlarimiz qalbiga milliy liboslar iftixorini singdirish, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizga hurmat va sadoqat, milliy liboslarning go‘zalligi va jozibasini namoyish etadi.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Navoiy_viloyati

💻"O'zdavyerloyiha" DILI "Navvilyerloyiha" bo'linmasi xodimlarini kon-metallurgiya sanoatida amalga oshirilayotgan izchil islohotlardan xabardor qilish maqsadida “Farhod” madaniyat saroyidagi “NKMK tarixi muzeyi”ga sayohati tashkil etildi.

Navoiy kon metallurgiya kombinati tarixi muzeyi kombinatning 60 yillik tarixini oʻzida mujassamlashtirgan.
Muzeyda kombinatning egallab turgan maydoni, faoliyat koʻlami, davlat uchun daromadlilik darajasi, ishlab chiqarish quvvatlarining kattaligi, mahsulotlar turlari, band boʻlgan xodimlar soni, umuman olganda, barcha ma'lumotlar bilan tanishish mumkin.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati tizimidagi sanoat korxonalari maketlari ham oʻrin olgan. Shuningdek, kombinatning erishgan yutuqlari, faoliyat olib borayotgan olimlar ilmiy izlanishlari natijalari muzey eksponatlari orasidan joy olgan.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram  🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Navoiy_viloyati

Amir Temur tavalludining 689 yilligi

1336-yil 9-aprel  – xalqimizning g‘urur timsoli bo‘lgan Sohibqironning tug‘ilgan kun.

Amir Temur — jahon tarixida o‘zining betakror o‘rni va beqiyos siymosi bilan tanilgan, siyosiy zakovat, harbiy daholar, ilm-fan va madaniyat homiysi sifatida tan olingan.


Amir Temur — buyuk sarkarda, adolatparvar hukmdor, ilm-fan va bunyodkorlik homiysi. Uning donishmand siyosati, davlat boshqaruvi haqidagi qarashlari va “Temur tuzuklari” bugungi zamonaviy O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lida ham ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Sohibqiron tomonidan asos solingan buyuk saltanat — bu nafaqat harbiy g‘alabalar, balki yuksak madaniyat, me’moriy yodgorliklar, adabiyot va ilm-fan taraqqiyoti bilan ham tarixda o‘chmas iz qoldirgan.

Sohibqiron qoldirgan meros — bu bizning ma’naviy boyligimiz, milliy sha’nimiz va tarixiy ildizimizdir.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram  🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha #Hududiy_bo_linmalar #Navoiy_viloyati

XOTIRA ABADIY, QADR MUQADDAS
!

Ajdodlarimizni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, eʼzozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardan.
Vatan ozodligi, hozirgi tinch-omon kunlar uchun jang maydonlarida halok boʻlgan ota-bobolarimizni muqaddas xotirasini yod etib,
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda "Navvilyerloyiha" bo'linmasi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqdalar

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram  🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM