"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
984 subscribers
4.4K photos
432 videos
2 files
1.45K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎆9-may — Xotira va qadrlash kuni

🍎"41-yil olmalari" filmidan lavha. Har bir olmada qadrdon zamin mehri va g‘amxo‘rligi mujassam.

#oziq-ovqat#O‘zbekiston

🎆9 мая — День памяти и почестей

🍎Отрывок из фильма "Яблоки 41-го года". В каждом яблоке - любовь и забота родного края.

#продовольственный #Узбекистан
#Prezident #videoselektor #oziq_ovqat

Bugun Prezident raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga 200 ming gektar yer ajratilgani, 500 ming gektar qo‘shimcha yerlar oborotga kiritilgani ichki bozordagi narx-navoni barqaror ushlab turish va eksportni ko‘paytirishga xizmat qilayotgani aytib o‘tildi.

Yig‘ilishda pillachilik va junchilik salohiyatidan yanada keng foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, Oltinsoy, Sho‘rchi, Konimex, Nurota, Muborak, G‘uzor, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Forish, Tuproqqal’a tumanlarida aholi yashash joylariga yaqin 10 ming gektardan lalmi va yaylov maydonda jun klasterlarini tashkil qilish topshirildi.

https://t.iss.one/Press_Secretary_Uz/3002
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥O‘zbekiston telekanalining “Agroolam” dasturining navbatdagi soni Oziq-ovqat inflayatsiyasi va uni bartaraf etish choralari” mavzusiga bag‘ishlandi.

Unda dunyo bo‘yicha oziq-ovqat inflyatsiyasi va buning aholi ehtiyojiga taʼsiri tahlil qilinadi.Jumladan, inflyatsiya xavfini pasaytirish uchun avvalo, mamlakatimizda aholi ehtiyojlarini o‘rganib, sifatli va xavfsiz mahsulot yetishtirish hajmini oshirish, foydalanilmayotgan imkoniyatlardan foydalanish, “E-auksion”platformasi orqali ehtiyojmand fuqarolarga yerlarni taqsimlash borasida olib borilayorgan ishlar haqida so‘z boradi.

Dasturda aholiga berilayotgan yerlardan samarali foydalanish va undan yuqori hosil olishga erishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik” ilmiy-tadqiqot instituti, Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash institutlarining olim va mutaxassislari tomonidan ushbu yer egalari bilan olib borilayotgan ishlar xususida hikoya qilinadi.

🌐To‘liq video

#agroolam #oziq_ovqat #ilmiy_tadqiqot_instituti

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO KONFERENSIYA: VAZIR OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI MASALASIGA TO‘XTALDI

🗣Toshkentda ish boshlagan “Barqaror rivojlanish maqsadlari: oziq ovqat xavfsizligi va suv ta’minoti” xalqaro konferensiyasi dolzarb va qiziqarli chiqishlarga boy o‘tmoqda. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, mamlakat barqaror rivojlanishida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarining salmoqli o‘rin tutishi haqida to‘xtaldi.

“Bugun qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat xavfsizligi nuqtai nazaridan olib borilayotgan ishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar va oldimizda turgan yangi imkoniyatlar va istiqbollar bo‘yicha suhbatlashamiz“, — dedi Aziz Voitov o‘z chiqishini boshlar ekan.

2019-yilda hurmatli Prezidentimizning tashabbuslari bilan Strategiya qabul qilingan, uni shu yerda qatnashayotgan hamkasblarimiz — xalqaro tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda ishlab chiqqanmiz.

Strategiyamiz to‘qqizta banddan iborat bo‘lib, birinchi band aholining
oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan. Bu global ahamiyatga ega muhim vazifa. Ushbu vazifani bajarish uchun keyingi yillarda, yerdan samarali foydalanish va ekin turlarini diversifikatsiya qilish maqsadlaridan kelib chiqib, ko‘plab o‘zgarishlarga erishildi. Aytib o‘tish kerakki, g‘alla va paxta maydonlarini qisqartirish evaziga meva-sabzavotlarni ekish ko‘paydi.

Keyingi masala – bu kooperatsiyalar tizimi. Kichik dehqon xo‘jaliklarini kooperatsiya orqali yirik tadbirkorlik subyektlariga aylantirish, xarajatlarini kamaytirish va daromadini ko‘paytirish hamda moliyalashtirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratish ustida ham birgalikda ishlamoqdamiz.

Oldimizda turgan asosiy vazifalar – bu suvdan oqilona foydalanish, nafaqat moliyaviy, balki bilim investitsiyalarini kiritish masalalarini bugun hamkasblar birgalikda muhokama qilamiz. Qishloq xo‘jaligi sohasining istiqbollari xususida maslahatlashamiz”.

#xalqaro_konferensiya #vazir #Yangi_Ozbekiston #Qishloq_xojaligi_vazirligi #oziq_ovqat_xavfsizligi #suv_taminoti

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_konferensiya #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #Samarqand #O_zdavyerloyiha_DILI

SAMARQANDDA GLOBAL OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI MUHOKAMASI

🌎Joriy yilning 7-8-sentyabr kunlari Samarqand shahrida oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazilishi belgilangan.

O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ko‘magida o‘tkaziladigan tadbirda 30 dan ziyod davlatdan kelgan ishtirokchilar o‘z mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab beradilar.

Mazkur tadbirda O‘zdavyerloyiha davlat ilmiy loyihalash instituti delegatsiyasi ishtirok etmoqda

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_konferensiya #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #Samarqand #O_zdavyerloyiha_DILI

SAMARQANDDA GLOBAL OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI MUHOKAMASI

🌎Ayni damda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya ochilish marosimidan lavhalar.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_konferensiya #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #Samarqand #O_zdavyerloyiha_DILI

Xalqaro konferensiya doirasida o‘tkazilayotgan "O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat salohiyati" ko‘rgazmasida institut o‘z stendi bilan ishtirok etmoqda.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_konferensiya #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #Samarqand #O_zdavyerloyiha_DILI

SAMARQANDDA GLOBAL OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI MUHOKAMASI

🌍Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 7-8-sentyabr kunlari Samarqand shahrida oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyasi bo'lib o'tdi.

👍O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ko‘magida o‘tkaziladigan tadbirda 30 dan ziyod davlatdan kelgan ishtirokchilar o‘z mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berishdi.

💼Mazkur tadbir doirasida O‘zdavyerloyiha davlat ilmiy loyihalash instituti Bosh direktori Ruhiddin Turayev intervyusi.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM