"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
994 subscribers
4.45K photos
434 videos
2 files
1.46K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadring baland boʻlsin ona tilim 🇺🇿

Toshkent davlat Agrar universitetida 21-oktyabr — Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan "Qadring baland boʻlsin ona tilim" shiori ostida bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda Qishloq xo’jaligi vazirligi, vazirlik tizim tashkilotlari vakillari, Toshkent davlat agrar universiteti professor o’qituvchilari, talabalar hamda tadbirga taklif etilgan bir qator mehmonlar, xususan, Do'stlik ordeni sohibi, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Shodmonqul Salom ham ishtirok etdi.

Tadbirda Qishloq xo'jaligi vazirining maslahatchisi Eshmirza Abdualimov Qishloq xo'jaligi vaziri Aziz Voitovning bayram tabrigini o'qib eshittirdi.

Shundan so'ng, Toshkent davlat agrar universiteti birinchi prorektori Sohibjon Islamov o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan barcha tadbir qatnashchilarini tabrikladi.

Tadbir davomida o’zbek tili rivojiga hissa qo’shayotgan bir qator qishloq xo’jaligi tizimidagi soha vakillari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Bayram ko’tarinki kayfiyatda davom etdi. O'zbekiston davlat drama teatridan kelgan san’atkorlar tadbir qatnashchilariga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.

#ona_tili #millat #bayram_tadbiri

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Farvilyerloyiha
Davlat bayrog‘i — milliy g‘ururimiz timsoli!


🇺🇿Bugun Farvilyerloyiha bo’linmasida 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun nishonlandi.

⚡️O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqimizning boy tarixi, jasorati va ezgu intilishlarining ramzidir. U har bir yurtdoshimizga Vatanimizga bo‘lgan chuqur muhabbat va iftixorni his etish imkonini beradi.

Farvilyerloyiha jamoasi barchangizni 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etadi! Bayrog‘imiz doimo balandlarda hilpirab, yurtimiz shaʼni va shon-sharafini dunyoga yoyishda davom etsin!

#millat_bayrogi #farvilyerloyiha
#repost #bayrogim_faxrim

Rasmiy sahifalarimizga a'zo boʻling!
🚀Telegram📸Instagram | 📍Sayt