"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
992 subscribers
4.46K photos
434 videos
2 files
1.47K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik #Konferensiya #Belarus

2023-yil 18-19-may kunlari Milliy kadastr agentligi tashkil etilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan “Ko‘chmas mulk. Kadastr Tahlil: 25 yil" mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi.

Anjumanda 9 davlatdan: Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston, Janubiy Koreya va Mo'g'uliston mamlakatlaridan yer tuzish, geodeziya, kartografiya, yer resurslarini raqamlashtirish va boshqa fazoviy ma’lumotlarni yaratish sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlarning 150 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.

Konferensiya ishtirokchilariga Davlat mulk qo‘mitasi raisi Dmitriy Matusevich tabrik so‘zi bilan murojaat qildi va u Milliy kadastr agentligi xodimlarini 25 yillik yubileyi bilan tabriklab, ularga ijodiy muvaffaqiyatlar va kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Konferentsiyada geoaxborot tizimlarining bugungi kunda rivojlanishning yangi bosqichga o'tgani alohida ta'kidlab o'tildi.

Mazkur konferensiyada "O'zdavyerloyiha" Davlat ilmiy loyihalash instituti delegatsiyasi "Qishloq xo'jaligi yerlarini raqamlashtirish" mavzusida o'z taqdimoti bilan ishtirok etib, tashkilot yubileyi munosabati bilan institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

Ma'lumot uchun: "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti qishloq xo'jaligi yerlari, gidrografik obyektlarni raqamlashtirish sohasida keng ko'lamli ishlarni olib bormoqda.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM