"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
997 subscribers
4.46K photos
436 videos
2 files
1.47K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥O‘zbekiston telekanalining Agroolam dasturining navbatdagi soni “Oziq-ovqat inflayatsiyasi va uni bartaraf etish choralari” mavzusiga bag‘ishlandi.

Unda dunyo bo‘yicha oziq-ovqat inflyatsiyasi va buning aholi ehtiyojiga taʼsiri tahlil qilinadi.Jumladan, inflyatsiya xavfini pasaytirish uchun avvalo, mamlakatimizda aholi ehtiyojlarini o‘rganib, sifatli va xavfsiz mahsulot yetishtirish hajmini oshirish, foydalanilmayotgan imkoniyatlardan foydalanish, “E-auksion”platformasi orqali ehtiyojmand fuqarolarga yerlarni taqsimlash borasida olib borilayorgan ishlar haqida so‘z boradi.

Dasturda aholiga berilayotgan yerlardan samarali foydalanish va undan yuqori hosil olishga erishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik” ilmiy-tadqiqot instituti, Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash institutlarining olim va mutaxassislari tomonidan ushbu yer egalari bilan olib borilayotgan ishlar xususida hikoya qilinadi.

🌐To‘liq video

#agroolam #oziq_ovqat #ilmiy_tadqiqot_instituti

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM