"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
983 subscribers
4.4K photos
432 videos
2 files
1.45K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
#Xalqaro_aloqalar

🇺🇿2020-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida USAIDning Agrobiznesni rivojlantirish loyihasiga qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqarish tizimini isloh qilish bo‘yicha xalqaro konsultantlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

🌱Shu munosabat bilan, joriy yilning 16-iyun kunida USAID xalqaro maslahatchisi - Chinara Arapova "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash institutida bo'lib O'zbekistonda Qishloq xo'jaligini rivojlantirish, Agrobiznesni takomillashtirish, qishloq xo'jaligi yerlaridan unumli foydalanish kabi bir qancha dolzarb mavzularda suhbatlashib, ushbu yo'nalishdagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo'yicha o'zaro tajriba almashishdi.

Kanalga ulanish uchun
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

https://t.iss.one/uzdavyerloyiha
#Xalqaro_aloqalar #Tashrif #Ozarbayjon

OZARBAYJON RESPUBLIKASI “AZERKOSMOS” OAJ SAVDO GURUHI BILAN ISHCHI UCHRASHUV

Bugun "O'zdavyerloyiha" Davlat ilmiy loyihalash institutida Ozarbayjon Respublikasi “Azerkosmos” OAJ Savdo guruhi bilan ishchi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Mazkur uruhning institut vakillari bilan uchrashish maqsadi yer tuzish loyihalarini tuzishda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalanish, uchuvchisiz uchish qurilmalaridan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash yo‘nalishdagi hozirgi kundagi muammolar va ularni yechimi bo‘yicha tajriba almashish va o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga quyish masalalarini muhokama qilish hisoblanadi.

Ma'lumot o'rnida: “Azerkosmos” OAJ o‘zining 3 ta sun’iy yo‘ldoshiga hamda muhandislar va mijozlar jamoasiga ega bo‘lgan sun’iy yo‘ldosh operatori hisoblanadi.

O'zdavyerloyiha DILITelegramInstagramFacebook
#Uchrashuvlar #Xalqaro_aloqalar

Joriy yilning 24 oktabr kuni Qishloq xo'jaligi vazirligida Fransiya taraqqiyot agentligining (FTA) vakillari bilan "Orol dengizining quyi havzasida yerlarni tiklash" loyihasi texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga tayyorgarlikni boshlash bo‘yicha "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar mazkur loyiha doirasida Orol dengizining quyi havzasidagi degradasiyaga uchragan yerlarni tiklash bo‘yicha fikr va mulohazalar bilan o‘rtoqlashishdi.

O'zdavyerloyiha DILITelegramInstagramFacebook
#O_zdavyerloyiha_DILI #Xalqaro_aloqalar #Hududiy_bo_linmalar #Suhbat

YOSHLAR TOMONIDAN BERILGAN TAKLIFLAR AMALIYOTGA JORIY ETILMOQDA

🟦🟦🟦🟦

💼Xabaringiz bor 30-iyun yoshlar kuni munosabati bilan Qishloq xo'jaligi vazirligi "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan Surxondaryo viloyatida III-Yoshlar Forumi bo'lib o'tgan edi.

🌀Mazkur forum doirasida Rahbar va yoshlar ochiq muloqotida viloyatdan kelgan mutaxassislar tomonidan har bir hududiy bo'linmalarda xalqaro bilim va tajribalarni o'z bo'linmalarida mukammal o'rganish maqsadida Xalqaro munosabatlar bo'yicha mutaxassis joriy qilinishi bo'yicha taklif bilan chiqishgan edi.

Bugun institutning markaziy apparatida Bosh direktor o'rinbosari G'ofurjon Parpiyev, Xalqaro munosabatlar bo'limi boshlig'i Aziz Aliyev hamda bo'lim mutaxassisi Kamola Haitovalardan tashkil topgan ishchi guruh, viloyatlardan taqdim etilgan nomzodlar bilan suhbat o'tkazmoqda.

🌍Qayd etish joizki har bir soha rivojida zamon talablari bo'yicha ilg'or bilim va ko'nikmalarni joriy qilish o'z samarasini beradi hamda mutaxassislarning kasbiy maxorati oshishida muhim o'rin tutadi.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Xalqaro_aloqalar #Belorus_Respublikasi #Xizmat_safari

💼 "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti yer tuzish mutaxassislaridan tashkil topgan delegatsiya Belorus Respublikasining “Belgiprozem loyiha instituti” Respublika unitar korxonasida qishloq xo‘jaligi yerlaridan uzoq muddatli foydalanish va ularni muhofaza qilish sxemalarini (tuman yer tuzish sxemalarini) ishlab chiqish sohasidagi faoliyati bilan tanishish bo'yicha xizmat safarida.

🇧🇾Belorus Respublikasining “Belgiprozem loyiha instituti” Respublika unitar korxonasi Belarus Respublikasi Davlat mulk qo'mitasi tizimiga kiruvchi Belarus Respublikasining yer tuzish sohasidagi yetakchi korxona hisoblanadi.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Xalqaro_aloqalar #Gruziya #Xizmat_safari

💼 "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Bosh muhandisi O.Davronov boshchiligidagi yer tuzish mutaxassislaridan tashkil topgan delegatsiya Gruziya Yer resurslarini barqaror boshqarish va yerdan foydalanishni monitoring qilish milliy agentligida qishloq xo‘jaligi yerlaridan uzoq muddatli foydalanish va ularni muhofaza qilish sxemalarini (tuman yer tuzish sxemalarini) ishlab chiqish sohasidagi faoliyati bilan tanishish bo'yicha xizmat safarida.

🇬🇪Gruziya Yer resurslarini barqaror boshqarish va yerdan foydalanishni monitoring qilish milliy agentligi Gruziya Atrof-muhit va qishloq xo'jaligi vazirligi qoshida Yerdan foydalanish maqsadini aniq belgilash hamda qishloq xo'jaligi yerlarini barqaror boshqarish sohasida yetakchi korxona hisoblanadi.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Xalqaro_aloqalar #Uchrashuvlar

🌏O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-martdagi 111-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-mart kunidagi 74-son buyrug‘ining 5-bandiga muvofiq, qishloq xo‘jaligi yerlaridan, shu jumladan, sug‘oriladigan yerlardan istiqbolda foydalanish va ularni muhofaza qilish chizmalarini ishlab chiqish Respublikamizda ilk bor amalga oshirilayotganligini sababli xorijiy tajribani o‘rganish, chuqurlashtirilgan o‘quv kurslarida bilim va ko‘nikmalarni oshirish belgilangan.

💼Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni sifatli tashkil qilish, o‘zaro tajriba almashish hamda yangi yo‘nalishning metodik va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida, Rossiyaning “A.A.Yejevskiy nomidagi Irkutsk davlat agrar universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasining “Yer tuzish, kadastr va qishloq xo‘jaligi melioratsiyasi” kafedrasi dotsentlari - Xubit Ivanovich Yundunov va Natalya Valeriyevna Eltoshkina “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti Bosh direktori Ruhiddin Turayev bilan uchrashuvda institut faoliyati hamda hozirgi kunda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM