Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
13.1K subscribers
14.7K photos
1.03K videos
65 files
5.31K links
Download Telegram
💠 Kon-geologiya vazirligi, “O‘zbekgidrogeologiya” DM hamda “GIDROINGEO instituti” DM vakillari Germaniya kompaniyalari faoliyati bilan tanishdilar

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, “O‘zbekgidrogeologiya” DM, “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” DM hamda “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DM rahbariyati va mutaxassislari Germaniyaning KISTERS AG va Umwelt- und Ingenieurtechnik GmbH kompaniyalarida bo‘ldilar.

Safar davomida kompaniyalarning yer osti suvlari resurslarini boshqarish, ularni monitoring qilish va tahlil qilish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalari hamda yechimlari o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mutaxassislari mazkur kompaniyalarning aqlli qurilmalari va zamonaviy sensorli texnologiyalarining xususiyatlarini o‘rganib, yer osti suvlari monitoringi tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha ilg‘or tizimlar bilan tanishdilar.

🔹 🔹 🔹

💠 Представители Мингеологии, ГУ «Узбекгидрогеология» и ГУ «Институт ГИДРОИНГЕО» ознакомились с деятельностью немецких компаний

Руководство и специалисты Министерства горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан, ГУ «Узбекгидрогеология», ГУ «Институт гидрогеологии и инженерной геологии» и ГУ «Центр пользования недрами» посетили немецкие компании KISTERS AG и Umwelt- und Ingenieurtechnik GmbH.

В ходе командировки были представлены передовые технологии и решения компаний KISTERS AG и Umwelt- und Ingenieurtechnik GmbH по управлению, мониторингу и анализу ресурсов подземных вод.

Специалисты Мингеологии изучили особенности интеллектуальных устройств и современных сенсорных технологий этих компаний и ознакомились с передовыми системами для дальнейшего совершенствования системы мониторинга подземных вод.

#kongeologiya #mingeo #HYDROENGEO #Uzbekhydrogeology #KISTERS #UMWELTEISTUNGEN #Uzbekistan #Germany

Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM