Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
XOTIRA – ABADIY, QADR – MUQADDAS
🇺🇿“Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan Qishloq xo’jaligi vaziri o’rinbosari Qahramon Yuldashev boshchiligida vazirlik boshqarma boshliqlari va mas’ul xodimlari “Gʻalaba bogʻi”ga tashrif buyurib, Ikkinchi jahon urushida jasorat ko’rsatgan hamda yurt farovonligi yo’lida jonlarini fido etgan ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirgan holda, bog’dagi “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasi poyiga gulchambar qo‘yishdi.
#Qishloq_xojaligi_vazirligi #xotira_va_qadrlash #9_may
Vebsayt • Telegram • Facebook • YouTube • Instagram

XALQARO KONFERENSIYA: VAZIR OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI MASALASIGA TO‘XTALDI
🗣 Toshkentda ish boshlagan “Barqaror rivojlanish maqsadlari: oziq ovqat xavfsizligi va suv ta’minoti” xalqaro konferensiyasi dolzarb va qiziqarli chiqishlarga boy o‘tmoqda. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, mamlakat barqaror rivojlanishida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarining salmoqli o‘rin tutishi haqida to‘xtaldi.
“Bugun qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat xavfsizligi nuqtai nazaridan olib borilayotgan ishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar va oldimizda turgan yangi imkoniyatlar va istiqbollar bo‘yicha suhbatlashamiz“, — dedi Aziz Voitov o‘z chiqishini boshlar ekan.
“2019-yilda hurmatli Prezidentimizning tashabbuslari bilan Strategiya qabul qilingan, uni shu yerda qatnashayotgan hamkasblarimiz — xalqaro tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda ishlab chiqqanmiz.
Strategiyamiz to‘qqizta banddan iborat bo‘lib, birinchi band aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan. Bu global ahamiyatga ega muhim vazifa. Ushbu vazifani bajarish uchun keyingi yillarda, yerdan samarali foydalanish va ekin turlarini diversifikatsiya qilish maqsadlaridan kelib chiqib, ko‘plab o‘zgarishlarga erishildi. Aytib o‘tish kerakki, g‘alla va paxta maydonlarini qisqartirish evaziga meva-sabzavotlarni ekish ko‘paydi.
Keyingi masala – bu kooperatsiyalar tizimi. Kichik dehqon xo‘jaliklarini kooperatsiya orqali yirik tadbirkorlik subyektlariga aylantirish, xarajatlarini kamaytirish va daromadini ko‘paytirish hamda moliyalashtirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratish ustida ham birgalikda ishlamoqdamiz.
Oldimizda turgan asosiy vazifalar – bu suvdan oqilona foydalanish, nafaqat moliyaviy, balki bilim investitsiyalarini kiritish masalalarini bugun hamkasblar birgalikda muhokama qilamiz. Qishloq xo‘jaligi sohasining istiqbollari xususida maslahatlashamiz”.
#xalqaro_konferensiya #vazir #Yangi_Ozbekiston #Qishloq_xojaligi_vazirligi #oziq_ovqat_xavfsizligi #suv_taminoti
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YAYLOVLAR DEGRADATSIYASIGA QARSHI KURASH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI
👥 2023-yil 7-iyul kuni Toshkentda o‘tkazilgan «Qishloq xo‘jaligi yerlariga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish, ularni bozor aktiviga aylantirish hamda yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish» mavzusidagi davra suhbati yer resurslaridan oqilona foydalanish muammosining yechimini izlashga bag‘ishlandi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad keng jamoatchilikning, xususan, olimlar va mutaxassislarning e’tiborini yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish hamda barqaror boshqarish bilan bog‘liq dolzarb muammolar va ularning samarali yechimi bo‘yicha islohotlarni belgilab olish bo‘ldi.
#davra_suhbati #Qishloq_xojaligi_vazirligi #FAO #Ozdavyerloyiha #yaylovlar_degradatsiyasi
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad keng jamoatchilikning, xususan, olimlar va mutaxassislarning e’tiborini yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish hamda barqaror boshqarish bilan bog‘liq dolzarb muammolar va ularning samarali yechimi bo‘yicha islohotlarni belgilab olish bo‘ldi.
#davra_suhbati #Qishloq_xojaligi_vazirligi #FAO #Ozdavyerloyiha #yaylovlar_degradatsiyasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGIDA YANGI TAYINLANGAN O‘RINBOSARLAR TANISHTIRUVI BO‘LIB O‘TDI
👥 Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda vazirlik tizimidagi agentlik va qo‘mitalar, tizim tashkilotlari rahbarlari va boshqarma boshliqlari ishtirok etdi. Unda agrar sohaning barcha tarmoqlarini birdek rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan galdagi vazifalar belgilab olindi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi tayinlangan o‘rinbosarlar – vazirning birinchi o‘rinbosari Botir Normahmadovich Tog‘aev va vazir o‘rinbosari Alisher Nematullaevich Shukurov jamoaga tanishtirildi.
Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning buyrug‘i bilan vazirlik kotibiyat rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan Asliddin Rashidovich Bozorov ham tanishtirildi.
*****
СОСТОЯЛОСЬ ПРЕДСТАВЛЕНИЕ НОВЫХ НАЗНАЧЕННЫХ ЗАМЕСТИТЕЛЕЙ МИНИСТРА СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА
👥 Сегодня в совещании под председательством министра сельского хозяйства Азиза Воитова приняли участие руководители агентств и комитетов в системе министерства, руководство структурных подразделений и начальники управлений Минсельхоза. В ходе которого была проанализирована работа, проводимая по целостному развитию всех отраслей аграрного сектора, и определены основные задачи, требующие реализации.
В ходе мероприятия были представлены новые заместители министра сельского хозяйства – первый заместитель министра Ботир Нормахмадович Тогаев и заместитель министра Алишер Нематуллаевич Шукуров, назначенные соответствующим постановлением Президента Республики Узбекистан.
Также был представлен Аслиддин Рашидович Бозоров, начавший работать первым заместителем руководителя секретариата министерства согласно приказу министра сельского хозяйства Азиза Воитова.
#vazir #Qishloq_xojaligi_vazirligi #tayinlov #tanishtiruv #министр #Министерство_сельского_хозяйства #назначение