"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
983 subscribers
4.4K photos
432 videos
2 files
1.45K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
#O_zdavyerloyiha_DILI #Seminar

Ayni damda “O’zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash institutida Qishloq xo'jaligi fanlari doktori, Moskva davlat universiteti tuproqshunoslik fakulteti tuproq fizikasi va melioratsiyasi bo'limining yetakchi ilmiy xodimi - Sapojnikov P.M. bilan hamkorlikda qishloq xo’jaligi yerlarini boshqarish, ularni qiymatini aniqlash, tuproqshunoslik va shu bilan bog’liq mavzularda 2 kunlik maruza-seminari boshlandi.

Mazkur seminarda markaziy apparat bo’lim boshliqlari, yer tuzuvchi xodimlar hamda institut doktorantlari ishtirok etishmoqda.

2 kunlik maruza-
seminar doirasida:

- Qishloq xo'jaligi yerlaridan samarali foydalanishni qonuniy qo'llab quvvatlash;
- Qishloq xo'jaligi yerlari bo'yicha davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish kontseptsiyasi;
- Yer nazorati to'g'risidagi qonun hujjatlari. Yerni nazorat qilish turlari;
- Qishloq xo'jaligi yerlarini garovga qo'yish hususiyatlari mavzularida ochiq darslar o’tilishi rejalashtirilgan
#yer_islohoti #seminar

QAROVSIZ YERLAR MUAMMOSINI HAL QILISH LOYIHASI DOIRASIDA SEMINAR

🔹O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘zdavyerloyiha davlat ilmiy-loyihalash institutida “Qishloq xo‘jaligi yerlari bozorini mustahkamlash, qarovsiz yerlarning muammosini hal etish, ularni birlashtirish mexanizmini takomillashtirish (GCP/SEC/022/TUR)” loyihasi doirasida seminar bo‘lib o‘tdi.

Institut vakillari, Davlat kadastrlari palatasi hamda vakolatli davlat muassasalarining texnik ekspertlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda loyiha faoliyatini, xususan, yer bozorini rivojlantirish, boshqaruv va yer islohoti bilan bog‘liq siyosat, huquqiy va institutsional bazani baholash masalalari muhokama qilindi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Yaylovlar #Geobotanika #Seminar

HUDUDLARDAGI YERLAR DEGRADATSIYASI, CHO‘LLANISH VA QURG‘OQCHILIKNING HOZIRGI HOLATI VA UNGA QARSHI KURASHISH

🌍”O‘zbekistonda qurg‘oqchilikka uchragan ekotizimlardagi o‘rmonlar va yaylovlarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida “Hududlardagi yerlar degradatsiyasi, cho‘llanish va qurg‘oqchilikning hozirgi holati va unga qarshi kurashish” mavzusida Buxoro viloyatida seminar bo'lib o'tdi.

😊Mazkur seminarda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Geobotanik tadqiqotlar bo'limi boshlig'i Musulmon Norqulov "O'zbekiston yaylovlarining hozirgi holati" mavzusida taqdimot bilan ishtirok etdi.

Ma'lumot o'rnida, mazkur tashkil qilingan seminarning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

-hududlardagi yerlar degradatsiyasi, cho‘llanish va qurg‘oqchilikning hozirgi holati va unga qarshi kurashish;

- yaylovlardan oqilona foydalanish;

- yer degradatsiyasi neytralligi (LDN) maqsadlariga erishishda qanday yordam berishi haqida maʼlumot berish.


😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM