"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
992 subscribers
4.48K photos
440 videos
2 files
1.48K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
November 14, 2021
April 28, 2022
November 21, 2022
November 23, 2022
December 7, 2022
December 16, 2022
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
December 28, 2022
#Xalqaro_hamkorlik #Uchuvchisiz_uchis_qurilmalari #Dronlar #Xizmat_safari

💼“O‘zdavyerloyiha” instituti Bosh direktori Ruhiddin Turayev boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasining “Indrones” MChJ tomonidan ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi uchuvchisiz uchish qurilmasini yig‘ish jarayoni bilan tanishish maqsadida Qozon shahrida test rejimida sinov-parvozini o‘tkazish bo‘yicha xizmat safarida.

Indrones-kompaniyasi, 2019-yilda tashkil qilingan bo'lib, Ishlab chiqarish, yuqori vaznni ko'taruvchi, yuqori aerodinamik tizimli avtonom uchuvchisiz uchish qurilmalarini ishlab chiqarish va joriy qilish bo'yicha yetakchi tashkilot hisoblanadi.

☑️Ma'lumot uchun: "O'zdavyerloyiha" instituti qishloq xo'jaligi sohasida uchuvchisiz uchish qurilmalarini tizimga joriy qilishda vakolatli tashkilot hisoblanadi.


😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 15, 2023
O‘ZBEKISTON VA MISR O‘RTASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI HAMKORLIK KENGAYMOQDA

🇺🇿🤝🇪🇬
Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi delegatsiyaning Misr Arab Respublikasiga rasmiy tashrifi tarkibida qator vazirlik va idoralar, jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati ham bor.

Paxtachilik sohasida o‘zaro hamkorlikning samarali mexanizmini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilandi. Misr ham O‘zbekiston singari o‘zining paxtasi, ayniqsa, jahon bozorida juda mashhur va xaridorgir bo‘lgan ingichka tolali navlari bilan mashhur.

#xalqaro_hamkorlik #tashrif #delegatsiya #qishloq_xojaligi
*****
СОТРУДНИЧЕСТВО УЗБЕКИСТАНА И ЕГИПТА В СФЕРЕ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА РАСШИРЯЕТСЯ

🇺🇿🤝🇪🇬
В состав делегации во главе с Президентом Шавкатом Мирзиеевым в ходе официального визита в Арабскую Республику Египет вошли руководители целого ряда министерств и ведомств, в том числе и министерства сельского хозяйства.

Определен целый комплекс мер по налаживанию эффективного механизма взаимодействия в хлопководческой отрасли. Египет, как и Узбекистан славится своим хлопком, особенно его тонковолокнистыми сортами, которые пользуются огромной популярностью и спросом на мировом рынке.

#международное_сотрудничество #визит #делегация #сельское_хозяйство

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 20, 2023
#Xalqaro_hamkorlik #O_zdavyerloyiha_DILI #FAO

Bugun "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti hamda Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) a'zolari ishtirokida "O'zbekiston Respublikasidagi mavjud o'rmon va tog'-oldi vodiylarini barqaror boshqarish" mavzusida kengaytirilgan uchrashuv bo'lib o'tdi.

🔰Institut Bosh direktori Ruhiddin Turayev va Janob Bredley Patterson mazkur mavzu doirasida ushbu loyiha oʻrmon fondi yerlari va yaylovlarni uzoq muddatli ijaraga berishda oqilona boshqarishning innovatsion uslublari va texnologiyalarini joriy etish, aholi xoʻjaliklarini jalb qilgan holda yaylovlar degradatsiyasi muammolarini hal etishga qaratilgan tadbirlar to'g'risida suhbat olib borishdi.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 7, 2023
#Xalqaro_hamkorlik #Konferensiya #Belarus

2023-yil 18-19-may kunlari Milliy kadastr agentligi tashkil etilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan “Ko‘chmas mulk. Kadastr Tahlil: 25 yil" mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi.

Anjumanda 9 davlatdan: Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston, Janubiy Koreya va Mo'g'uliston mamlakatlaridan yer tuzish, geodeziya, kartografiya, yer resurslarini raqamlashtirish va boshqa fazoviy ma’lumotlarni yaratish sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlarning 150 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.

Konferensiya ishtirokchilariga Davlat mulk qo‘mitasi raisi Dmitriy Matusevich tabrik so‘zi bilan murojaat qildi va u Milliy kadastr agentligi xodimlarini 25 yillik yubileyi bilan tabriklab, ularga ijodiy muvaffaqiyatlar va kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Konferentsiyada geoaxborot tizimlarining bugungi kunda rivojlanishning yangi bosqichga o'tgani alohida ta'kidlab o'tildi.

Mazkur konferensiyada "O'zdavyerloyiha" Davlat ilmiy loyihalash instituti delegatsiyasi "Qishloq xo'jaligi yerlarini raqamlashtirish" mavzusida o'z taqdimoti bilan ishtirok etib, tashkilot yubileyi munosabati bilan institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

Ma'lumot uchun: "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti qishloq xo'jaligi yerlari, gidrografik obyektlarni raqamlashtirish sohasida keng ko'lamli ishlarni olib bormoqda.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 22, 2023
#Xalqaro_hamkorlik #Turkiya #O_zdavyerloyiha_DILI #FAO #LANDNET

🌍Joriy yilning 5-7-sentabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida FAO hamda Turkiya Qishloq va o'rmon xo'jaligi vazirligi hamkorligida o'n to'rtinchi LANDNET xalqaro seminari bo'lib o'tishi belgilangan.

💼Mazkur tadbirda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Bosh direktori o'rinbosari G'ofurjon Parpiyev boshchiligidagi delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

LANDNET seminarining bu yilgi maqsadlari, yerlarni birlashtirish sohasidagi yangi ishlanmalarni, shu jumladan Sharqiy Yevropada ko‘p maqsadli yer konsolidatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlanmalarni taqdim etish va muhokama qilish, qishloq xo‘jaligi yerlari bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha siyosat variantlarini muhokama qilishdan iboratdir.

Tadbirning ikkinchi kunida institut taqdimoti bo'lib o'tishi belgilangan.

Ma'lumot o'rnida:
Seminarning birinchi kuni yerlarni mustahkamlash va yerdan foydalanish masalalariga bag‘ishlanadi.


😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 5, 2023
#O_zdavyerloyiha_DILI #Xalqaro_hamkorlik #Chexiya_Respublikasi #Biznes_forum

🇨🇿🇺🇿Ayni damda Toshkent shaharidagi Hilton mehmonxonasida Chexiya Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri boshchiligidagi delegatsiyaning O'zbekistonga tashrifi doirasida agrosanoat soha vakillari ishtirokida biznes-forum boshlandi.

💼Mazkur forumda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti xodimlari ishtirok etishmoqda.


😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 11, 2023
#O_zdavyerloyiha_DILI #Xalqaro_hamkorlik

💼Joriy yilning 5-mart kuni “O‘zdavyerloyiha” DILIda Eron Islom Respublikasining “Sirang UAV” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

🫥Mazkur uchrashuv davomida qishloq xo'jaligi yo‘nalishida yangi turdagi Uchuvchisiz uchish qurilmalari (dron) bilan tanishish hamda Institut faoliyati bo'yicha taqdimotlar namoyish etilib, kelgusida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama etildi.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 6, 2024
#O_zdavyerloyiha #Xalqaro_hamkorlik #Koreya_Respublikasi #Memorandum

Qishloq xo'jaligida ilg'or texnologiyalarni qo'llash va ta'lim sohasidagi
hamkorlik bo'yicha ko'p tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi

🇺🇿🇰🇷Qishloq xo'jaligi vazirligi "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti hamda Koreya Respublikasining yetakchi dron texnologiyalari kompaniyala-rini o‘z ichiga olgan KO-UZ DRONE ALLIANCE  qishloq xo‘jaligidagi uchuvchisiz uchush qurilmalarning ilg‘or yechimlari va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha hamkorlik qilish maqsadida ko‘p tomonlama o‘zaro anglashuv Memorandumini imzolashdi.

💼Ushbu anglashuv Memorandumi tomonlarning ilg‘or dron texnologiyalarini qo‘llash orqali O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi amaliyoti va ta’lim dasturlarini takomillashtirishda hamkorlik qilish hamda qator sohaga oid tashabbuslarni o‘z ichiga oladi.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram  🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 19, 2024
#O_zdavyerloyiha_DILI #Xalqaro_hamkorlik

🌍Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Agrar sohadagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish” mavzusidagi netvorking tadbiri boshlandi. Ushbu tadbirda "O‘zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti bo‘lim boshliqlari A.Aliyev hamda R.Sharopovlar ishtirok etishmoqda.

💠Mazkur netvorking tadbirida vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va xalqaro aloqalarga mas’ul xodimlari va xalqaro hamkor tashkilotlar, grant loyihalari rahbarlari va xorijiy ekspertlar ishtirok etishmoqda.

😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️

Tadbirda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida xalqaro hamkorlik ishlarini yanada rivojlantirish, xorijiy grant loyihalarini amalga oshirish ko‘lamini oshirish, loyihalar tanlovida qatnashish va rasmiylashtirish tartiblari masalalari muhokama qilinadi.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 14