Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining and Geology
11.3K subscribers
14.4K photos
937 videos
65 files
5.13K links
Download Telegram
#Reyd_tadbiri #Navoiy

Joriy yilning oktabr oyida Davlat geologiya qoʼmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining Samarqand-Buxoro mintaqaviy inspeksiyasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Navoiy viloyati Nurota tumani Qizilcha MFY hududida oʼtkazilgan reyd tadbiri davomida tarkibida qimmatbaho metallar boʼlishi mumkin boʼlgan
togʼ jinslarini noqonuniy – tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarsiz qazib olish ishlari bilan shugʼullanayotgan 12 nafar fuqarolar joyida aniqlanib ushlandi.

Ushbu holat yuzasidan Samarqand-Buxoro mintaqaviy inspeksiyasi xodimlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 70 prim 2-moddasi 1-qismi bilan huquqbuzarlarga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 30 (oʼttiz) barobari miqdorida maʼmuriy jarima jazosi qoʼllanildi. https://uzgeolcom.uz/news/1622
#Reyd_tadbiri #Samarqand_viloyati

Joriy yilning 10-oktabr kuni, Samarqand-Buxoro mintaqaviy inspeksiyasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Samarqand viloyati Qoʼshrabot tumani Urganji MFY hududida oʼtkazilgan reyd tadbirlari davomida tarkibida oltin moddasi boʼlishi mumkin boʼlgan togʼ jinslarini noqonuniy – tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarsiz qazib olish ishlari bilan shugʼullanayotgan 3 nafar fuqaro joyida aniqlanib ushlandi.

Ushbu holat yuzasidan Samarqand-Buxoro mintaqaviy inspeksiyasi xodimlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 702-moddasi 1-qismi bilan huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib maʼmuriy jarima qoʼllanildi.