#Prezident_farmoni #Huquqiy_asoslar #Qishloq_xo_jaligi_vazirligi
2021 yil 1 avgust sanasidan boshlab:
Vazirlar Mahkamasi istisno tariqasida, faqat quyidagi hollarda yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ijaraga berishga haqli:
✅qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy tadqiqot va tajriba sinovlar amalga oshirish uchun davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga — Qishloq xo‘jaligi vazirligining taklifiga asosan;
✅agrosanoat klasterlariga — yer uchastkasi normativ qiymatining ikki baravari miqdoridagi pul mablag‘i depozitga qo‘yilganda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimining taklifiga asosan.
Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyun sanasidagi 6243-son farmoni

Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
#Prezident_farmoni #Yashil_makon
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI TIZIM TASHKILOTLARI TOMONIDAN “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA DARAXT KO‘CHATLARI EKILMOQDA
🌱Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Zarbdor 40 kunlik” munosabati bilan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari, hududiy va tuman bo‘linmalari tomonidan 11-noyabrdan boshlab daraxt ko‘chatlarini ekish ishlariga start berildi.
Ushbu chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–46-son Farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda.
11-20-noyabr kunlari davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mamlakatimizning 12 viloyatidan vazirlik tizimidagi 30 dan ortiq tashkilotlar tomonidan 250 mingdan ortiq ko‘chatlarni o‘tqazish rejalashtirilmoqda.
Joriy yilning 11-noyabr holatiga ko‘ra, 15,8 ming dona yoki 10 % (4,4 ming dona dona manzarali, 9,2 ming dona mevali va 2,2 ming dona butalar), belgilangan grafikka nisbatan 101 % ko‘chatlar ekildi.
Xususan, bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdavyerloyiha” DILI Toshkent viloyati bo‘linmasi mutaxassislari tomonidan Bekobod tumanida “O‘quv-tajriba” xo‘jaligiga pavlovniya va terak daraxtlari ekildi. Bundan tashqari, “O‘zdavyerloyiha” DILI Samarqand viloyati bo‘linmasi xodimlari tomonidan 240 ta tut daraxti, Sirdaryo viloyatida terak hamda Buxoro viloyatida 50 dan ortiq mevali va archa daraxtlari ko‘chatlari o‘tqazildi.
Bog‘lar hosil qilish va joylarni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib, virus va kasalliklarga chidamli, sifatli daraxt ko‘chatlari tanlab olindi. Endi ular mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib, agrotexnik talablar asosida parvarish qilinadi.
👉Batafsil
WWW • TELEGRAM • FACEBOOK • YOUTUBE • INSTAGRAM