"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
985 subscribers
4.4K photos
432 videos
2 files
1.45K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ozbekiston_Vengriya #Biznes_forum #B2B_G2B #Samarqand

“Avvalo shuni taʼkidlash kerak, bugungi kunda, Vengriya bilan ko‘p qirrali munosabatlarimiz jadal rivojlanib, keng hamkorligimiz amaliy tus olmoqda. Shu munosabat bilan, ushbu davlat tadbirkorlari delegatsiyasining tashrifi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Ushbu biznes-forum ikki tomon biznes vakillari uchun har tomonlama foydali hamda manfaatli bo‘ladi.

O‘zbekistonning agrar salohiyati haqida to‘xtalsak, respublikada qishloq xo‘jaligi sohasi jadal suratlarda rivojlanib bormoqda. Xususan, hozirda yalpi ichki mahsulotning 26,9 foizi qishloq xo‘jaligi sohasiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston yiliga 25,7 mln tonna qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiradi. Shundan, 1,3 mlrd dollar qiymatidagi agromahsulot eksporti amalga oshirilmoqda.

Xorijiy investorlar faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha subsidiyalar, infratuzilma taʼminotidagi chegirmalar, imtiyozli kreditlar va qishloq xo‘jaligidagi kichik tarmoqlar uchun bir qator yengilliklar tadbiq qilingan.

Shuningdek, innovatsion texnologiyalar va resurs tejamkor uskunalarni tatbiq etishda, import o‘rnini bosuvchi va eksportbob mahsulotlarni yetishtirishda, hamda yangi ekin yer maydonlarini o‘zlashtirishda bir qator keng ko‘lamli imtiyozlar mavjud”
, - dedi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov o‘z chiqishida.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM